1-Mavzu: Jahon iqtisodiyoti to’g’risida tushuncha va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko’rinishlari va xususiyatlari


Xalqaro mehnat taqsimoti va uning shakllari


Download 0.81 Mb.
bet4/7
Sana20.12.2022
Hajmi0.81 Mb.
#1034242
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Mavzu Jahon iqtisodiyoti to’g’risida tushuncha va xalqaro iqt

1.6. Xalqaro mehnat taqsimoti va uning shakllari.
Xalqaro mehnat taqsimoti davlatlar o’rtasida mehnatning ijtimoiy-hududiy taqsimotining darajasi hisoblaniadi. U alohida davlatlar ishlab chiqarishlarining ixtisoslashuviga asoslanadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) butun dunyodagi mamlakatlarning iqtisodiy o’zaro hamkorlik qilishlarining asosi hisoblanadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishining asosiy yo’nalishi xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasining kengayishi bo’ldi.
Xalqaro kooperatsiya (XK) va xalqaro ixtisoslashuv (XI) xalqaro mehnat taqsimotining shakllari bo’lib, uning mohiyatini namoyon qiladilar.
Turli davlatlar korxonalarining ma’lum bir tovarga ixtisoslashuvi zamonaviy ITI bilan bog’liq. Ishlab chiqarishning texnilogik tizimining murakkablashib borishi bilan tayyor maxsulotda ishlatiladigan detallar ko’paydi. Masalan: yengil avtomobilda 20 minggacha, prokat dastgohlarida 100 minggacha, elektrovozlarda 250 minggacha detal ishlatiladi.
Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi (XII) ikkita yo’nalish - ishlab chiqarish va hududiy yo’nalish bo’yicha rivojlanmoqda. O’z navbatida ishlab chiqarish yo’nalishi: a) sohalararo; b) davlatlar guruhi; v) alohida korxonalarning ixtisoslashuviga bo’linadi.
Hududiy xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi: a) alohida davlatlar; b) davlatlar guruhi; v) hududlarning jahon bozori uchun ma’lum tovarlar va ularning qismlari uchun ishlab chiqarish ixtisoslashuviga bo’linadi.
Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvining asosiy turlariga: 1) predmetli (maxsulot ishlab chiqarish); 2) detalli (maxsulotni tashkil qiluvchilarni ishlab chiqarish); 3) texnologik yoki bosqichli (ya’ni alohida texnologik jarayonlarni amalga oshirish. Masalan: yig’ish, bo’yash va h.k.) ixtisoslashish kiradi.
Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi - Xalqaro mehnat taqsimotining dinamik shaklidir. 50-60-yillarda boshlang’ich sohalarda (avtomobilsozlik, aviasozlik, plastmassa ishlab chiqarish va hk.) ixtisoslashish oldingi o’rinda edi. 70-80-yillarda soha ichidagi XII ilg’or o’rinda edi.
Xalqaro mehnat taqsimotining boshqa bir shakli - xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasidir.Uning ob’ektiv asosi bo’lib, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining o’sib borayotgan darajasi, hamda mamlakat ichida yoki tashqarisida ro’y berishidan qat’iy nazar mustaqil korxonalar o’rtasidagi barqaror ishlab chiqarish aloqalari jarayoni hisoblanadi.
ITI ishlab chiqarish kooperatsiyasiga muhim element - ilm-fanni qo’shib, uning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shdi.
Ishlab chiqarish kooperatsiyasi ma’lum bir munosabatlar tizimi sifatida faoliyatning sohasi va hamkorlikning usuli hisoblanadi.
Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi o’zining rivojlangan shakllarida hamkorlikning turli sohalarini qamrab oladi.
Ishlab chiqarish-texnologik hamkorlik. Ular: a) litsenziyalar berish va mulkchilik huquqlaridan foydalanish; b) loyiha konstruktorlik hujjatlarini, texnologik jarayonlarni, maxsulotning texnik darajasi va sifatini, qurilish va montaj ishlari, kooperatsiyalashgan korxonalarni zamonaviylashtirishni ishlab chiqish va moslashtirish; v) ishlab chiqarishni boshqarish, standartlashtirish, unifikatsiyalash, sertifikatsiyalashni takomillashtirish, ishlab chiqarish dasturlarini taqsimlash.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling