1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Moliyaviy hisobot ma’lumotlarining bir-biriga mosligini tekshirish


Download 282.03 Kb.
bet57/80
Sana14.04.2023
Hajmi282.03 Kb.
#1356949
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va (1)

Moliyaviy hisobot ma’lumotlarining bir-biriga mosligini tekshirish





Ko‘rsatkichla r

Birlamchi

Ikkilamchi

Moslig i

Nomi

Shakl
raqami

Satri

Summ
a

Shakl
raqami

Satri

Summ
a

A

1

2

3

4

5

6

7

Ustav kapital

1

320

80000

5

080

80000

Mos

Taqsimlanmag
an foyda

1


350


45000


5


080


45000


Mos


Va hokazolar






















Shunday tartibda debitorlik va kreditorlik qarzlarni, pul mablag‘lar harakatini va boshqa ma’lumotlarni miqdoran to‘g‘riligini tekshirish mumkin.


Mazmun jihatidan tekshirish – ma’lumotlarning haqqoniy ekanligi, unda aks ettirilgan ko‘rsatkichlarning haqiqatda mavjudligini aniqlashni o‘z ichiga oladi. Bunday tekshirish buxgalteriya hisobi hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlarni inventarizatsiya o‘tkazish orqali taqqoslash, sanab ko‘rish va o‘lchash yo‘li bilan to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishdir.
Tahlil uchun kerakli ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish va ularni tez muddatda foydalanishga tayyorlash hamda qayta ishlashni samarali yo‘li kompyuterlarni tahlil jarayoniga joriy qilishdir.


  1. MAVZY. IQTISODIY TAHLIL ISHLARINI TASHKIL QILISH




Korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning asosiy qoidalari

Korxonada iqtisodiy tahlilni tashkillashtirish shakllari va uning ijrochilari


  1. Analitik ishni rejalashtirish
  2. Tahlilning informatsiya hamda uslubiy ta’minoti


  3. Iqtisodiy tahlilni tashkil etishning bosqichlari
  4. Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish


  5. Analitik ma’lumotni kompyuterda ko‘rib chiqishni tashkillashtirish Korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning asosiy qoidalari

Korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning natijasi asosan, uning to‘g‘ri amalga oshirilishiga bog‘liq. Iqtisodiy tahlil qilish qator talablarga javob berishi, ya’ni u reja va yangi metodikaga asoslanishi hamda analitik jarayon samarasini ta’minlab berishi lozim.
Boshqaruv uchun analitik ishlanmalarni bir tartibda, o‘z vaqtida hamda tushunarli tarzda yetkazib berishni ta’minlash uchun iqtisodiy tahlilni tashkil qilish va o‘tkazish jarayonlari quyidagi talablarga asoslanadi.
Majburiyatlarning taqsimlanishi. Tahlilni amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlar alohida ijrochilarga bo‘lib beriladi hamda u bo‘yicha mas’ul belgilanadi.
Tahlil kamchiqim, natijasi esa samarali bo‘lishi zarur. Tahlilni amalga oshirishda tahlilning yangi usullari, ma’lumotni kompyuter texnologiyalari yordamida o‘rganish, ma’lumotni yig‘ish hamda uni saqlashning ratsional usullari keng miqyosda ishlatilishi lozim. Natijalardan esa turli maqsadlarda foydalanish imkoniyati ta’minlanishi shart. U asosida qabul qilingan qarorlar aniq ijobiy yakunlar bilan tugashi kerak.
Ma’lumotga bo‘lgan ehtiyojlarni to‘la qondirishga yo‘naltirilishi. Tahlilni turli subyektlarning informatsion talablarni imkon qadar to‘la qondirish yo‘llarini hamda tahlilni o‘tkazishga ketgan xarajatlarni kamaytirish bilan uyg‘unlashtirib olib borish.
Tahlil ishlarini reglamentatsiyalash va unifikatsiya qilish. Regla- mentatsiyalash har bir ijrochidan majburiy talab qilinadigan jadval va natija shakllarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Tahlilni unifikatsiyalash (standartizatsiyalash) metodik qo‘llanmalarni, natija shakllarini, jadvallarni, standart dasturlarni, umumiy baholash mezonlarini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga rioya qilish tahlil ishlari samarasini keskin oshiradi.

  1. Download 282.03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling