1-Mavzu: Jahon iqtisodiyoti to’g’risida tushuncha va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko’rinishlari va xususiyatlari


Jahon xo’jaligining rivojlanishi to’g’risidagi ilmiy kontseptsiyalar


Download 0.81 Mb.
bet3/7
Sana20.12.2022
Hajmi0.81 Mb.
#1034242
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Mavzu Jahon iqtisodiyoti to’g’risida tushuncha va xalqaro iqt

1.4. Jahon xo’jaligining rivojlanishi to’g’risidagi ilmiy kontseptsiyalar


To’lig’icha jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga bag’ishlangan ilmiy nazariyalar mavjud emas. Ammo jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilgan ko’psonli iqtisodiy, sotsiologik va ijtimoiy-madaniy nazariyalar mavjud. Ushbu nazariyalarga quyidagi rivojlanish nazariyalarini kiritish mumkin:
Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari nazariyalari.
YAgona industrial va yangi industrial jamiyat nazariyasi.
Postindustrial jamiyat nazariyalari.
YAgona tsivilizatsiya va tsivilizatsiyalar to’qnashuvi nazariyalari.
— TSivilizatsiyalar to’qnashuvi nazariyasi.
Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari nazariyalari. Amerikalik iqtisodchi, sotsiolog va tarixchi Uolt Rostou 1960 yilda "Iqtisodiy o’sish bosqichlari: nokommunistik manifest" deb nomlangan kitobida iqtisodiy o’sish bosqichlari nazariyasini yaratdi. Unda iqtisodiy o’sishning quyidagi besh bosqichi ajratib ko’rsatiladi:
— an’anaviy jamiyat;
— o’sish uchun shart-sharoitlarni yaratish bosqichi;
— o’sish (siljish, ko’tarilish):
— etuklikka intilish bosqichi;
— yuqori ommaviy iste’mol davri.
Iqtisodiy o’sish bosqichlarini ajratishda, odatda, quyidagi mezonlardan foydalanildi: texnikaning rivojlanish darajasi, iqtisodiyotning tarmoq tarkibi, jamg’armaning milliy daromaddagi ulushi, iste’mol tarkibi va x.k.
An’anaviy jamiyatda (feodalizm davrigacha) aholining 75% dan ortig’i oziq-ovqat ishlab chiqarish bilan band bo’ladi. Ikkinchi bosqich ko’tarilish davriga o’tish bosqichi xisoblanadi: qishloq xo’jaligi, transport va tashqi savdo kabi sanoat tarmog’i xisoblanmagan sohalarda sezilarli o’zgarishlar yuz beradi. Uchinchi bosqich - ko’tarilish bosqichi xisoblanib, ikki yildan bir necha o’n yilliklarni o’z ichiga oladi (sanoat to’ntarishi). Ushbu davrda investitsiyalar hajmi oshadi, maxsulot ishlab chiqarish hajmining aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi miqdori ortadi va yangi texnika, texnologiyalarni ishlab chiqarishga tezda joriy etish boshlanadi.
U.Rostou yetuklikka qarab xarakatlanish davrini (industrial jamiyat) texnik taraqqiyotning uzoq davom etadigan bosqichi sifatida tavsiflaydi: urbanizatsiya jarayoni chuqurlashadi, malakali mehnat ulushi oshadi, sanoatdagi raxbarlik malakali boshqaruvchi menejerlar qo’lida to’planadi. Beshinchi bosqichda (yuqori ommaviy iste’mol) taklifdan talabga, ishlab chiqarishdan tovar va xizmatlarni ommaviy iste’mol etishga qarab siljish ro’y beradi. U.Rostou '"Siyosat va o’sish bosqichlari" (1971) asarida iqtisodiy o’sishning oltinchi bosqichini ham ko’rsatadi. Unga muvofiq insonning ma’naviy rivojlanishi birinchi o’ringa quyiladi va ushbu bosqich hayot sifatiga erishish bosqichi, deb ataladi.
YAgona industrial va yangi industrial jamiyat nazariyalari. YAgona industrial jamiyat nazariyasi frantsuz sotsiologi R.Aron nomi bilan bog’liq bo’lib, turli mamlakatlarda industriallashish jarayoni ular uchun yagona industrial jamiyatning shakllanishiga olib keladi, degan fikrga asoslanadi. Ushbu nazariyaga muvofiq texnik taraqqiyot nafaqat iqtisodiy qonunlarning amalda qo’llanilishini, balki qonunlarning mohiyatini ham modifikatsiyalaydi: mulkchilikning yetakchilik roli bekor qilinadi, iqtisodiy xokimiyat yirik korporatsiyalar qo’liga o’tadi, davlatning yordami bilan boylik va kambag’allik o’rtasidagi farq yo’qotiladi.
YAngi industrial jamiyat nazariyasi amerikalik iqtisodchi Dj.Gelbreyt tomonidan yaratilgan. U murakkab va takomillashgan texnikani amaliyotda qo’llash kapitalizmning qayta ichki rivojlanishiga ichki bozorni iste’mol tovarlari bilan to’ldirish, yaxshi tashkil etilgan xizmatlar tizimiga erishish va avvalgi ijtimoiy ziddiyatlarni yumshatish imkonini beradi, degan g’oyani isbotlashga xarakat qiladi. Uning fikricha, xozirgi kapitalizm iqtisodiy tizimi turlicha ikki sektor - "rejali tizim" va "bozor tizimi"ning majmuasidan iborat.
Postindustrial jamiyat nazariyasi. Amerikalik sotsiolog Daniel Bell fikriga ko’ra, postindustrial jamiyat quyidagi beshta belgi orqali tavsiflanadi:
tovarlar ishlab chiqarish tarmoqlaridan xizmatlar ko’rsatishga o’tish;
bandlar o’rtasida malakali mutaxassislar ulushi ortib borishi;
nazariy bilimlarning yetakchiligi;
texnik-iqtisodiy muhitning texnologiyalar ustidan nazorat o’rnatishga yo’naltirilishi;
yangi "intellektual texnologiyalar" bilan bog’liq qarorlar qabul qilish jarayonining ta’minlanishi.
D.Bell “industrializm” inqirozidan chiqish yo’lini “postindustrial tendentsiyalarni” rivojlantirish hamda madaniyat va din o’rtasidagi uzilgan aloqalarni tiklash orqali erishish mumkin d eb xisoblaydi.
Postindustrial jamiyat haqidagi g’oyalarning boshqa variantini amerikalik sotsiolog va futurolog A.Tofflerning superindustrializm nazariyasida ko’rish mumkin. U zamonaviy jamiyatda yuz berayotgan, murakkab va turli xil o’zgarishlar jarayonlarini industrializmning falokati va "yangi tsivilizatsiya"ning dunyoga kelishi bilan bog’liq deb xisoblaydi. Bunday "o’tish davrini", u tarixiy rivojlanish jarayonida yuzaga keladigan "o’zgarishlar to’lqini" nazariyasi bilan tushuntiradi.
YAgona tsivilizatsiya haqidagi ijtimoiy-madaniy nazariyaning asosida barcha mamlakatlarning yagona siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tizim, ya’ni liberal demokratiyaga qarab asta-sekinlik bilan xarakatlanish g’oyasi yotadi. Ushbu nazariyaning zamonaviy tarafdorlari bunday tizimga liberallashuv natijasida G’arb erishgan, boshqa mamlakatlar ham bunga erishadi va butun dunyo yagona jamiyatga aylanadi, deb ta’kidlashadi.
YAgona tsivilizatsiya nazariyasi. YAgona tsivilizatsiya nazariyasi jahon mamlakatlarini yagona jamiyatga birlashtiruvchi, ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni kuchaytirib chegaralarni yo’qotuvchi, tobora kuchayib borayotgan kuchga e’tibor qaratadi. Ushbu kuch iqtisodiyotlarni baynalminallash bo’lib, globallashuvga aylanadi va uning transmilliylashuvi hamda integratsiyalashuvi orqali namoyon bo’ladi. Bu modernizatsiyalashuv tufayli G’arbda dastlab vujudga kelgan xozirgi zamon industrial va postindustrial jamiyatlar uchun xos belgilar jahonning boshqa mamlakatlari uchun ham xos bo’ladi.
TSivilizatsiyalar to’qnashuvi nazariyasi amerikalik professor S.Xattingtonga tegishli bo’lib, unga muvofiq siyosiy va madaniy dunyo qiyofasi "sovuq urushdan" keyin yanada ko’p qutbli bo’ladi va quyidagi sakkiz asosiy tsivilizatsiyalardan tashkil topadi: G’arb, islom, induizm, xitoy, yapon, pravoslav, afrika va lotinamerika. Ushbu nazariyaga ko’ra oxirgi vaqtlarda jahon iqtisodiyotida G’arbning roli pasayib, Osiyo tsivilizatsiyalarining o’rni esa sezilarli darajada ortib boradi, TSivilizatsiyalar o’rtasida, avvalo tsivilizatsiyalar ichidagi aloqalar tsivilizatsiya markazi xisoblangan mamlakatlarga tomon tortilib, kuchayib boradi. Natijada istiqbolda dunyo yagona tsivilizatsiyadan emas, balki turli tsivilizatsiyalar yig’indisidan iborat bo’ladi hamda ular o’rtasida o’xshash va farqli jihatlar mavjud bo’ladi.
1.5. Jahon xo’jaligining globallashuvi
Globallashuv jarayoni zamonaviy jahon iqtisodiyotining muhim tendentsiyalaridan xisoblanadi. CHunki ushbu jarayon jahon iqtisodiyotida ro’y berayotgan boshqa tendentsiyalar kuchsiz namoyon bo’layotgan mamlakatlar iqtisodiyotida ham kuzatilmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyat qismi transmilliylashish, integratsiyalashish va industriallashish jarayonlariga kam jalb etilgan. SHu bilan bir vaqtda ushbu mamlakatlar jahon tovarlar, xizmatlar, kapital (asosan iqtisodiy yordam ko’rinishida), ishchi kuchi (eksporterlar sifatida) va texnologiyalar bozorining faol ishtirokchilari sanaladi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi - bu jahon iqtisodiyotining tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalarning yagona bozoriga aylanish jarayonidir. Ushbu jarayon jahon iqtisodiyoti shakllana boshlagan davrdan boshlangan.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi asosan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha rivojlanadi (1.5.1-rasm):
tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, intellektual mulk ob’ektlari xalqaro savdosi;
ishlab chiqarish omillarining xalqaro xarakati;
xalqaro moliyaviy operatsiyalar.



Qayd etib o’tilgan uch yo’nalish o’rtasidagi nisbat oxirgi yillarda sezilarli darajada o’zgarib bormoqda.
Jahon iqtisodiyotining globallashuv darajasi quyidagi ko’rsatkichlar yordamida ifodalash mumkin:
— xalqaro tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmi hamda uning
o’sish sur’atlari;
— to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi va dinamikasi.
— kapitalning xalqaro markazlashuv hajmi va dinamikasi;
— yirik, murakkab kompleks xalqaro investitsiya loyihalarining shu turdagi loyihalarning umumiy miqyosiga nisbatan hajmi va dinamikasining o’zgarishi;
— patentlar, litsenziyalar, nou-xau bilan bog’liq xalqaro operatsiyalar miqyosi;
— bank va boshqa kredit muassasalari xalqaro operatsiyalarining hajmi hamda dinamikasi;

Jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayoni quyidagi omillar ta’sirida rivojlanadi (1.5.3-rasm):
— iqtisodiy - xalqaro ishlab chiqarish va jahon savdosining globallashuvi;
— ijtimoiy - dunyo mamlakatlarida odatlarning birxillashishi,
milliy an’analarning kuchsizlanishi;
— siyosiy - davlat chegaralarining "shaffofligi", bir qutbli dunyoning shakllanishi;
— texnologik - transport va axborot uzatish vositalarining rivojlanishi;
— xalqaro - xalqaro iqtisodiy tashkilotlar rolining kuchayishi, xalqaro standartlarning joriy etilishi.
Jahon iqtisodiyotida globallashuv jarayoni unga teskari jarayon - iqtisodiy faoliyatning hududiy integratsiyalashuv jarayoni bilan birga kechmoqda. Ushbu jarayon cheklangan miqyosda, tovarlar va ishlab chiqarish omillarining erkin xarakatiga asoslangan mamlakatlar guruhini qamrab oladi.
Hududiy integratsiyalashuv, bir tomondan, turli mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan birlashish jarayonini rag’batlantirsa, ikkinchi tomondan, alohida iqtisodiy guruhlar o’rtasida qarama-qarshilik va raqobatni kuchaytirish orqali jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonini sekinlashtiradi.


Globallashuv jarayoni iqtisodiy faoliyatning liberallashuvini — xalqaro savdo, xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya operatsiyalariga qo’yiladigan cheklovlarni qisqartirish yoki bartaraf etishni taqozo etadi. SHu bilan bog’liq holda globallashuv va liberallashuv bitta jarayonning ikki tomoni xisoblanadi, ular o’rtasidagi qarama-qarshilik ushbu jarayon ichidagi qarama-qarshilikni aks ettiradi. Globallashuv jarayoni ichida turli iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, turli xo’jalik sohalari, sanoat va moliya guruhlari, tarmoqlar va mamlakatlarning manfaatlari to’qnash keladi.
Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyoti uchun quyidagi salbiy oqibatlarni yuzaga keltirishi mumkin:
globalllashuv milliy va jahon iqtisodiy rivojlanishining beqarorligi va notekisligini kuchaytiradi. Ushbu holat milliy xo’jalik majmualarining global bozor sharoitlarida samarali faoliyat yurita olmaydigan eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarish bo’g’inlariga bo’linishi bilan bog’liq;
globallashuv davlatning makroiqtisodiy darajada tartibga solish rolini sezilarli darjada cheklaydi va davlatning ichki, tashqi iqtisodiy aloqalarga ta’sir ko’rsatishning an’anaviy dastaklarini o’zgartirib yuboradi;
globalashuv ishlab chiqarish va iste’molda salbiy tashqi omillarning ommaviy tarqalishiga olib keladi. TMKlarning global jahon bozorlariga chiqishi va globallashuv jarayonidan foyda olishga intilishi borasidagi kuchli raqobat ularning atrof-muhitni ifloslantiruvchi ishlab chiqarish yoki sog’liq uchun zararli transgen maxsulotlarni yaratish kabi jamiyat uchun zararli faoliyat bilan shug’ullanishlariga olib keladi.
Demak, globallashuv - bu ob’ektiv, murakkab va ziddiyatli jarayon bo’lib, uning asosini jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv, transmilliylashuv va baynanmilallashuv jarayonlari tashkil etadi.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling