1-Mavzu: Jahon iqtisodiyoti to’g’risida tushuncha va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko’rinishlari va xususiyatlari


Download 0.81 Mb.
bet1/7
Sana20.12.2022
Hajmi0.81 Mb.
#1034242
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Mavzu Jahon iqtisodiyoti to’g’risida tushuncha va xalqaro iqt


Kirish


XX asrning ikkinchi yarmida jahon xo’jaligini faoliyatining o’ziga xos tomonlaridan biri xalqaro iqtisodiy munosabatlarning jadal ravishda rivojlanib borishidir. Jahon xo’jaligida davlatlar guruhlari va iqtisodiy guruhlar, alohida firma va tashkilotlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tobora kengayib, chuqurlashib bormoqda. Bu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va xo’jalik hayotining baynalminallashuvida, ularning bir-biriga bog’liqligi va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bo’lmoqda.
Shunisi xarakterliki, o’zaro hamkorlik va yaqinlashish jarayonlari qarama-qarshi, dialektik xarakterga ega. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning dialektikasi shundaki, ayrim mamlakatlarning iqtisodiy mustaqillikka, milliy xo’jalikni mustahkamlashga intilishi, oqibat natijada jahon xo’jaligini yanada ko’proq baynalminallashuviga, milliy iqtisodiyotning ochiqligiga, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar predmeti ikki asosiy qismdan, ya’ni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning o’zi va uni amalga oshirish mexanizmidan iboratdir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar o’z ichiga alohida mamlakatlarni, ularning mintaqaviy birlashmalarini, shuningdek alohida korxonalarning (transmilliy, ko’pmilliy korporatsiyalarni) jahon xo’jaligi tizimidagi bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan iqtisodiy munosabatlarining majmuini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmi esa o’z ichiga huquqiy me’yorlarni va ularni amalga oshirish vositalarini (xalqaro iqtisodiy shartnomalar, kelishuvlar, «kodekslar», hartiyalar va h.k.), xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish maqsadida amalga oshirishga yo’naltirilgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning faoliyatini oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM) tizimiga quyidagilar kiradi:
1 Xalqaro mehnat taqsimoti.
2 Xalqaro tovar va xizmatlar savdosi.
3 Xalqaro kapital va xorijiy investitsiyalar harakati.
4 Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi
5 Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari.
6 Xalqaro iqtisodiy integratsiya.


Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (asosan savdo) jahon xo’jaligi vujudga kelmasdan oldin ham mavjud bo’lgan. Masalan: Yevropa davlatlari o’rtasidagi XIM, mintaqalar (Evropa-SHimoliy Afrika, Yevropa-YAqin SHarq va h.k.) o’rtasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Bu munosabatlar mintaqaviy xarakterga ega bo’lgan. Jahon xo’jaligining vujudga kelishi (XVIII asr oxiri va XIX asr boshlari) va rivojlanishi bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlar kengaydi va chuqurlashib, global xarakterga ega bo’ldi.1
Zamonaviy jahon xo’jaligi bu - bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonunlariga bo’ysinuvchi, o’zaro bog’liq bo’lgan milliy iqtisodiyotlar birlashmasi, global iqtisodiy organizmdir.
Prof. E.R.Maxmudov fikricha “Jahon iqtisodiyotini o’rganish predmeti bu hozirgi zamon jahon iqtisodiyoti (bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar, o’tish iqtisodiyoti mamlakatlari) asosiy tizimchalarining rivojlanish bosqichlari va jarayonlari hamda ularning asosiy iqtisodiy masalalarni hal etishdagi xususiyatlaridir”.


Jahon iqtisodiyotiga keng va tor ma’nolarda ta’rif berish mumkin2. Keng ma’noda jahon iqtisodiyoti - bu milliy iqtisodiyotlar yig’indisi sifatidagi tizim xisoblansa, tor ma’noda - bu milliy iqtisodiyotning tashqi dunyoga tovarlar, xizmatlar va iqtisodiy resurslar yetkazib beruvchi qismlarinigina qamrab oluvchi tizimdir. Jahon iqtisodiyotiga berilgan tor ma’nodagi ta’rif iqtisodiy nazariyadagi sotiladigan maxsulotlar va omillar tushunchasiga mos keladi. Amaliyotda keng ma’nodagi ta’rif ko’proq qo’llanilganligi bois ham keyingi matnlarda ushbu tushunchadan foydalanamiz. SHu bilan birga sotiladigan maxsulotlar va omillarga asoslangan xo’jalik aloqalari yuzlab milliy xo’jaliklarni "jahon iqtisodiyoti" deb, ataladigan bir tizimga birlashtirilishini e’tiborga olish lozim. SHuning sababdan ham jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar o’zaro bog’liqdir (1.2.1-rasm).



“Jahon iqtisodiyoti” tushunchasidan xalqaro iqtisodiyot tushunchasini farqlash lozim. Xalqaro iqtisodiyot deganda jahon iqtisodiyoti emas, balki xalqaro iqtisodiy munosabatlar nazariyasi tushuniladi.
Jahon iqtisodiyotining sub’ektlari. Jahon xo’jaligi tizimini sodda holda uning tarkibiy qismlari yoki asosiy qatnashchilari sub’ektlaridan iborat mexanizm ko’rinishida ifodalash mumkin. Ushbu sub’ektlarning asosiylari milliy iqtisodiyotlar, shuningdek, transmilliy korporatsiyalar (TMK), integratsion birlashmalar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar xisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotining asosiy sub’ekti sanaladi. Milliy iqtisodiyotlarga xos asosiy xususiyat shundaki, dunyoning aksariyat mamlakatlari iqtisodiy suverenitetni saqlab kelishmoqda. Globallashuv jarayoni tufayli tashqi bosimning kuchayishiga qaramasdan mamlakatlarda eng muhim iqtisodiy qarorlar tashqaridan emas, balki milliy xukumatlar tomonidan qabul qilinmoqda. SHuning uchun ham jahon iqtisodiyotini tahlil etishda sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda mavjud iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalariga tayanish lozim. SHunga qaramasdan milliy iqtisodiyotlarning jahon iqtisodiyotidagi ahamiyati pasayib bormoqda. Ba’zi integratsion birlashmalarda iqtisodiy suverenitet qarorlar qabul qilishning umumiy mexanizmi bilan uyg’unlashib ketayotir. Milliy iqtisodiyot doirasida (ayniqsa, kichik mamlakatlarda) iqtisodiy qarorlar qabul qilishda xukumat o’z kompaniya va fuqarolari talablaridan emas, balki (aksariyat hollarda) xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va xorijiy TMKlar talablaridan, manfaatlaridan kelib chiqishmoqda.
Avvallari u yoki bu mamlakatda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan milliy firmalar shug’ullanishgan va ular uchun mamlakat ichki bozori asosiy bozor xisoblangan. Ammo oxirgi o’n yillikda ularning ko’pchiligi TMKlar darajasiga ko’tarilishdi va butun dunyo ularning faoliyat (savdo, sanoat, moliya) yuritish maydoniga aylandi. Natijada TMKlar jahon iqtisodiyotining muhim mustaqil qismiga aylanishdi va ular hissasiga jahon yalpi ichki maxsulotining 1/5 - 1/4 qismi to’g’ri kelmoqda. TMKlarning aksariyat qismi o’z mamlakatlari ichki bozori uchun ishlashlariga qaramasdan globallashuv jarayonining xarakatlantiruvchi kuchi xisoblanishadi. Globallashuv jahonni yagona bozorga aylantirish vositasi sifatida TMKlar uchun manfaatli xisoblanadi, chunki ular ushbu bozorda eng kuchli xo’jalik sub’ektlari sanalishadi. SHu bilan birga TMKlarning manfaatlari doimo milliy iqtisodiyotlar manfaatlari bilan mos kelavermaydi. SHunga qaramasdan globallashuv jarayonining chuqurlashuvi natijasida TMKlarning jahon iqtisodiyotidagi o’rni va jahon xo’jaligining boshqa sub’ektlariga ta’siri ortib boradi.
TMKlar faoliyati natijasida aksariyat mamlakatlar iqtisodiyoti o’zaro birlashib, xalqaro hududiy iqtisodiy birlashmalarni tashkil etmoqda. Ushbu birlashmalar jahon xo’jaliginiig jiddiy mexanizmiga aylandi, ba’zilari, jumladan Yevropa Ittifoqi (EI) tashqi dunyoda o’z a’zolari nomidan faoliyat olib borishmoqda. Ammo ko’pchilik integratsion birlashmalar (EI va SHimoliy Amerika erkin savdo assotsiatsiyasidan (NAFTA) tashqari) o’z a’zolari milliy iqtisodiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatmaydi. Hozircha xalqaro iqtisodiy integratsiya jahonning nisbatan rivojlangan hududlarida muvaffaqiyatli amalga oshmoqda, boshqa hududlarda esa ushbu jarayon ularning rivojlanish darajasining ortishi bilan chuqurlashib boradi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning soni va ahamiyati tubdan oshdi. Ushbu tashkilotlarda jahon iqtisodiyotidagi ulushi katta mamlakatlar hal qiluvchi rolga ega. Boshqa mamlakatlar tovarlar, xizmatlar, kapital va texnologiya jihatdan qayd etib o’tilgan mamlakatlarga bog’liqligi sababli xalqaro tashkilotlarda ularning fikrini qabul qilishga majbur. SHu bilan bir vaqtda globallashuv jarayoni milliy iqtisodiyotlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning kuchayishiga olib kelmoqda. SHu sababli milliy iqtisodiyotlarning xalqaro tashkilotlarga a’zo bo’lishga intilishi kuchayib bormoqda va ushbu tashkilotlarga a’zolik ko’plab iqtisodiy muammolarni ko’ptomonlama kelishuvlar asosida hal etish imkonini beradi. Natijada xalqaro tashkilotlar jahon iqtisodiyotining (avvalo, rivojlanayotgan kichik va o’rta mamlakatlarga nisbatan) kuchli sub’ektlariga aylanib borishmoqda.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning muhim vazifalaridan biri - jahon iqtisodiyotining rivojlanishi to’g’risida statistik tahlillar tayyorlashdan iborat. Amaliyotda Xalqaro valyuta fondi (XVF) (World Economic Outlook), Jahon banki (World Development Report), UNCTAD (World Investment Report), Jahon savdo tashkiloti (JST) (World Trade Report) va boshqa tashkilotlarning nashrlari keng foydalaniladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati va shakllari. Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining xarakati bilan bog’liq. Ushbu bog’liqlik asosida xalqaro iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladi,
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - bu rezidentlar va norezidentlar o’rtasidagi xo’jalik munosabatlaridir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni shakllari bo’yicha guruhlash mumkin.
An’anaviy tarzda xalqaro tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk savdosi alohida shakl sifatida ajratiladi. Ishlab chiqarish omillarining xarakati xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xalqaro kapital xarakati, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi, texnologiyalarni xalqaro uzatish kabi shakllari asosida yotadi.
Kapital, mehnat va texnologiyadan tashqari boshqa iqtisodiy resurslardan biri xisoblangan tabiiy resurslar xarakatchan emasligi bois, jahon xo’jalik aloqalarida qazib chiqarilgan va ular asosida tayyorlangan maxsulotlarning xalqaro savdosi orqali qatnashadi. Tadbirkorlik qobiliyati omili esa, odatda, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalar bilan birgalikda xarakatlanadi, shu sababdan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning alohida shakli sifatida qatnashmaydi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning keyingi shakli xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlari xalqaro savdo hamda ishlab chiqarish omillarining xalqaro xarakati xosilasi xisoblansa-da, jahon xo’jaligida alohida ahamiyatga ega mustaqil iqtisodiy munosabatlar sifatida tan olingan.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling