1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va
Download 282.03 Kb.
|
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va (1)
3.17-jadvalTexnik va texnologik yangilanish bo‘yicha korxonalarni guruhlashtirish
3.17-jadvalda keltirilgan parallel qatorlardan farqli ravishda – jadvalda guruhlangan material o‘rganilayotgan hodisalar o‘rtasida o‘zaro aloqa yanada yaqqol aks ettiradi. Guruhlashda ko‘rsatkichlarning individual kattaliklari o‘rtacha guruhlarini almashtiradi. Buning natijasida boshqa omillarning noaniq ta’siri bilan kelib chiqqan turli tasodifiy og‘ishlar o‘zaro qoplanadi, shuning uchun o‘zaro aloqa yanada aniq hisoblanadi. Shunday qilib, axborotlarni to‘g‘ri guruhlash ko‘rsatkichlar o‘rtasida bog‘liqlikni, o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyatini yanada chuqur anglash, tahlilning materiallarini tizimlashtirish, ularning asosiysi, xarakterli va tipiklarini ajratishga imkon beradi. Korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish uchun guruhlashtirish usulini qo‘llashda muayyan talablar e’tiborga olinishi shart. Misol uchun, tipologik guruhlar tuzishda iqtisodiy qonun-qoidalarga asoslangan guruhlar tuzishga intilish lozim. Tuzilish bo‘yicha va omilli guruhlashtirishda esa – guruhlar oralig‘i imkon qadar bir-biriga mos bo‘lishi zarur. Shuningdek, guruhlar kichik sondan, yuqoriga borish tartibida tuzilishi, tahlil natijalarining aniqligini ta’minlash maqsadida guruhlar orasidagi intervallar yaqinroq olinishi, dastlabki va oxirgi guruh chegarasi ochiq, qolgan oraliq guruhlar chegarasi yopiq, ya’ni boshlang‘ich va oxirgi guruh chegaralari aniq bo‘lishi, barcha o‘rganiladigan obyektlar soni tuzilgan guruhlarga imkon qadar teng taqsimlanishiga rioya qilinishi kerak. Ushbu ko‘rsatib o‘tilgan talablarga amal qilinishi iqtisodiy tahlil natijalarini to‘g‘ri va aniq bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Download 282.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling