1-Mavzu: jahon tarixida o ‘rta asrlar tarixini o'rni. Rim imperiyasining inqirozi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.56 Mb.
#1051261
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Mavzu yuzasidan taqdimot (2)

O’RTA ASRLAR TARIXINING PREDMETI

O’rta asrlar tarixining predmeti jahon xalqlari tarixidagi
quldorlik tuzumini hamda feodalizm davrini o’rganishdir.
O’rta asr Yevropasi tarixi Rim quldorlik imperiyasining
qulashidan
boshlanadi.
Bu
imperiya
ichki
qarama-
qarshiliklar
natijasida,
ya’ni quldorlik xo`jalikining
krizisi, sinfiy kurashning g`oyat keskinlashib ketganligi,
Italiyaning zaiflashib ketganligi hamda iqtisodiy va
siyosiy
aloqalarning
uzilib
ketganligi
natijasida,
shuningdek tashqi sharoitlar natijasida – varvarlarning
ommaviy hujum qilishi natijasida quladi. Varvarlar
imperiyani
bosib
olib
uning
xududida
bir
necha
qiro’lliklar tuzadi. Bu qiro’lliklar Yevropada keyinchalik
vujudga kelgan milliy davlatlarning ko`prigi bo`ladi.


Fanni
o’qitishdan
maqsad

“Jahon tarixining” qadimgi tarix davridan to
xozirgi zamon, eng yangi tarix davrigacha
bo’lib
o’tgan
siyosiy,
ijtimoiy-iqtisodiy,
madaniy va ma'rifiy soxalarda sodir bo’lgan
voqеa va xodisalar haqida , talabalarda
sivilizatsion yondashuv asosida tushuncha
xosil qildirish hamda bilim va ko’nikmalarni
shaqillantirishdan
iborat.
Ushbu maqsadga erishish yo’lida “Qadimgi
dunyo va o’rta asrlar tarixi”, “Yangi va eng
yangi tarix” hamda “Osiyo va Afrika
mamlakatlari tarixi”ni o’qitish jarayonida
ularning har biriga xos bo’lgan tarixiy
voqеalarga urg’u bеrib o’tish talab etiladi.



O’rta asrlar tarixi odatda uchta katta bo`limga bo`linadi

1. Ilk O’rta asrlar – V asrdan boshlab taxminan XI asr oxirlarigacha bo`lgan
davrni o’z ichiga oladi. Bu davr feodal tuzumining tashqil topishi, feodal
jamiyatining asosiy iqtisodiy xo’jayrasi bo`lgan feodal pomestesining
vujudga kelishi, feodallar tabaqalarining va feodal iyerarxiyasi deb atalgan
iyerarxiyaning tashqil topishi, O’rta asr feodal Yevropasida asosiy mafkuraviy
kuch bo`lgan katolik cherkovi ta’sirining butun G’arbiy Yevropaga yoyilishi
davridir.

2. O’rta asrlarning ravnaqi – XI-XV asr o’rtalarini o’z ichiga oladi. Bu davrda
feodal ishlab chiqarish usuli qishloqda to`la rivojlanibgina qolmay, balki sex
xunarmandchiligiga va o’ziga xos Shahar ijtimoiy tuzumiga ega bo`lgan O’rta
asr Shaharlari ham rivojlanib, muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu tuzumning
xususiyati Shaharlarning feodallar hukmronligidan ilk halos bo`lishi, erkin
Shahar deb atalgan Shaharlarning yoki respublika-Shaharlarning vujudga
kelishidir. O’rta asrlarning birinchi davridagi siyosiy tarqoqlikka qarama-
qarshi o`laroq, ikkinchi davrda markazlashgan yirik davlatlar tashqil topdi,
shu bilan birga qiro’l hokimiyatining obru-e`tibori oshdi, tabaqalar vakilligi
muassasalari vujudga keldi, tabaqali monarxiya deb atalgan monarxiyalar
tashqil topdi. Dehqonlarning feodalizm chiriy boshlaganligi oqibatida
ko`tarilayotgan kuchli qo’zgolonlari XIV va XV asrlardagi G’arbiy Yevropa
jamiyatini larzaga keltirdi, bu qo’zgolonlar ko`pincha Shaharlardagi pastki
tabaqa elementlar – plebeylar harakati bilan qo`shilib ketgan edi.



3. Keyingi O’rta asrlar – XVI asrni va XVII asr birinchi
yarmini o’z ichiga olib, bu davr feodalizmning chirishi
va feodalizm ichida kapitalizm elementlarining yetilishi
davridir. Asosan mustaqil ishlab chiqaruvchilarni ishlab
chiqarish
vositalaridan
mahrum
qilishdan,
ya’ni
mehnatkashlarning
ishlab
chiqarish
vositalarini
ekpulitatsiya
qilishdan
iborat
bo`lgan
dastlabki
jamg`arish
davri
deb
atalgan
davrdir.
Yevropa
reformasiyasi deb atalgan davrdir, dehqonlarning XIV va
XV
asrlardagiga
qaraganda
yanada
kuchliroq
qo’zgolonlari
(dehqon
urushlari)
va
ilk
burjua
inqiloblari davridir.
Bu davrda Yevropada davlatning
asosiy
siyosiy
formasi
absolyutizm
bo`lib,
bu
absolyutizm xalq ommasining kurashini bostirish uchun
markazlashgan
hokimiyatning
kuchayishidan
manfaatdor bo`lgan dvoryanlarga tayanar edi hamda
hokimiyatni to`g`ridan – to`g`ri
o’z qo`liga olish
uchun
xalq
yetarli
darajada
kuchli
bo`lmagan
burjuaziya bilan ham ittifoqda edi.


Tarixiy manbalarning tarixiylik
ahamiyati

Tarixiy manbalar deganda biz inson faoliyati yoki uning
ta’siri natijasida yaratilgan barcha ashyolarni tushunamiz.
Jahondagi ko`pgina tarix muzeylarida O’rta asrlar davriga
oid yodgorliklar, mehnat quro’llari, qurol-yarog`lar, tanga-
chaqalar, qiyim–kechaklar,
uy jihozlari va idishlar
saqlanmoqda. Xozirgi kunga qadar Yevropa, Osiyo, Afrika va
Amerikaning ko`xna Shaharlarida feodalizm davriga oid
ko`plab
uy – joylarni, butun-butun mahallalarni, qal’a
devorlari
va
minoralarni,
ajoyib
ibodatxonalari,
me’morchilik san’atining boshqa durdonalarini ko`rishimiz
mumkin.

Ashyoviy manbalarning naqadar muhim ahamiyatga ega
ekanligini albatta inkor etib bo`lmaydi. Lekin shu bilan
birgalikda biz feodal jamiyat tarixini, madaniyatini,
xalqning ahvoli va turmushini o’rganishni yozma tarixiy
manbalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Bu xildagi manbalar
dunyodagi barcha mamlakatlar hujjatxonalarida – arxivlarda
saqlanmoqda.


O’rta asrlar tarixiga oid yozma 
manbalarni uch turga bo’linadi

1-Tarixiy yilnoma va qissalar. Ularda ko`pincha
siyosiy voqealar o’z aksini topgan bo`lib, xalqning
kundalik hayoti nisbatan kam tasvirlangan.

2-Xujjatlar Ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va siyosiy
hayotni yurituvchi xujjatlar, shuningdek jarimalar,
soliqlar, boshqaruv va sud faoliyatlari bilan
bog`liq bo`lgan yozma manbalardan tashqil
topgan.

3-Qonunchilik
bilan
bog`liq
manbalar.
Ular
tuzilishi
jihatidan
huquqshunoslikka
oiddir.
Feodalizm
davridagi
mavjud
qonunlarga
imperator,
podsho
yoki
qiro’llar
tomonidan
ko`plab
o’zgartirishlar
kiritilgan,
ularning
hukmronligi faoliyatiga oid yozma manbalar ham
shular jumlasiga kiradi.




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling