2. Iqtisodiy axborotlarning turlari. Axborot tizimi: qo’lda qilinadigan, avtomatlashtirilgan va avtomatik axborot tizimlari.
Axborot tizimi – boshqarish funksiyasini amalga oshirish uchun xodimlarni turli xil axborot bilan ta’minlovchi obyekt haqidagi axborotni yig’ish, uzatish va qayta ishlash bo’yicha ma’lumotlar va kommunikasiyaviy tizimni o’zida nomoyon etadi.
Axborotlar tizimlarini tatbiq etish nafaqat mayda chuyda axborotni qayta ishlash va saqlash yozuv chizuv ishlarini avtomatlashtirish hisobiga balki qarorlarni qabul qilishda o’z aksini topadi. Zamonaviy telekommunikasiya vositalaridan foydalanishda firma mutaxassislari hatti – harakatini modellashtirishga asoslangan boshqarishning yangi uslublari hisobiga ham firma ishlab chiqarish–xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish maqsadlarida amalga oshiriladi.
Avtomatlashtirilganlik darajasiga qarab ko’lda qilinadigan, avtomatlashtirilgan va avtomatik axborot tizimlari mavjud. Qo’lda qilinadigan axborotlar tizimida – boshqarish yoki ma’lumotlarni qayta ishlash funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, boshqasi inson tomonidan bajariladi. Avtomatik axborotlar tizimida – boshqarish va ma’lumotlarni qayta ishlashning barcha funksiyalari texnik vositalarda, inson ishtiroksiz amalga oshiradi.
Iqtisodiy axborot tizimi ko’p sonli funksianal xususiyatlariga ko’ra ko’plab turli tuman tasnifiy belgilarga bo’linadi. Jumladan, qo’llanish darajasi va ma’muriy bo’linishiga muvofiq, IAT ni korxona, tuman, viloyat va mamlakat jihatlariga ajratish mumkin. Qo’llanish sohasiga ko’ra quyidagilarga ajratiladi:
Bank axborot tizimlari;
Fond bozori axborot tizimlari;
Sug’urta axborot tizimlari;
Soliq axborot tizimlari;
Sanoat korxonalari va tashkilotlarning axborot tizimlari;
Statistika axborot tizimlari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |