Sifat omili ta’sirini xolislantirish uchun mahsulotlar hajmi miqdo- rini mos ravishda standart sifat ko‘rsatkichiga nisbatan qayta hisob-kitob qilinadi yoki standart sifatga keltiriladi. Misol uchun – standart sut yog‘liligi holatining mahsulot hajmi o‘zgarishiga ta’siri (3.13- jadval).3.13-jadval Sut sifatining uni ishlab chiqarish hajmi va tannarxiga ta’sirini neytrallash
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan davr
|
Hisobot davri
|
O‘tgan davrga nisbatan hisobot davrida, %
|
Sut ishlab chiqarish xarajatlari, ming so‘m
|
15 000
|
19 800
|
132
|
Sut yog‘liligi, %
|
3,5
|
3,3
|
94,3
|
Bazis yog‘lilik, %
|
3,4
|
3,4
|
100
|
Sut ishlab chiqarish hajmi, s:
haqiqatdagi yog‘lilik bo‘yicha
bazis yog‘lilik bo‘yicha
|
25 000
25 735
|
30 000
29 117
|
120
113,1
|
1 ts sut tannarxi, so‘m:
haqiqatdagi yog‘lilik bo‘yicha
bazis yog‘lilik bo‘yicha
|
600
583
|
660
680
|
110
116,6
|
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, sut yog‘liligini hisobga olgan holda hisoblangan ko‘rsatkichlar sifat omilini xolislantirishsiz aniqlangan ko‘rsatkichlardan jiddiy farq qiladi: sut ishlab chiqarish hajmi yog‘lilik hisobga olinmagan holdagisi o‘tgan yildan 20 % yuqori, bazis yog‘lilikka qayta hisoblashda – 13,1 %ga. Uning yog‘liligi hisobga olinmay haqiqatdagi sut tannarxi 660 so‘mni tashkil etadi, bazis yog‘lilikka qayta hisoblashda – 680 so‘m. Birinchi holatda u 10 %ga, ikkinchisida
– 16,6 %ga oshdi. Demak, sifat ko‘rsatkichi asosida turli sifatdagi bir xil mah- sulotlarni to‘g‘ri taqqoslash va o‘rganish imkoniyati bo‘lar ekan.
Iqtisodiy tahlilda mahsulotlarning jami mahsulot hajmi tarkibidagi salmog‘i yoki strukturasini o‘zgarishi ham mazkur ko‘rsatkichlarni o‘zaro taqqoslashda ayrim noaniqliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlarni bir xil strukturaga keltirish uchun, haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi bazis davr strukturasiga qayta hisoblanishi zarur.
3.14-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |