1-mavzu: Islomda payg‘ambarlar mavqei
-mavzu: Islomda esxatologiya masalasi
Download 405.18 Kb. Pdf ko'rish
|
Boş
5-mavzu: Islomda esxatologiya masalasi
Islomdagi an’anaviy yo‘nalish vakillarining aqida mavzulariga kiritilgan masalalardan biri bu – insonning vafotidan so‘ng boshqa hayotga, ya’ni qabr hayotiga o‘tishni e’tiqod qilish, oxirat kuniga ishonchning bir qismi sifatida ko‘riladi. Yunon tilidan olingan esxatologiya iborasi - oxirat haqidagi ilm deyiladi. Bu ibora islomda – musulmonlar tomonidan oxiri zamon, qiyomat kuni va qabr hayoti tushunchalarini anglashlari bilan bog‘liq. “Al-axira” arabchadan “oxir”, “oxirgi” “kelajak hayot”, boshqa dunyo, degan ma’noni anglatadi. Buni Islom inson uchun yagona abadiy va muhim hayot deb e’lon qiladi. “Daru-l- axira” (yakuniy dunyo, oxirgi dunyo)ga “daru-d-dunya” (yaqin dunyo, er yuzi dunyosi) va “hayatu-d-dunya” (yaqin hayot, yer yuzidagi hayot) qarama-qarshi qo‘yiladi. O‘lgandan keyin tirilish masalasi Qur’on va’zining asosiy va xronologik dastlabki g‘oyalaridan biri edi. Payg‘ambar Muhammad, avvalo, o‘zining ilk da’vatlarida bu dunyodan boshqa, haqiqiysi ham mavjudligi va u yer abadiy hisoblanib, inson yaqin hayotida qilgan ishlari uchun javob berishi kerakligiga ishontirishga urindi. VIII-IX asarlarda “barzax” konsepsiyasi - o‘lim va qiyomat soati orasidagi bo‘lmish oxiratning birinchi bosqichi borasidagi qarashlar tadqiq qilindi. “Barzax” so‘zi arab tilidan to‘siq degan ma’noni anglatib, ushbu ibora islom aqidasida o‘lganlarning ruhlari qiyomat soatiga qadar topadigan makon nazarda tutiladi. “Barzax”ning istilohiy ma’nosi borasida bir qancha fikrlar aytilgan va shularning orasida ikki mashhuri quydagicha: - o‘lim va Oxirat kuni oralig‘idagi holat, ya’ni “axira”ning birinchi bosqichi; - vafot etgan ruhlarning Oxirat kuniga qadar joylashadigan makoni. Qur’onda “barzax” iborasi o‘zining ham lug‘aviy, ham istilohiy ma’nosida ishlatilgan: يِّلَعَل َنوُثَعْبُي ِمْوَي ٰىَلِإ ٌخَزْرَب ْمِهِئاَرَو ْنِمَو ۖ اَهُلِئاَق َوُه ٌةَمِلَك اَهَّنِإ ۚ َّلاَك ۚ ُتْكَرَت اَميِف اًحِلا َص ُلَمْعَأ “Shoyad, men qolgan umrimda yaxshi amal qilsam», deb qolur. Yo‘q! (U aslo hayotga qaytarilmas). Darhaqiqat bu (har bir jon berayotgan kofir) aytadigan so‘zdir. Ularning ortida to qayta tiriladigan kunlarigacha (dunyoga qaytishlaridan to‘sib turadigan) bir to‘siq bo‘lur” (Mu’minun, 100). “Barzax” hayoti borasida so‘z borar ekan, unga chambarchas bog‘liq bo‘lmish ruh va nafs tushunchalari mavzusi to‘xtalish muhim sanaladi. Insonlar orasida ruh va nafs haqida bir qancha savollar vujudga kelgan. Jumladan: ruh va nafs orasida nima farq bor? ruh jasadning bir qismimi, yoki alohida bir hodisami? ruh – bu qandaydir substansiyami? insonda nechta ruh bor? jasad vafot etadimi, yoki ruh ham vafot etadimi? Avvalambor, ruh va nafs (qalb) iboralarining ishlatilishi to‘g‘risida qisman to‘xtalinsa, har ikkisi ham insoning ona qornidagi shakkllanayotgan bir etga 4 oylik muddat bo‘lganda Yaratuvchi tomonidan beriladigan bir (moddiy) narsaga nisbatan ishatilinadi. Ammo har ikkala ibora ham islomning muqaddas manbalari va arab tilida yuqorida aytilgan ma’nolarda o‘zga tushnchalarda ham ishlatilishi mumkin. Nafs: qon – (oquvchi nafsi ( ةلئاس سفن) yo‘q jonzot suvda o‘lib qolsa, uni najas qilmaydi); ko‘z – (falonchiga nafs tegibdi); o‘zlik – ( ْمُك ِسُفْنَأ ٰىَلَع اوُمِّل َسَف – nafsingizga salom beringlar – Nur-61) ma’nolarida ham ishlatiladi. Ruh: Qur’on – ( اَنِرْمَأ ْنِم اًحوُر َكْيَلِإ اَنْيَحْوَأ َكِلَٰذَكَو ۚ - Shunday qilib Biz O‘z amrimiz bilan sizga Ruhni – Qur’onni vahiy qildik - Shura-52); Jabroil – ( ُينِمَ ْلأا ُحوُّرلا ِهِب َلَزَن - Uni (ya’ni Qur’onni) Ruhul-Amin – Jabroil ochiq-ravshan arabiy til bilan nozil qildi - Shuaro-193); havo – inson badanida kirib-chiqib turadigan havo; vahiy, ilm i ilohiy madad – ( ُهْنِم ٍحوُرِب ْمُهَدَّيَأَو َناَميِ ْلإا ُمِهِبوُلُق يِف َبَتَك َكِئَٰلوُأ – Ana o‘shalarning qalblarida Alloh imonni sobit qilgan va ularni O‘z huzuridan bir ruh bilan qo‘llagadir - Mujodala-22) ma’nolarida ham qo‘llaniladi. Olimlarning fikrlariga ko‘ra, nafs – ruhning inson jasadida bo‘lgan holatiga nisbatan, ruh – inson jasadidan alohidagi bo‘lgan holatiga nisbatan ishlatiladi. Ruh (nafs)ning mohiyati borasidagi insonlarning orasida turli fikrlar mavjud: jism; hodisa; 4 substansiya muvozanati; maxluqlar orasida taqsimlangan energiya kabilar. Sunniy olimlari islomning muqaddas manbalaridan kelib chiqib salafu-s-solihlar bildirgan fikrlariga asoslanib ruh (nafs) mohiyati borasida quydagi qarashni bildirganlar: “Ruh jismoniy jasaddan farq qiluvchi, oliy siraga kiruvchi, nurdan (bug‘) yaratilgan, yengil, xarakatlanuvchi, tirik jism bo‘lib, suv idishga osonlik bilan kirgani kabi inson badaniga joylashib unga turli ta’sirlarni xabar beradi. Agar ushbu jismoniy jasad yaroqsiz holatga kelsa va bu jism (nafs)ning ta’sirini ko‘tara olmasa, ruh badanni tark etadi”. “Ahlu-l-qibla” orasida ruhning azaliyligini ta’kidlaydiganlar paydo bo‘ldi. Jumladan, faylaso‘flar va mutaassib sufiylar Hijr surasi, 29-oyatida: ُهَل اوُعَقَف يِحوُر ْنِم ِهيِف ُتْخَفَنَو ُهُتْيَّو َس اَذِإَف َنيِدِجا َس - “Bas, uni tiklab, ichiga O‘z (dargohimdagi) ruhimdan kiritganimda, sizlar unga sajda qilgan holingizda yiqilingiz!” – dedi” kelgan “ruhimdan” so‘zida Alloh ruhni o‘ziga izofa qilayapti, demak bu uning sifati, o‘z o‘rnida Allohning sifati azaliydir deyishadi. Ahlu-s-sunna vakillari bu fikrlarga raddiya sifatida “ruh”ning maxluq ekanligiga Qur’ondan qator dalillar keltiradilar. Xususan: Zumar surasi 42-oyatida: اَهِتْوَم َينِح َسُفْنَ ْلأا ىَّفَوَتَي َُّللها – “Alloh nafslarni o‘layotgan vaqtida olur” nafsning jasaddan olinishi bilan o‘lish holati vujudga kelayapti. O‘lim topadigan narsa yaratilgaligi muqarrardir. Yoki, yana Zumar surasi, 62- oyatida: ٍ ءْي َش ِّلُك ُقِلاَخ َُّللها - “Alloh barcha narsaning Yaratguvchisidir” deyilib ruh narsa sifatida yaratilgaligiga dalolat qiladi. Shuningdek, Isro surasi, 85-oyatida: ْنِم ُحوُّرلا ِلُق ۖ ِحوُّرلا ِنَع َكَنوُلَأ ْسَيَو يِّبَر ِرْمَأ - “(Ey Muhammad), sizdan ruh haqida so‘raydilar. Ayting: «Ruh yolg‘iz Parvardigorim biladigan ishlardandir” deb aytilgan Allohning so‘zlarida, ruh Yaratuvchining ishlaridan, ya’ni buyrug‘idan ekanligiga dalolat. Allohning buyrug‘i esa “bo‘l” (kun) deyishi bilan “bo‘ladi” (fayakun). Hijr surasi 29-oyatda “ruh” so‘zining izofa zanjiri bo‘lib kelishiga izoh berib “ahlu-s-sunna” olimlari quydagi fikrlarni aytadilar. Allohga isbatan bo‘ladigan izofa zanjiri 2 xil bo‘ladi. Birinchisi, moddiy narsalarning Allohga izofasi, masalan, “Allohning tuyasi” (naqatulloh), “Allohning uyi (baytulloh), “Allohning quli (Abdulloh) kabi so‘z birikmalarida izofa qilinuvchi narsalarni Alloh ulug‘lash maqsadida o‘ziga nisbatlayapti. Ikkinchisi, ma’nafiy narsalarni Allohga izofasi, masalan: ilm, qudra, iroda, rizo, g‘azab kabi holatlar. Bunday ma’naiy narsalarni Allohga izofa qilinishida Allohning sifatini bilish mumkin. Yuqorida keltirilgan oyatlardan ruh moddiy narsa ekanligi ko‘rildi, demak u yaratilgan. Yaratilgan narsa Allohga izofa qilinsa, unda o‘sha narsaning ulug‘lanishi haqida so‘z yuritilayotgan bo‘ladi. Nafs (ruh) haqida gap borar ekan, insondagi ularning soni, turi va sifatlari haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish lozim bo‘ladi. Ahlu-s-sunna olimlarining fikrlariga ko‘ra, insonda nafs (ruh) bitta bo‘ladi, biroq ular turli sifatlarda bo‘lishi mumkin: 1. “nafsu-l-ammara” (buyurguvchi nafs) – يِّبَر َمِحَر اَم َّلاِإ ِءو ُّسلاِب ٌةَراَّمَ َلأ َسْفَّنلا َّنِإ ۚ ي ِسْفَن ُئِّرَبُأ اَمَو - «Men nafsimni oqlamayman. Chunki nafs agar Parvardigorimning O‘zi rahm qilmasa - albatta barcha yomonliklarga buyurguvchidir (Yusuf, 53). Bunday nafs insonni gunoh qilishga buyuradi 2. “nafsu-l-lavvama” (malomatgo‘y nafs) – ِ ةَماَّوَّللا ِسْفَّنلاِب ُم ِسْقُأ َلاَو - Va Men malomatgo‘y nafsga qasam ichurman (Qiyomat, 2). Bunday nafs gunohkor insonnig gunohlari uchun malomat qiladi; 3. “nafsu-l-mutmainna” (xotirjam nafs) – ُ ةَّنِئَمْطُ ْلما ُسْفَّنلا اَهُتَّيَأ اَي - Ey xotirjam-sokin jon (Fajr, 27). Bunday nafs gunohdan foriq bo‘lganidan xotirjamlikda bo‘ladi. O‘z o‘rnida ruhning jasad bilan aloqa turlari haqidagi ma’lumotlarni ham ahlu-s-sunna olimlar o‘rgaib chiqib, bu aloqa bir necha bosqichlarda namoyon bo‘lishligini aytib o‘tganlar. 1. ruhning ona qornidagi jasad bilan aloqadorligi – bu aloqada tashqi ta’sirni asosan ruh sezadi; 2. insonning dunyoga kelgandan so‘ng bo‘ladigan ruh va jasad aloqadorligi – bu aloqada tashqi ta’sirni asossan va avval jasad sezadi, keyin ruh bilan bo‘lishadi; 3. uyqudagi ruh va jasadning aloqadorligi – bu aloqada tashqi ta’sirni avval ruh sezdi, keyin esa vaziyat taqazosiga qarab jasadga ham o‘tishi mumkin; 4. “brzax”dagi ruh va jasad aloqadorligi – bu aloqada asosiy tashqi ta’sirni ruh qaubul qiladi va Alloh xoxlaganicha jasadga ham yetadi; 5. ruh va jasadning Qiyomat kuni qayta tirilgandagi aloqadorligi – bu aloqa komil hisoblanib, ruh va jasad tashqi ta’sirga bir xil tushadi. Esxatologiya mavzusining “barzax” hayoti bilan bog‘liq masalalarini o‘rganilar ekan, insonning vafot etishi holatini alohida ko‘rib chiqish talab etiladi. Qur’onning bir qancha oyatlarida insonni vafot ettirilishi tavsif etilgan. َنوُطِّرَفُي َلا ْمُهَو اَنُل ُسُر ُهْتَّفَوَت ُتْوَ ْلما ُمُكَدَحَأ َءاَج اَذِإ - “Qachonki birovingizga o‘lim kelsa, elchilarimiz, sustkashlik qilmagan hollarida, uning jonini olurlar” (An’om, 61); َنوُعَجْرُت ْمُكِّبَر ٰىَلِإ َّمُث ْمُكِب َلِّكُو يِذَّلا ِتْوَ ْلما ُكَلَم ْمُكاَّفَوَتَي ْلُق - “(Ey Muhammad), ayting: «Sizlarga vakil qilingan o‘lim farishtasi jonlaringizni olur, so‘ngra Parvardigoringizga qaytarilursizlar” (Sajda, 11); اَهِماَنَم يِف ْتُمَت ْمَل يِتَّلاَو اَهِتْوَم َينِح َسُفْنَ ْلأا ىَّفَوَتَي َُّللها - “Jonlarni o‘lim vaqtlarida, (hali-hanuz) o‘lmaganlarini esa uxlayotgan paytlarida Alloh olur” (Zumar, 42). Ushbu oyatlarni dastlab o‘qishda insonning jonini ham farishtalar, ham o‘lim farishtasi va yana Alloh o‘zi bevosita olishiligi tushunilishi mumkin. Aslida bu oyatlarning umumiy jamlamasi vafot ettirish jarayonning tavsifi, ya’ni bir insonning vafot etish soati kelganda Alloh o‘lim farishtasiga buyruq beradi va o‘lim farishtasi muayyan insonning joni (ruh)ni oladi va o‘lim farishtasiga biriktirilgan yordamchi farishtalar ushub ruhni qabul qilib olishadi. Insonning ruhini olish jarayoni payg‘ambardan kelgan hadisda tavsiflab o‘tilgan. Jumladan, imonli kishining vafot etishi haqida: Biron-bir imonli insonning vafot etish vaqti kelganda yuzlari nurlanib turgan farishtalar osmonda tushishadi; Ular o‘zlari bilan jannatiy kafan va hushbo‘y moy olib kelishadi va o‘limini kutayotgan insonning ko‘zi ko‘ra oladigan masofada turishadi; o‘lim farishtasi kelib ushbu insonning bosh tomoniga turib ey pok ruh, Allohning roziligi tomon chiq deb buyruq beradi; ruh xuddi ko‘zaning og‘zidan suv sizib chiqqandek jasaddan o‘lim farishtasining qo‘liga chiqadi va masofada turgan farshitalar bir ong ham ruhni o‘lim farishtasining qo‘lida qoldirmasdan olib kafanlashadi va xushbo‘y moy bilan moylashadi; ushub farishtalar 1-qavat osmon tomon ko‘tarilishadi va yo‘lda ularni uchratgan farishtalar jamoasi bu kimning ruhi ekan-ki, bunday xushbo‘y hid kelayapti deb so‘rashadi va ularga bu falonchining o‘g‘li falonchi ruhi deb bu dunyoda ushubu insonni maqtab aytilga nomlar bilan olib chiqishadi. 1-osmon darvozalariga kelishganda, qo‘riqchilar kimligini surishtirib qo‘yishadi va shu kabi vaziyatlar boshqa barcha qavat osmonlarda davom etadi; 7-qavat osmonga yetib kelingandan keyin Alloh bu bandamning amal kitobini “Illiyyun” kitobiga yozinglar deydi (Mutaffifun, 18-21); Shundan so‘ng bu ruh yerga qaytariladi (Ahmad-19038). Imonsiz kishining vafot etishi borasida: Biron-bir imonsiz insonning vafot etish vaqti kelganda yuzlari qoramtir farishtalar tushishadi; Ular o‘zlari bilan dag‘al tikanli kafan olib kelishadi va o‘limini kutayotgan insonning ko‘zi ko‘ra oladigan masofada turishadi; o‘lim farishtasi kelib ushbu insonning bosh tomoniga turib ey razil ruh, Allohning g‘azabi tomon chiq deb buyruq beradi; ruh insonning jasadi bo‘yicha tarqalib ketadi va o‘lim farishtasi bu ruhni jasaddan xuddi ho‘l jungdan tikanak yulib olingandek sug‘urib oladi va masofada turgan farshitalar bir ong ham ruhni o‘lim farishtasining qo‘lida qoldirmasdan olib dag‘al kafanga o‘rashadi; ushub farishtalar 1-qavat osmon tomon ko‘tarilishadi va yo‘lda ularni uchratgan farishtalar jamoasi bu kimning ruhi ekan-ki, bunday badbo‘y hid kelayapti deb so‘rashadi va ularga bu falonchining o‘g‘li falonchi ruhi deb bu dunyoda ushubu insonni yomonlab aytilga nomlar bilan olib chiqishadi. 1-osmon darvozalariga kelishganda qo‘riqchi farishtalar osmon darvozalaridan o‘tishni ta’qiqlaydilar (A’rof, 40); keyin Alloh bu bandamning amal kitobini “Sijjin” kitobiga yozinglar deydi (Mutaffifun, 7-9); Shundan so‘ng bu ruh yerga qaytarilmaydi, balki osmondan uloqtiriladi (Haj, 31) Ahmad-19038. Barzax hayoti borasida noan’anaviy islom vakillari ham o‘z fikrlarini bildirishgan. Mu’tazilalar, jahmiylar, shuningdek ularga bu borada ergashgan guruhlar, qabr hayotini hamda u yerda beriladigan mukofot va azobni, aqidaviy masalalarda “ohod” hadislar inobatga olinmasligi borasida ishlab chiqgan qoidalariga asoslanib inkor qiladilar. Ahlu-s-sunna vakillarining fikrlariga ko‘ra, aqida masalalarida “ohod” hadislarni qabul qilish lozimligi borasida lozim dalillarni keltirib, bu bahsda asoslangan xujjatlarni keltirganliklarini boshqa mavzularda kko‘rish mumkin. Ushbu bahslar borasida alohida to‘xtalib o‘tirishning xojati yo‘q. O‘quvchi bu mavzuni mustaqil o‘rgaib chiqsa ham bo‘ladi. Ahlu-s-sunna vakillari qabrda bo‘ladigan holatlarni ham payg‘ambardan kelgan ishonchli hadislarga asoslanib tavsiflab berganlar: Xoh imonli, yo fosiq, yoki imonsiz banda bo‘lsin barcha inson qabirga qo‘yilganda, qabr uni siqishi muqarrarligi borasida sahobiy Sa’d ibn Muoz haqida payg‘ambardan kelgan xabar dalolat hisoblanadi. (Ahmad-25400). Olimlar ushub siqish imonlilar uchun, ona bag‘riga o‘z bolasini bosib siqqandek bo‘lishligini, ammo fosiq va imonsizlarning qabr siqishida qovurg‘alar bir-biriga kirib ketishligini aytib o‘tganlar; Inson qabrga qo‘yilgach, uning yaqinlari qabrdan uzoqlashishlari tovushini eshtishlik va ikki farishtaning (Munkar va Nakir) kelishligi payg‘ambar hadislarida aytib o‘tilgan (Termiziy-1071); Ushbu ikki farishta qabrga qo‘yilgan inson oldiga kelishgandan so‘ng 3 savol: robbi kimligi, qaysi dinda ekanligi va unga yuborilgan payg‘ambar kimligi haqida so‘raladi; Imonli inson yuqoridagi savollarga to‘liq javob bergandan keyin osmondan bir tovush eshtiladi. Mening bandam to‘g‘ri gapirdi, unga jannatdagi to‘shakdan o‘rin tayinlanglar va qabri tomon jannatdan eshik ochib qo‘yinglar deyiladi. Imonsiz inson yuqoridagi savollarga javob bera olmaganda keyin osmondan bir tovush eshtiladi. Mening bandam yolg‘on gapirdi, unga do‘zax to‘shagidan o‘rin tayinlanglar va qabri tomon do‘zaxda eshik ochib qo‘yinglar deyiladi (Ahmad-19038). Download 405.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling