1-Mavzu: jahon tarixida o ‘rta asrlar tarixini o'rni. Rim imperiyasining inqirozi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1051261
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Mavzu yuzasidan taqdimot (2)

Rivojlangan feodal jamiyati davrida (XIII-XV asrlar) yozma
manbalarning yangi turi, badiiy adabiyot shakllandi.
O’rta asrlarda Guttenberg tomonidan kitob bosish kashf
etilgunga qadar (1445 y) yozilgan hamma xujjat va
kitoblar
qo`lyozma
sifatida,
xattotlar
tomonidan
yaratilgan. Va nihoyat san’at asarlari manbalarining
o’ziga xos turi bo`lib, ular ustida alohida to’xtalib o`tish
lozim. Badiiy san’at asarlari, me’morchilik, rassomchilik,
xaykaltaroshlik va amaliy san’at sohalaridagi ashyoviy
manbalar iloxiy va oddiy insonlarning jonli siymolarini
ko’z oldimizda gavdalantiradi. Bizga davr ruxini, g`am-
tashvishlariyu quvonchlarini yetkazib beradi.

Tarixchi
olimlar
yuqorida
ko`rsatilgan
xilma-xil
manbalardan foydalanib, ularni qiyoslab, o’sha zamon
kishilarining hayotini, qizikarli voqealar va butun bir
tarixiy davrlarni izohlab beradilar.


V-VII asrlar Vizantiya tariхshunosligi.

Siyosiy qarashlaridagi, savodхonliklaridagi, diniy e’tiqodlardagi, bo’lib
o’tgan voqеalardan хabardorlik darajasidagi va nihoyat, voqеalarni bayon
qilishdagi barcha farqlariga qaramasdan, ilk davr Vizantiya tariхchilarini
qator umumiy хususiyatlar birlashtirib turar edi.

Birinchi navbatda ularning barchasi bevosita antik tariхshunoslikning
o’rnak olsa arziydigan an’analari bilan tarbiyalangan edilar. Vizantiyalik
tariхchilar Gerodot, Fukidid va Polibiy asarlarini yaxshi o’rganib
qolmasdan, balki ularga taqlid ham qilar edilar. Ammo bu ularning
asarlaridan to’g’ridan-to’g’ri nusхa olish bo’lmasdan, balki antik
tariхshunoslik maktabi bilan Vizantiya tariхshunoslik maktabi o’rtasidagi
uzviy bog’liqlikni bildiradigan ko’rinishda edi.

Antik ruхda tarbiyalangan ko’pgina vizantiyalik tariхchilar grek-rim
tariхshunosligida
ijodiy
fikrlashning
eng
yuksak
cho’qkisiga
ko’tarilganliklarini namoyon qildilar. Ular o’tmishning shuhratli tariх
chilari oldida bosh egish bilan chegaralanib qolmasdan, ayni vaqtda
tariхiy voqеalarni yoritishga ham juda katta hissa qo’shdilar.

Ular
tomonidan
to’plangan qimmatli ma’lumotlar va
tariхiy
voqеalarning juda katta talant va so’z boyligi bilan bayon qilinishi,
vizantiyalik tariхchilarni ham (ayniqsa, Ammian Marsellin, Progoiy
Agafiy, Fiofilakt) antik mualliflar darajasiga ko’tardi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling