1-mavzu. Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda ish yuritishning tutgan o’rni Reja


Download 16.99 Kb.
bet1/3
Sana05.10.2023
Hajmi16.99 Kb.
#1692200
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda ish yuriti-fayllar.org


1-mavzu. Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda ish yuritishning tutgan o’rni Reja




1-mavzu. Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda ish
yuritishning tutgan o’rni 
Reja
1. Bozor sharoitida ish yuritishning mohiyati va hujjat haqida tushuncha.
2.Respublika Umumdavlat ish yuritish tizimi va uni boshqarishni
takomillashtirishdagi o’rni.
3.Hujjatlar shaklini bir turga keltirish tizimi.
Tayanch iboralar: Ish yuritish hujjat, hujjatlashtirish, standart shakl,
yagona qoida, mukammal tizim, muayyan axborot, asosiy unsur, Davlat tili,
unifikatsiya, rekvizit, funktsional vazifa.
1.Bozor sharoitida ish yuritishning mohiyati va hujjat haqida tushuncha 
Ish yuritish - bu korxona va tashkilotlardagi yuz beradigan jarayonlarni tegishli
hujjatlarda aks ettirib, ularni tartib bilan saqlab quyish jarayonlariga aytiladi.
Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil etadi. Har qanday korxona,
tashkilot yoki firma bo’lishidan qat’iy nazar xo’jalik faoliyatini hujjatlarsiz tasavvur
qilib bo’lmaydi. shuning uchun har bir korxona o’zining hujjatlariga egadir.
Hujjatlar kishilik jamiyatini uzliksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Hujjatlar
kechagina vujudga kelgan emas balki, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat
a’zolari o’zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat’iy
qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Bobilning meloddan avvalgi 1792-1750
yillardagi shohi Xamurappining adolatpesha qonunlar majmuyi va boshqa
manbaalarning mavjudligi hujjatlar deb ataladigan tartibot vositalarining nechog’lik
olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko’rsatadi. Albatta kishilik jamiyatining
taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning almashina borishi kishilar o’rtasidagi
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni takomillasha borishi barobarida hujjatlar
ham takomillashgan. Sharqda X-X1X-asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar,
arznoma, qarznomalar tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng
tarqalgan.Yorliklar mazmunan har xil bo’lgan. Xabar tavsif farmoyish bildirish
tasdiqlash kabilar misol bo’la oladi.
Ish yuritish fanining predmeti hujjatlar bilan ishlash va ularni to’g’ri
rasmiylashtirishdir.
Hujjat - boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan faktlar,
voqealar, hodisalar to’g’risidagi axborotni maxsus materialda turli usullar bilan
mustahqamlash vositasi.
Hujjatlashtirish - funqtsional vazifasiga ko’ra, bir turli va o’zaro bog’lik
hujjatlar to’plami.
Hujjatlashtirish va ish yuritishning ahamiyati ikki omil bilan baxolanadi.



Download 16.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling