1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Iqtisodiy tahlilda ko‘p o‘lchovli taqqoslash


Download 282.03 Kb.
bet21/80
Sana14.04.2023
Hajmi282.03 Kb.
#1356949
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va (1)

Iqtisodiy tahlilda ko‘p o‘lchovli taqqoslash


Ko‘p o‘lchovli qiyosiy tahlil korxonalar faoliyati natijalarini kompleks yoki umumiy baholash uchun zarur. Korxonaning moliyaviy risk darajasini baholash uchun ko‘p o‘lchovli tahlilni yuqori turuvchi boshqaruv organlari, shuningdek, investorlar va banklar amalga oshiradi.


Korxonalar faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi baholash odatda barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha olib boriladi. Biroq bunday kompleks baholashni amalga oshirish ancha murakkab. Misol uchun, tahlilga qilinayotgan korxona mehnat unumdorligi darajasi bo‘yicha boshqalar o‘rtasida birinchi o‘rinni egallaydi, ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha – uchinchi, rentabellik darajasi bo‘yicha – beshinchi va hokazo.
Xo‘jalik faoliyati natijalarining bir xil baholanishini ta’minlash uchun
«o‘rinlar summasi» metodiga asoslangan integral ko‘rsatkichlarni hisoblash algoritmi keng qo‘llaniladi. Lekin bu metodika jiddiy nuqsonga ega: ularda muayyan ko‘rsatkichlar salmog‘i va ularning darajasidagi farq hisobga olinmaydi.
Tahlilda Evklid masofalari metodida tuzilgan ko‘p o‘lchovli qiyosiy tahlildan foydalanish yanada mos va istiqbolli yondashuv hisoblanadi. U har bir korxonaning nafaqat mutlaq ko‘rsatkichlar kattaliklarini, balki ularning etalon korxonaning ko‘rsatkichlariga yaqinlik darajasini hisobga olishga imkon beradi.
Ko‘p o‘lchovli qiyosiy tahlil masalalari yechimining amaliy jihatini ko‘rib chiqamiz.

  1. bosqich. Tizim ko‘rsatkichlari asoslanadi, ular bo‘yicha korxonalar xo‘jalik faoliyati natijalari baholanadi, bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar jamlanadi va boshlang‘ich ma’lumotlar matritsasi shakllanadi (3.8-jadval). Boshlang‘ich ma’lumotlar ham korxonaning muayyan sanaga ahvolini hamda korxonaning faoliyat dinamikasini tavsiflovchi sur’at ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi va o‘sish

koeffitsiyentlari ko‘rinishida keltirilgan moment ko‘rsatkichlari shaklida bo‘lishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida ham moment, ham sur’at ko‘rsatkichlarini o‘rganish mumkin.3.8-jadval

Download 282.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling