1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Download 282.03 Kb.
bet23/80
Sana14.04.2023
Hajmi282.03 Kb.
#1356949
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va (1)

Sifat omili ta’sirini xolislantirish uchun mahsulotlar hajmi miqdo- rini mos ravishda standart sifat ko‘rsatkichiga nisbatan qayta hisob-kitob qilinadi yoki standart sifatga keltiriladi. Misol uchun – standart sut yog‘liligi holatining mahsulot hajmi o‘zgarishiga ta’siri (3.13- jadval).3.13-jadval

Sut sifatining uni ishlab chiqarish hajmi va tannarxiga ta’sirini neytrallash


Ko‘rsatkichlar

O‘tgan davr

Hisobot davri

O‘tgan davrga nisbatan hisobot davrida, %

Sut ishlab chiqarish xarajatlari, ming so‘m

15 000

19 800

132

Sut yog‘liligi, %

3,5

3,3

94,3

Bazis yog‘lilik, %

3,4

3,4

100

Sut ishlab chiqarish hajmi, s:

  • haqiqatdagi yog‘lilik bo‘yicha

  • bazis yog‘lilik bo‘yicha

25 000
25 735



30 000
29 117



120
113,1



1 ts sut tannarxi, so‘m:

  • haqiqatdagi yog‘lilik bo‘yicha

  • bazis yog‘lilik bo‘yicha

600
583



660
680



110
116,6



Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, sut yog‘liligini hisobga olgan holda hisoblangan ko‘rsatkichlar sifat omilini xolislantirishsiz aniqlangan ko‘rsatkichlardan jiddiy farq qiladi: sut ishlab chiqarish hajmi yog‘lilik hisobga olinmagan holdagisi o‘tgan yildan 20 % yuqori, bazis yog‘lilikka qayta hisoblashda – 13,1 %ga. Uning yog‘liligi hisobga olinmay haqiqatdagi sut tannarxi 660 so‘mni tashkil etadi, bazis yog‘lilikka qayta hisoblashda – 680 so‘m. Birinchi holatda u 10 %ga, ikkinchisida


– 16,6 %ga oshdi. Demak, sifat ko‘rsatkichi asosida turli sifatdagi bir xil mah- sulotlarni to‘g‘ri taqqoslash va o‘rganish imkoniyati bo‘lar ekan.
Iqtisodiy tahlilda mahsulotlarning jami mahsulot hajmi tarkibidagi salmog‘i yoki strukturasini o‘zgarishi ham mazkur ko‘rsatkichlarni o‘zaro taqqoslashda ayrim noaniqliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun taqqoslanayotgan ko‘rsatkichlarni bir xil strukturaga keltirish uchun, haqiqatdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi bazis davr strukturasiga qayta hisoblanishi zarur.
3.14-jadval

Download 282.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling