1-mavzu. Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda ish yuritishning tutgan o’rni Reja
Download 133.26 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu.Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
1-mavzu. Iqtisodiyotni va tashkilotlarni boshqarishda ish yuritishning tutgan o’rni Reja 1. Bozor sharoitida ish yuritishning mohiyati va hujjat haqida tushuncha. 2.Respublika Umumdavlat ish yuritish tizimi va uni boshqarishni takomillashtirishdagi o’rni. 3.Hujjatlar shaklini bir turga keltirish tizimi. Tayanch iboralar: Ish yuritish hujjat, hujjatlashtirish, standart shakl, yagona qoida, mukammal tizim, muayyan axborot, asosiy unsur, Davlat tili, unifikatsiya, rekvizit, funktsional vazifa. 1.Bozor sharoitida ish yuritishning mohiyati va hujjat haqida tushuncha Ish yuritish - bu korxona va tashkilotlardagi yuz beradigan jarayonlarni tegishli hujjatlarda aks ettirib, ularni tartib bilan saqlab quyish jarayonlariga aytiladi. Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil etadi. Har qanday korxona, tashkilot yoki firma bo’lishidan qat’iy nazar xo’jalik faoliyatini hujjatlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. shuning uchun har bir korxona o’zining hujjatlariga egadir. Hujjatlar kishilik jamiyatini uzliksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Hujjatlar kechagina vujudga kelgan emas balki, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o’zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Bobilning meloddan avvalgi 1792-1750 yillardagi shohi Xamurappining adolatpesha qonunlar majmuyi va boshqa manbaalarning mavjudligi hujjatlar deb ataladigan tartibot vositalarining nechog’lik olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko’rsatadi. Albatta kishilik jamiyatining taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning almashina borishi kishilar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni takomillasha borishi barobarida hujjatlar ham takomillashgan. Sharqda X-X1X-asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan.Yorliklar mazmunan har xil bo’lgan. Xabar tavsif farmoyish bildirish tasdiqlash kabilar misol bo’la oladi. Ish yuritish fanining predmeti hujjatlar bilan ishlash va ularni to’g’ri rasmiylashtirishdir. Hujjat - boshqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan faktlar, voqealar, hodisalar to’g’risidagi axborotni maxsus materialda turli usullar bilan mustahqamlash vositasi. Hujjatlashtirish - funqtsional vazifasiga ko’ra, bir turli va o’zaro bog’lik hujjatlar to’plami. Hujjatlashtirish va ish yuritishning ahamiyati ikki omil bilan baxolanadi. Download 133.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling