1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Analitik ishni rejalashtirish


Download 282.03 Kb.
bet59/80
Sana14.04.2023
Hajmi282.03 Kb.
#1356949
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va (1)

Analitik ishni rejalashtirish


Iqtisodiy tahlilning samarali hamda ta’sirli bo‘lishining asosiy talablardan biri uni amalga oshirilishining rejalashtirilganligidir. Har bir korxonada tahlilni amalga oshirish ishlari oldindan rejalashtirilishi kerak. Rejalar quyidagi shakllarda tuzilishi mumkin:



  • korxona analitik ishining kompleks (umumiy) rejasi;

  • mavzuga oid reja.

Analitik ishning umumiy rejasi odatda bir yilga tuziladi. Unda birinchi navbatda tahlil qilinishi kerak bo‘lgan obyektlar ro‘yxati hamda tahlil qilish maqsadlari aniqlanadi. Keyingi bosqichda tahlil natijasida qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishni ta’minlovchi ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqiladi.
Rejada majburiy tarzda har bir obyekt bo‘yicha tahlilning ma’lum muddatda qaytarilishi (har yilda, har kvartalda, har oyda, har dekadada, har kun), hamda analitik ishni amalga oshirish muddatini (misol uchun, keyingi oyning 3 kuniga) ko‘rsatish nazarda tutiladi.
Shuningdek, rejada har bir masala yuzasidan tahlil ijrochilari tarkibi va ular o‘rtasidagi majburiyatlarning bo‘linishi ko‘rsatilishi shart. Rejada yana har bir o‘rganilayotgan masala bo‘yicha tahlilning informatsiya va metodik ta’minoti manbalarini (qo‘llanma raqami yoki kompyuter dasturi) ko‘rsatib o‘tish lozim. Rejada tahlilning ichki va tashqi foydalanuvchilari ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid reja obyekt, subyekt, tahlilni o‘tkazish muddatlari, uning ijrochilari, hisobot turi va boshqalardan iborat bo‘lib, chuqur o‘rganishni talab etgani sababli yirik muommolarni tahlil qilish uchun tuziladi.
Tahlil rejasining bajarilayotganligini nazorat qilish korxona rahbarining mouvini yoki tahlilni boshqarish majburiyati yuklatilgan shaxs amalga oshiradi.


  1. Tahlilning informatsiya hamda uslubiy ta’minoti


Analitik ishlarning natijasi asosan uning informatsion hamda uslubiy ta’minotiga bog‘liq. ITning ma’lumot manbalari me’yoriy-rejali, hisob va hisobdan tashqarilarga bo‘linadi.


Me’yoriy-rejali ma’lumotlar manbalariga korxonada ishlab chiqiladigan hamma turdagi rejalar, ya’ni perspektiv, operativ, texnologik xaritalar, shuningdek, me’yoriy hujjatlar, smetalar, proyekt vazifalari va boshqalar kiradi.
Hisob tavsifidagi ma’lumotlar manbalari – bu buxgalteriya, statistika va operativ hisob hujjatlaridagi hamma ma’lumotlar, shuningdek, turli xildagi hisobotlar, birlamchi hisob hujjatlaridir.
Tahlilning informatsion ta’minotida boshlovchi rol xo‘jalik jarayoni hamda
uning natijasida yaqqol aks etgan buxgalteriya hisobi va hisobotga tegishli. Birlamchi hisob registrlarida hamda hisobotda mavjud bo‘lgan o‘z vaqtida va to‘liq qilingan ma’lumotlar tahlili xo‘jalik natijalarini yanada mukamallashtirishni ta’minlaydi.
Korxonaning hisobi va hisobot ma’lumotlari ularning darajasini hosil qiladigan asosiy ko‘rsatkich va faktorlari tendensiyalarini chuqur o‘rganish uchun foydalaniladi. Makroiqtisodiy statistika ma’lumotini o‘rganish umuman soha bo‘yicha yoki milliy iqtisodiyotda korxona ishlashining tashqi shartlarini, xo‘jalik va moliya holatini baholash uchun zarur.
Tezkor hisob va hisobot statistika, buxgalteriya hisobi va analiz ta’minotiga nisbatan kerakli ma’lumotlar bilan tez ta’minlaydi (misol uchun, mahsulotni ishlab chiqarish hamda uni yetkazib berish, ishlab chiqarish zaxiralari holati va hokazo). Shu bilan analitik tadqiqot samaradorligini oshirishga sharoit yaratib beradi.
Hisob hujjati – bir necha yil davomida korxona faoliyati natijalari ma’lumoti yig‘iladigan korxonaning iqtisodiy pasporti hisoblanadi. Ko‘rsatkichlarni o‘rganishda pasportda mavjud bo‘lgan bir qator ma’lumotlar tadqiqotlarni amalga oshirishga va korxona iqtisodini rivojlanishini o‘rganishga imkon beradi.
Hisobdan tashqari ma’lumotlar manbalari bu korxonaning tegishli hujjatlari bo‘lib, korxona faoliyati tashqi muhitdagi o‘zgarishlarni tavsiflovchi ma’lumotlardir.

  1. Rasmiy hujjatlar, korxona o‘z faoliyatida ishlatishi majbur bo‘lgan hujjatlar: davlat qonunlari, Prezident farmoyishlari, hukumat qarorlari, yuqori turuvchi muassasalar qarorlari, tekshiruv va audit xulosalari, korxona rahbarlarining qarorlari, boshqaruv yig‘ilishining qarorlari va boshqalar.

  2. Xo‘jalik huquqiga oid hujjatlar: shartnomalar, arbitraj va sud qarorlari, reklamatsiyalar.

  3. Ilmiy-texnik ma’lumot (maqolalar, ilmiy-tadqiqot ishlar natijasi hisoboti va hokazo).

  4. Texnik va texnologik hujjatlar.

  5. Korxona va alohida ish joylarining holati haqidagi maxsus tadqiqot hujjatlari (xronometraj, rasmlar).

  6. Korxona asosiy kontragentlari haqidagi ma’lumot – ta’minlovchi va xaridorlar.

  7. Turli xil manbalardan asosiy raqobatchilar haqidagi olingan ma’lumot – Internet, radio, televideniye, gazeta, jurnallar, informatsion byulletenlar va boshqalardan.

  8. Material resurslar bozori holati haqidagi ma’lumot (bozor hajmlari, alohida mahsulotlar uchun narx-navo darajasi va dinamikasi).

  9. Kapital bozorining holati haqida ma’lumot.

  10. Fond bozorlari haqidagi ma’lumotlar (qimmatli qog‘ozlarning asosiy ko‘rinishlari bo‘yicha taklif va narx-navo).

  11. Mamalaktda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi haqidagi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.

Tadqiqotning obyektiga nisbatat ma’lumot ichki va tashqi bo‘ladi. Ichki
ma’lumot tizimi bu buxgalteriya, statistika, operativ hisob va hisobot ma’lumotlari, reja ma’lumotlari, korxonada ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar va hokazo. Tashqi ma’lumotlar tizimi bu statistik to‘plamlardagi qayd etilgan ma’lumotlar, doimiy va maxsus nashriyotlar, konferensiya va uchrashuvlardagi ma’lumotlar, rasmiy va xo‘jalik-huquqiy hujjatlar va shu kabilar.
Tadqiqotning predmetiga nisbatan ma’lumot asosiy ma’lumotga, hamda o‘rganilayotgan predmet sohasini yanada mukammalroq tavsiflash uchun yordamchi ma’lumotlarga bo‘linadi.
Doimiy ravishda tushadigan analitik ma’lumot regulyar va epizod tavsifidagi ma’lumotlarga bo‘linadi. Regulyar ma’lumot manbalariga rejali va hisob ma’lumotlari tegishli. Epizod tavsifidagi ma’lumotlar esa keraklilik darajasiga nisbatan hosil bo‘ladi, misol uchun yangi raqobatchi haqida ma’lumot.
Regulyar ma’lumot, o‘z navbatida, o‘zining kerakliligini uzoq muddat saqlovchi doimiy ma’lumotga (kodlar, shifrlar, buxgalteriya hisobining rejasi va shu kabilar), o‘zining kerakliligini ma’lum bir muddat saqlaydigan shartli doimiy ma’lumotga (reja ko‘rsatkichlari, me’yoriy ko‘rsatkichlar), voqealarning tez tez o‘zgarishini tavsiflaydigan o‘zgaruvchan ma’lumot (ma’lum bir muddat uchun tahlil qilinayotgan obyekt haqidagi hisob ma’lumotlari) kabilarga tasniflanadi.
O‘rganib chiqish jaryoniga nisbatan ma’lumotni birlamchi ma’lumot (birlamchi hisob, inventarizatsiya, kuzatish ma’lumotlari) va ma’lum bir o‘rganish va o‘zgarish jarayonini o‘tgan ikkilamchi ma’lumotga (hisobot va shu kabilar) ajratish mumkin.
Tahlilning informatsiya ta’minotini amalga oshirishda bir qator talablar qo‘yiladi, ya’ni ma’lumotning analitik ekanligi, uning haqiqiyligi, tezkorligi, taqqoslana olishi, ratsionalligi va boshqalar.
Ma’lumotning analitik ekanligi butun iqtisodiy ma’lumot iqtisodiy tahlil talablariga javob berishi kerakligini bildiradi, ya’ni ma’lumotlarning aynan sohalar faoliyati va iqtisodiy jarayonni har tomonlama o‘rganish uchun zarur bo‘lgan detallashtirilgan holda kelib tushishini ta’minlash, ular asosida asosiy omillarning ta’sir qilishini aniqlash va ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish uchun ichki xo‘jalik zaxiralarini o‘rganish imkoni bo‘lishi lozim. Shuning uchun iqtisodiy tahlilning hamma informatsiya ta’minoti boshqaruv talablariga asosan doimo mukamallashtirilib borilishi lozim.
Iqtisodiy ma’lumot haqiqiy holatga mos bo‘lishi hamda tadqiqot jarayonini obyektiv aks ettirishi kerak. Aks holda, tahlil natijasida qilingan xulosalar amaliyotga to‘g‘ri kelmaydi, tahlilchilar tomonidan ishlab chiqilgan takliflar esa nafaqat korxonaga kerakli bo‘lishi, balki unga ziyon keltirishi ham mumkin. Shuning uchun tahlil uchun yig‘ilgan ma’lumot yuqori sifatli bo‘lishini tekshirish lozim.
Ma’lumotning tezkorligi. Amalga oshirilgan xo‘jalik jarayonlari haqidagi ma’lumotlar qanchalik tez yetkazib berilishi, tahlilni ham shunchalik tezkor o‘tkazish mumkinligini, kamchiliklarni, yo‘qotishlarni aniqlash va ularni o‘z o‘rnida bartaraf etishni bildiradi. Ma’lumotning operativligini oshirish yangi muloqot vositalaridan foydalanish, ularni EHM amalga oshirish hisobiga erishiladi.
Ma’lumotning sifatiga beriladigan talablardan biri uni tadqiqotning predmeti va obyektiga, ma’lum bir muddatga, ko‘rsatkichlarni hisoblash metodologiyasi va boshqa bir qator belgilarga taqqoslanishini ta’minlashdir. Oldindan ko‘rsatkichlar taqqoslanishi ta’minlangan bo‘lsa, u holda tahlil ancha kam mehnat talab qiladi. Buning uchun butun raqamli ma’lumotning sifatliligi tekshirilganidan so‘ng u ko‘rib chiqilgan qo‘llanishlarni ishlatib ma’lum bir ko‘rinishga keltiriladi.
Informatsion bazani shakllantirishda tahlil qilish uchun ma’lumotlarni osonlashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Analitik tadqiqot ko‘p xolda bashorat tavsifiga ega bo‘lib, buxgalter hisobotidagi kabi aniqlikni talab qilmaydi. Xo‘jalik subyektlari faoliyatiga beriladigan umumiy bahoni osonlashtirish maqsadida birlamchi ma’lumotlar ko‘pincha o‘rta va nisbiy ko‘rsatkichlar darajasida ko‘rsatiladi.
Va nihoyat, ma’lumot tizimi ratsional bo‘lishi kerak, ya’ni ma’lumotni yig‘ish, saqlash va ishlatish uchun ketgan vaqtni kamaytirish lozim. Bir tomondan, iqtisodiy jarayonini kompleks tahlil qilish uchun har tomonlama ma’lumot talab qilinadi. Agar bunday imkoniyat mavjud bo‘lmasa tahlil to‘liq bo‘lmaydi. Boshqa tomondan, ortiqcha ma’lumot uni qidirish, yig‘ish va qaror qabul qilish jarayonini uzaytiradi. Ushbu talabdan, ma’lumotning foydaliligini tekshirish zarurligi, hamda keraksiz ma’lumotlarni chiqarish va kerakli ma’lumotlarni kiritish asosida ma’lumotlarni takomillashtirish mumkinligi kelib chiqadi.
Shunday qilib, iqtisodiy tahlilning samaradorligini ta’minlashda zaruriy shartlardan biri bo‘lgan iqtisodiy tahlilning ma’lumot tizimi yuqorida qayd etilgan talablarga muvofiq shakllanishi shart.
Tahlilni amalga oshirishda, uning uslubiy ta’minoti ham alohida o‘ringa ega. Korxonada qanday tahlil uslubi qo‘llanilishiga qarab, uning natijasini aniqlash mumkin. Tahlilning uslubiy ta’minoti bo‘yicha mas’uliyat, odatda, korxonada analitik ishni boshqaradigan mutaxassisga yuklatiladi. U doimiy ravishda iqtisodiy tahlil metodikasini tahlil sohasidagi tajriba va ilm-fan taraqqiyotini o‘rganish asosida takomillashtirishi hamda ularni korxonaning har bir segmentida joriy etish, tahlil bo‘yicha kadrlarni tayyorlashi va qayta tayyorlash ishlarini amalga oshiradi. Mas’uliyatli shaxsni tayyor iqtisodiy-matematik usullarni qo‘llab, tezkor va kompleks tarzda hujjatlar asosida faoliyat natijalarini o‘rganishni ta’minlovchi tahlil dasturlarini joriy etishi yoki o‘zi ijodiy tarzda ishlab chiqishi kabi harakatlari alohida ahamiyat kasb etadi.



  1. Download 282.03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling