1-mavzu. Iqtisodiyot, bоzоr va iqtisodiy siyosat
Download 54.22 Kb.
|
1-mavzu
4.Iqtisodiy siyosatning tipоlоgiyasi va kоnsеpsiyasi.
Davlatning iqtisodiy strategiyasi uning siyosiy strategiyasini amalga oshirish uchun iqtisodiyotga davlatning aralashuvi mexanizmlari va ustuvorliklarining transformatsiyalashuvini belgilab beradi.Iqtisodiy strategiya uzoq muddatli davr ichida davlat faoliyatining yo‘nalishi va uning amalga oshirish printsiplarini ifodalaydi. Davlatning iqtisodiy strategiyasining muhim turlari quyidagilardan iborat: Rivojlanishning ijtimoiy samarali strategiyasi; Korporativ strategiya ma’lum guruh kishilarning boylik orttirishga qaratilgan tor egoistik manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi; Liberal-iqtisodiy strategiya tovar va kapitalning erkin harakati uchun ochiq bo‘lgan iqtisodiyot uchun qo‘llaniladi; Tartibga soluvchi iqtisodiy strategiya davlat tovar va kapital harakati uchun nazorat o‘rnatganida qo‘llaniladi; Mobilizatsion iqtisodiy strategiya davlatning mavjudligiga tahdid kuchayganida, favqulodda holatlar sharoitida davlatning ishlab chiqarish va tashqi iqtisodiy aloqalarga to‘g’ridan-to‘g’ri aralashuvi kuchayadi; Davlatning iqtisodiy integratsiya strategiyasi; Samarali milliy strategiya. Davlatning ijtimoiy samarali iqtisodiy strategiyasi fuqarolar uchun optimal tarkibdagi pirovard mahsulotning yuqori o‘sish sur’atining barqarorligini ta’minlashni, to‘liq samarali ish bilan bandlikka, inflyatsiyani jilovlashga va daromadlarning odilona taqsimlanishiga erishishini ifodalaydi. Davlat iqtisodiy strategiyasi sifatining kriteriyasi (mezoni) uning ijtimoiy samarali iqtisodiyotga muvofiqligi darajasi hamda unga mamlakat ichidagi va jahon hamjamiyati tomonidan bildirilgan ishonch darajasini ifodalaydi. Davlatning iqtisodiy siyosati uning strategik vazifalaridan kelib chiqib jamiyatda ishlab chiqarish, daromad va ne’matlarni taqsimlash jarayonlarini tartiblash uchun davlat tomonidan joriy davr ichida qo‘llaniladigan chora-tadbirlar tizimini ifodalaydi. Davlatning iqtisodiy siyosati o‘z ichiga tashqi iqtisodiy, tarkibiy-investitsiyaviy, institutsional, agrar, sanoat, ijtimoiy, narx, moliyaviy, soliq-byudjet, pul-kredit, hududiy (mintaqaviy) siyosatlarni oladi (3.5.1-rasm). Download 54.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling