1-mavzu: Islomda payg‘ambarlar mavqei
Download 405.18 Kb. Pdf ko'rish
|
Boş
1-mavzu: Islomda payg‘ambarlar mavqei Dunyodagi har qanday yakkaxudolikka asoslangan dinlarda payg‘ambarlar e’tiqod qiluvchilarni yaratuvchi bilan bog‘lovchi ilohiy vosita vazifasini bajaruvchi zot sifatida hisoblanadilar. Islomda ham payg‘ambarlarga bo‘lgan munosabat e’tiqod ruknlari darajasiga ko‘tarilgan. Payg‘ambar Muhammad (sav) va uning sahobalari oldiga dindan saboq berish maqsadida kelgan farishta Jabroil ham, o‘zaro savol-javob tarzida o‘tkazgan suhbatida “imon nima degan” savoliga berilgan javobning ichida payg‘ambarlarga imon keltirish degan ruknning o‘zi, bu ilohiy vazifani amalga oshirishga kelgan zotlarning mavqelar qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatadi. So‘ngi paytlarda musulmonlar orasida arabiy «nubuvvat» va «risolat» so‘zlarining o‘rniga o‘zga tilda suhbatlashuvchi islom dini vakillari tomonidan «payg‘ambarlik» iborasi ishlatiladigan bo‘lib qoldi. «Nabiy»ni ham, «rasul»ni ham «payg‘ambar» deyilmoqda. Ehtimol, bu ikki so‘z ma’no jihatidan bir-biriga o‘ta yaqin bo‘lganidan shundoq bo‘lgandir. Aslida arab tilida nozil bo‘lgan Qur’onda bu ikki so‘zning o‘ziga xos ma’nolari mavjud. «Nubuvvat» lug‘atda ْأَبَن (naba’) — «muhim xabar berish» va َأبن (naba) — «yuqorilash» kabi ma’nolarini anglatuvchi so‘zlarning negizidan olingan. Nubuvvat Allohdan bo‘lgan xabarning vahiy yo‘li orqali bandalari ichidan tanlab olgan shaxsga yetishidir. Nabiy Allohdan muhim xabar olgan va martabasi yuqori shaxs bo‘lib, o‘zbek tilida payg‘ambar degan ma’noni anglatadi. O‘zbek tilida ishlatiladigan payg‘ambar [forschadan – xabar beruvchi, oldindan xabar keltiruvchi] so‘zi xudoning xohish-irodasini bandalariga yetkazuvchi ilohiy vakili, nabi, rasul degan ma’nolarni anglatadi. «Risolat» esa lug‘atda bir narsani lutf ila yuborishga ishlatiladi. Arablarda birovga yuborilgan maktubni «risola» deyiladi. Birov tomonidan yuborilgan elchiga ham «rasul» iborasi qo‘llaniladi. Shundan kelib chiqib, Alloh yuborgan muayyan diniy ta’limotlar to‘plami «risolat» deyiladi. Bu ta’limotni insonlarga o‘rgatish amr qilingan shaxs «rasul» deb ataldi. O‘zbek tilida rasul [arabchadan - chopar, vakil; elchi; oldindan xabar beruvchi] Allohning vakili, elchisi degan ma’noga ega. Islom aqidasiga ko‘ra naiy va rasullarning biron-birini ajratmasdan imon keltirish shart qilingan. Olimlar imonning bu rukniga Qur’ondan: “Allohga va payg‘ambarlariga kufr keltiruvchilar, Alloh bilan payg‘ambarlari o‘rtasini uzishni xohlovchilar, biriga ishonamiz, biriga ishonmaymiz, deb o‘rtacha yo‘l tutuvchilar, ana o‘shalar haqiqiy kofirlardir. Kofirlarga esa xor etuvchi azobni tayyorlab qo‘yganmiz” (Niso-150-151) oyatlarni dalil qilib keltirishadi. Yuqorida «...biriga ishonamiz, biriga ishonmaymiz» degan oyatlarda kelgan ma’nolarga urg‘u berilar ekan imon shartlarni bajarish uchun nabiy va rasullarning soni haqidagi ma’lumotni bilish ham ahamiyat kasb etadi. Nabiy va rasullarning soni haqida qator hadislar kelgan bo‘lib, ularning adadi har xil rivoyatlarda turlicha ko‘rsatilgan. Bu son haqida ma’lumot bergan har bir olim o‘zi ishonchli deb bilgan hadisga asoslanib adadlarni keltirgan. Hadislarning orasida eng mashhuri Abu Zarrdan kelgani bo‘lib, unda nabiylar soni 124 ming, rasullarning adadi bo‘lsa 313 deb aytiladi. Ba’zi olimlar nabiylarning soni sahobalarning, rasullarning esa Badr jangida ishtirok etgan ashobning adadiga teng deyishgan. Ammo ushbu adad haqida kelgan hadislarning roviylarini o‘rganish jarayonida ular orasida aksar muhaddislar tomonidan zaif hisoblangan yetkazuvchilar bor ekanligi ma’lum bo‘ladi. Shuning uchun ham ko‘pchilik olimlar bu hadislarni zaif hisoblaganliklaridan nabiy va rasullarning soni haqidagi ma’lumotlarni aytishda Qur’onda kelgan oyatlarga asoslanish kerak deb, ularni adadini aniq aytmaydilar. Bundan tashqari nabiy va rasulllar adadi haqida kelgan hadislar ma’no jihatidan Qur’onning: “Biz Sizdan oldin (ko‘p) payg‘ambarlarni yuborgandirmiz.Ulardan Biz Sizga qissasini aytganimiz ham bor, yana ulardan Biz Sizga qissasini aytmaganimiz ham bordir” (Gʻofir-78) degan oyatiga qarama-qarshi keladi. Ushbu oyatlar olimlar tomonidan sharhlanar ekan quydagi fikrlar aytiladi: “Qur’oni karimda 25 ta payg‘ambarning nomi aniq va ravshan zikr etilgan. Hammasi bo‘lib necha payg‘ambar yuborilgani to‘g‘risida turli rivotlar bor. Anas (rz.) so‘ziga ko‘ra, to‘rt mingta Isroil (Ya’qub) avlodidan, qolgan to‘rt mingi boshqa sulolalardandir. Boshqa rivoyatda 124 ming payg‘ambar yuborilgan, deyiladi. Ali (rz.) so‘ziga ko‘ra, habash millatidan ham bir payg‘ambar chiqqan. Lekin Qur’onda zikr etilmagan.Aqoidga doir kitoblarda payg‘ambarlar adadi haqida qat’iy bir raqam tayin etilmagani yaxshi, deyilgan. Zero, Alloh o‘z Payg‘ambaridan ham uni sir tutgani oyatdan zohir bo‘lib turibdi” . Ahlu-s-sunnaning ko‘chilik olimlarini tashkil qilib, ularning fikriga ko‘ra har qanday rasulni nabiy deyish mumkin, ammo har qanday nabiy rasul bo‘la olmaydi deyishadi . Shuningdek olimlar nabiy va rasul orasidagi farqga hadislardan ham xujjat keltirib, Payg‘ambar Muhammad (sav)dan birinchi inson Odam haqida so‘rashganda uni, Alloh bilan gaplashgan eng birinchi nabiy ekanligi haqidagi javobini asos qiladilar. Shu hadis davomida Idris va Shislar ham nabiy bo‘lganliklari aytib o‘tiladi. Ulamolar bundan tashqari, birinchi rasul Nuh bo‘lgan ekanligini isbotlash maqsadida “Ahqof” surasidagi “ulu-l-a’zm” (sabr-matonat egalari) bo‘lmish payg‘ambarlar ro‘yxatida birinchi kelgan inson shu kishi ekanligini aytadilar . Nabiy va rasulni farqlash borasida turli fikrlar bor. Ba’zi olimlar rasullarga muqaddas kitob va sahifalar beriladi, nabiylarga esa berilmaydi deyishadi. Ammo bu qarashlar nabiylardan bo‘lgan Dovudga berilgan Zabur, yoki rasullardan bo‘lgan Nuhga, na sahifa va na kitob berilmaganligini eslash bilan asossiz ekanligini ko‘rsatadi. Shuning uchun bu farqlashga olimlar tomonidan aytilgan fikrlarni jamlab quydagi so‘zlarni aytish mumkin. Alloh kimga osmondan payg‘ambarlik (muhim xabar) berib, o‘sha xabarni insonlarga (faqat o‘zining dinida bo‘lganlarga emas, balki o‘zga din vakillariga ham) yetkazishni amr qilsa, o‘sha kishi nabiy va rasuldir. Agar, boshqalarga yetkazilishi amr qilinmasa, u nabiydir, rasul emas. Allohning payg‘ambarlarni yuborishdan maqsadi va vazifalariga tegishli masala o‘ziga yarasha mavzu. Yaratuvchi nabiy va rasullarni yuborishidan maqsad, insonlar Allohga qarshi qiyomat kuni iddao qilmasliklari uchun o‘ziga lozim tutgan. Bunga dalil sifatida Qur’onda: “Payg‘ambarlar (kelgan)dan keyin odamlarda Allohga qarshi hujjat bo‘lmasin deb payg‘ambarlarni xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib (yubordik). Alloh qudrat va hikmat egasidir” (Niso-165) oyat kelgan. Payg‘ambarlarning yuborilishi vazifasiga to‘xtalinsa, ularga: - Ahqof surasi 12-oyatida kelgandek mo‘minlarga xushxabarlarni va kofiru osiylarga ogohlantirishni yetkazish; - Anbiyo surasi 25-oyatida kelganidek faqat yagona Allohni o‘zini iloh deb bilib, o‘zigagina ibodat qilishni yetkazish; - Ahzob surasi 39-oyatida kelganidek Allohning amrini bandalarga yetkazuvchi vazifasini bajarish; - Ahzob surasi 21-oyatida kelgandek payg‘ambarlarning insonlarga yuborilishi go‘zla namuna bo‘lish kabilar kiradi. Qur’onda jami 25 payg‘ambarlarning ismlari zikr etilgan bo‘lib ular: 1. Odam; 2. Idris; 3. Nuh; 4. Hud; 5. Solih alayhissalom; 6. Ibrohim; 7. Lut; 8. Ismoil; 9. Ishoq; 10. Ya’qub; 11. Yusuf; 12. Ayyub; 13. Shuayb; 14. Muso; 15. Horun; 16. Yunus; 17. Dovud; 18. Sulaymon; 19. Ilyos; 20. al-Yasa’; 21. Zakariyo; 22. Yahyo; 23. Zul-Kifl; 24. Iyso; 25. Muhammadlardir. An’om surasida: “Unga (Ibrohimga) Ishoq va Ya’qubni ato etdik. Hammasini hidoyatga yo‘lladik. Oldin Nuhni ham hidoyatga yo‘llagan edik. Uning zurriyotidan Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso va Horunni (ham yo‘lladik). Chiroyli ish qiluvchilarni mana shunday taqdirlaymiz. Zakariyo, Yahyo, Iso va Ilyosni (ham hidoyatga yo‘lladik). Hammasi solihlardandir. Ismoil, al-Yasa’, Yunus va Lutni ham (hidoyatga yo‘lladik). Hammalarini olamlar uzra afzal qildik” (An’om-84-85) 18 nafar payg‘ambarlarning nomlari ketma-ket keltirilgan. Shuningdek Qur’onda payg‘ambarlarning orasidan bir qanchasini alohida xislat bilan: “Bas, (ey, Muhammad!) Siz ham matonatli payg‘ambarlar sabr qilganlaridek sabr qiling va ularga (tushadigan azobni) qistamang” (Ahqof-35) deb eslanadi. Mufassir olimlar ushbu oyatning nozil bo‘lish sabablarini o‘rganib chiqib matonat sohiblari haqida fikr-mulohazalarini bildirib bu payg‘ambarlarning adadini 5 dan to 12 ga ko‘rsatishgan. Lekin ushbu adadlarning orasida eng mashhuri va xujjat nuqtai nazardan kuchligi 5 soni bo‘lib bu payg‘ambarlar: Nuh; Ibrohim; Muso; Iso va Muhammad ekanliklarini aytib o‘tishadi. Yana bir muhim masalalardan biri bu, payg‘ambarlarning shu ilohiy vazifa bilan yuborilganliklarini qanday bilish mumkinligi borasida yuritiladigan mavzu. Ushbu mavzu borasida insonlar orasida turli xil qarashlar bor. Birinchi qarash vakillari faylaso‘flar bo‘lib, payg‘ambarlar Alloh tomonidan tanlab olinadigan hamda Yaratuvchi ularga vahiy yuborilgan shaxslar emas, balki insoniy xislatlarga xos ba’zi sifatlarni yuqori mahorat cho‘qqisiga olib chiqqan, ya’ni o‘ta yaxshi eshitish, ko‘rish va qalb xissyotlariga ega kishilar deb baho berishadi . Ikkinchi qarash vakillari, mu’tazili, ash’ariy, mutakallim toifalari va ahlu-s-sunna olimlaridan Ibn Hazm ushbu fikrda bo‘lganlar. Ularning fikrlariga ko‘ra, nubuvat va rislotaning dalili – bu moʻjizadir. Ya’ni payg‘ambarlarning boshqa mukallaf (gunoh va savobga yarasha jazo olishga loyiq yoshga yetgan)lardan farqi shundaki, ularga g‘ayritabiiy imkoniyatlar beriladi. O‘z o‘rnida moʻjizaga qisman izoh berilsa, insonni bu kabi ishni qilishdan ojiz qiladigan holatga aytiladi . Bu g‘ayritabiiylik (moʻjiza) payg‘ambarlardan boshqa xech kimga berilmaydi deb, sehr, kohinlik (basharotchilik) va valiylarga beriladigan karomatlarni inkor qilishadi . Uchinchi qarash vakillari ahlu-s-sunna va-l-jamoa va salafu-s-solihlardan bo‘lgan olimlar. Ularning fikrlariga ko‘ra, nubuvat va risloat faqat moʻjizani o‘zi bilan cheklanib qolmaydi, balki qator dalillarni taqozo qiladi. Bu dalillar 3 yo‘nalishda jamlanib nubuvat va risolatga ishora qiladi: - Oyat (alomat) va burhonlar (xujjat, dalil) yo‘nalishi. Bu yo‘nalish ikkinchi qarash vakillari aytganlaridek moʻjizaga doir holatlar. Ahlu-s-sunna va-l-jamoa vakillari moʻjiza iborasi Quron va sunnatda ishlatilmaganligi, umumiylikka ishora qilganligi, shuningdek mu’tazila hamda bir toifa ash’ariylar bilan bu borada kelishmaganliklari uchun uning o‘rniga oyat va burhon so‘zlarini istifoda qilishadi. Masalan Allohnig Payg‘ambar Muhammad (sav)ga bergan oyat va burhonlari bir necha nav iborat bo‘lgan. Birinchisi, Qur’on – Alloh tomonidan o‘z payg‘ambariga yuborilgan, insonlar va jinlar birlashishsa ham unga o‘xshashini yarata ololmaydigan xujjat. Ikkinchisi, eshtiladigan – payg‘ambarga xos bo‘lgan tasbihlarning aytilishi. Sahoba Ibn Mas’ud: “Biz Rosululloh bilan birga ovqatlanib o‘tirganimizda taomlar tasbih aytishini eshitar edik” deydi. Uchinchisi, ko‘zga ayon bo‘ladigan - ikki mukallaf maxluqlarni (inson va jin) ojiz qoldiruvchi g‘ayrioddiy holat. Masalan payg‘ambar Muhammad (sav)ning barmoqlari orasidan suvni chiqishi . To‘rtinchisi, so‘zlashadigan – nutqga ega bo‘lmagan jonsiz moddaning nutqi. Payg‘ambar Muhammad (sav)ga toshning salom berishi va to‘nkaning yig‘isirab murojaat qilishi . Download 405.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling