1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va
Boshlang‘ich ma’lumotlar matritsasi
Download 282.03 Kb.
|
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.9-jadval
- 3.10-jadval
- Ko‘rsatkichlarni taqqoslanma ko‘rinishga keltirish usullari
- 3.11-jadval
- 3.12-jadval
Boshlang‘ich ma’lumotlar matritsasi
bosqich. Boshlang‘ich ma’lumotlar jadvalida har bir grafada maksimal element aniqlanadi va birlik sifatida qabul qilinadi. Keyin esa bu grafaning barcha elementlari (aij) etalon korxonaning – (max aij) maksimal elementiga bo‘linadi. Natijada jadvalda keltirilgan matritsa standartlashtirilgan koeffitsiyentlar (xij) hosil qilinadi: Xij=aij / max aij Standartlashtirilgan koeffitsiyentlar matritsasi (Xij) 3.9-jadval
Etalon korxona, odatda, bir sohaga oid turdosh obyektlar majmuidan shakllanadi. Biroq bu etalon korxonani faoliyatning turli sohalariga oid korxonalar majmuasidan tanlash imkoniyatlarini istisno qilmaydi, chunki ko‘plab moliyaviy ko‘rsatkichlar turdosh xo‘jalik yuritish subyektlari uchun ham taqqoslanuvchan sanaladi. Agar iqtisodiy tomondan ko‘rsatkichning minimal qiymati yaxshi ahamiyat hisoblansa u holda hisoblash shkalasini o‘zgartirish lozim. bosqich. Koordinat matritsaning barcha elementlari kvadratga ko‘tariladi. Agar masala ko‘rsatkichlarning turli salmog‘ini hisobga olgan holda yechilsa, olingan kvadratlar mutanosib solishtirma koeffitsiyentlar kattaliklariga belgilangan ekspert yo‘li bilan ko‘paytiriladi (R), so‘ngra olingan natijalar qatorlar bo‘yicha joylanadi (3.10-jadval): R = K x 2 + K x 2 + ... + K x 2 1 j1 2 j 2 n jn 3.10-jadvalKorxonalar faoliyatining qiyosiy reyting baholash natijalari
bosqich. Olingan reyting baho (Rj) ranjir bo‘yicha joylanadi va har bir korxonaning reytingi aniqlanadi. Bu holda eng katta summaga mos kelgan korxona birinchi o‘rinni oladi. Ko‘rib chiqilgan ko‘p o‘lchovli qiyosiy tahlil metodikasining afzalligi shundaki, u korxonaning ishlab chiqarish-moliyaviy faoliyati kabi murakkab hodisani baholashda kompleks ko‘p o‘lchovli yondashuvga tayanadi, barcha raqobatdosh korxonalar real yutuqlarini va ularning etalon korxona ko‘rsatkichlariga yaqinlik darajasini hisobga oladi. Ko‘rsatkichlarni taqqoslanma ko‘rinishga keltirish usullariTahlilda rioya qilish muhim shartlaridan biri – ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchanligini ta’minlashdir. Chunki faqat sifat jihatidan bir xil kattaliklarni qiyoslash mumkin. Ko‘rsatkichlarning taqqoslanuvchan emasligi turli sabablarga ko‘ra kelib chiqishi mumkin: turli narxlar mavjudligi, faoliyati hajmi; strukturaviy o‘zgarishlar; mahsulotlar sifati bir xil emasligi; taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlar uchun tanlangan vaqt kesimi har xilligi; faoliyatning bir xil bo‘lmagan boshlang‘ich sharoiti (texnik, tabiiy, iqlim va boshqalar); ko‘rsatkichlarni hisoblashning usullari turlichaligi; korxona hisob siyosatining o‘zgarishi bilan va boshqalar. O‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun yuqorida sanalgan omillar bo‘yicha ularni yagona bazaga olib kelish zarur. Birinchi navbatda barcha qiymat ko‘rsatkichlarning kattaligiga ta’sir ko‘rsatuvchi (ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar qiymati, tushum, tannarx, foyda, material xarajatlari hajmi, zaxiralar, asosiy vositalar va boshqalar) inflyatsiya bilan aloqadorlikda narx o‘sishini e’tiborga olmoq zarur. Ushbu omilning ta’sirini xolislantirish uchun taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlar bir xil narxda ifodalanadi. Misol uchun, yalpi mahsulotlar chiqarish taqqoslanuvchanligini ta’minlash uchun uning hisobot va bazis davrlardagi natura hajmi bazis davr narxlarida ifodalanadi: I q = е q1p0 е q0 p0 bu yerda: q1 va q0 – i – ko‘rinishdagi mahsulotlarning mos ravishda hisobot va bazis davrlardagi ishlab chiqarishning miqdor hajmi; p0 – i – ko‘rinishdagi mahsulotlarning bazis davrdagi narxi. Bizning misolimizda (3.11-jadval) haqiqatdagi yalpi mahsulotlar chiqarishning o‘sishi quyidagiga teng: DYaM q = 1060 - 970 ґ 100 = 9, 3%. 970 Agar u turli qiymatli baholashni e’tiborga olmay aniqlansa, u holda o‘sishning orttirma ko‘rsatkichini olamiz: DYaM pq = 1154 - 970 ґ 100 = 19%. 970 Mahsulot ishlab chiqarish hajmi 3.11-jadval
Korxonaning faoliyat ko‘lamidagi o‘zgarishlar tufayli ko‘plab ko‘rsatkichlar o‘zaro taqqoslanmas bo‘lishi mumkin. Misol uchun, agar hisobot yili mahsulot ishlab chiqarish xarajati summasini bazis davrdagi mazkur ko‘rsatkich (∑q0b0+a0) bilan taqqoslasak, u holda ushbu ko‘rsatkichlarning farqlanishi nafaqat mahsulotlar tannarxi darajasining o‘zgarishi bilan, balki hajmidagi mahsulot ishlab chiqarish miqdori o‘zgarishlari bilan ham shartlangan bo‘ladi. Xarajatlarni taqqoslanuvchan ko‘rinishga olib kelish uchun hajmli omillar ta’sirini xolislantirish zarur. Buning uchun bazis davr xarajatlarining o‘zgaruvchan summasini hisobot davrida haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmiga qayta hisoblash va shundan so‘ng buni hisobot davr xarajatlari summasi bilan taqqoslash zarur (3.12-jadval): 3.12-jadvalMahsulot hajmiga o‘zgaruvchan xarajatlar ta’sirini neytrallash
Doimiy xarajat summasi: o‘tgan davr –300 mln so‘m; hisobot davri – 320 mln so‘m. I b = е q1b1 + a1 ; (444 + 320) ґ 100 / (498 + 300) = 95, 7% е q1b0 + a0 bu yerda: b – i- ko‘rinishdagi mahsulotlar birligiga to‘g‘ri keladigan o‘zgaruvchan xarajatlar; a – mahsulot hajmiga bog‘liq bo‘lmagan, lekin o‘rganilayotgan davrlar uchun mahsulot ishlab chiqarishga tegishli doimiy xarajatlar. Download 282.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling