1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va
Iqtisodiy tahlilda o‘rtacha miqdorlardan foydalanish
Download 282.03 Kb.
|
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.16-jadval
Iqtisodiy tahlilda o‘rtacha miqdorlardan foydalanishIqtisodiy tahlilda xususiydan umumiyga, tasodifdan qonuniyatga o‘tishda mutlaq, nisbiy ko‘rsatkichlar bilan birgalikda o‘rtacha miqdorlar asosida voqeliklarni o‘rganish ham muhim rol o‘ynaydi. Chunki ushbu usulda bir xil turdagi yalpi, ya’ni ko‘p sonli iqtisodiy voqeliklar matematik hisob-kitoblar bilan yagona o‘rtacha miqdorga keltiriladi. Bu jarayonda bir turdagi yalpi voqeliklarning o‘ziga xos xususiyati hamda jihatlariga jiddiy e’tibor qaratiladi. Chunki voqeliklarning har tomondan bir xil bo‘lishi bu borada kelib chiqishi mumkin bo‘lgan tasodifiy holatlarning oldini oladi. Natijada, o‘rtacha miqdorlarning aniqligi yanada oshadi. O‘rtacha miqdorlarni keltirib chiqarishda zaruriyat yoki talabga ko‘ra turli xil hisob-kitob shakllari – o‘rtacha arifmetik, o‘rtacha kvadratik, o‘rtacha xronologik, o‘rtacha geometrik va shu kabilardan foydalaniladi. Bir turdagi ko‘p sonli voqealarning o‘rtacha miqdori va ularning o‘zgarishini bilish o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayonlar rivojlanishining umumiy yo‘nalishi hamda qonuniyligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy tahlilda turli o‘rtacha miqdorlar qo‘llaniladi. Ular quyidagilardir (3.16-jadval): 3.16-jadvalIqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan o‘rtacha miqdorlar
Iqtisodiy tahlilda o‘rtacha miqdordan foydalanishda ommaviy ma’lumotlarga asoslangan holda hodisalarning umumlashma tavsifini berishini hisobga olish lozim. Ularning kuchi ham, nuqsoni ham shunda. Ko‘pincha yomon bo‘lmagan umumiy o‘rtacha ko‘rsatkichlar ichida yomon ishlovchi brigada, sex va boshqa xo‘jalik bo‘linmalari natijalari yashirin bo‘ladi. O‘rtacha olingan ma’lumotlarda korxonaning alohida segmentlari yutuqlari ham ko‘rinmaydi. Shuning uchun tahlilda ularni o‘rtacha guruh, ayrim hollarda esa individual ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirib, o‘rtacha miqdor mazmunini yoritish zarur. Download 282.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling