1-Mavzu: jahon tarixida o ‘rta asrlar tarixini o'rni. Rim imperiyasining inqirozi
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu yuzasidan taqdimot (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rta asrlar tarixi odatda uchta katta bo`limga bo`linadi
O’RTA ASRLAR TARIXINING PREDMETI
O’rta asrlar tarixining predmeti jahon xalqlari tarixidagi quldorlik tuzumini hamda feodalizm davrini o’rganishdir. O’rta asr Yevropasi tarixi Rim quldorlik imperiyasining qulashidan boshlanadi. Bu imperiya ichki qarama- qarshiliklar natijasida, ya’ni quldorlik xo`jalikining krizisi, sinfiy kurashning g`oyat keskinlashib ketganligi, Italiyaning zaiflashib ketganligi hamda iqtisodiy va siyosiy aloqalarning uzilib ketganligi natijasida, shuningdek tashqi sharoitlar natijasida – varvarlarning ommaviy hujum qilishi natijasida quladi. Varvarlar imperiyani bosib olib uning xududida bir necha qiro’lliklar tuzadi. Bu qiro’lliklar Yevropada keyinchalik vujudga kelgan milliy davlatlarning ko`prigi bo`ladi. Fanni o’qitishdan maqsad – “Jahon tarixining” qadimgi tarix davridan to xozirgi zamon, eng yangi tarix davrigacha bo’lib o’tgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma'rifiy soxalarda sodir bo’lgan voqеa va xodisalar haqida , talabalarda sivilizatsion yondashuv asosida tushuncha xosil qildirish hamda bilim va ko’nikmalarni shaqillantirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo’lida “Qadimgi dunyo va o’rta asrlar tarixi”, “Yangi va eng yangi tarix” hamda “Osiyo va Afrika mamlakatlari tarixi”ni o’qitish jarayonida ularning har biriga xos bo’lgan tarixiy voqеalarga urg’u bеrib o’tish talab etiladi. O’rta asrlar tarixi odatda uchta katta bo`limga bo`linadi 1. Ilk O’rta asrlar – V asrdan boshlab taxminan XI asr oxirlarigacha bo`lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davr feodal tuzumining tashqil topishi, feodal jamiyatining asosiy iqtisodiy xo’jayrasi bo`lgan feodal pomestesining vujudga kelishi, feodallar tabaqalarining va feodal iyerarxiyasi deb atalgan iyerarxiyaning tashqil topishi, O’rta asr feodal Yevropasida asosiy mafkuraviy kuch bo`lgan katolik cherkovi ta’sirining butun G’arbiy Yevropaga yoyilishi davridir. 2. O’rta asrlarning ravnaqi – XI-XV asr o’rtalarini o’z ichiga oladi. Bu davrda feodal ishlab chiqarish usuli qishloqda to`la rivojlanibgina qolmay, balki sex xunarmandchiligiga va o’ziga xos Shahar ijtimoiy tuzumiga ega bo`lgan O’rta asr Shaharlari ham rivojlanib, muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu tuzumning xususiyati Shaharlarning feodallar hukmronligidan ilk halos bo`lishi, erkin Shahar deb atalgan Shaharlarning yoki respublika-Shaharlarning vujudga kelishidir. O’rta asrlarning birinchi davridagi siyosiy tarqoqlikka qarama- qarshi o`laroq, ikkinchi davrda markazlashgan yirik davlatlar tashqil topdi, shu bilan birga qiro’l hokimiyatining obru-e`tibori oshdi, tabaqalar vakilligi muassasalari vujudga keldi, tabaqali monarxiya deb atalgan monarxiyalar tashqil topdi. Dehqonlarning feodalizm chiriy boshlaganligi oqibatida ko`tarilayotgan kuchli qo’zgolonlari XIV va XV asrlardagi G’arbiy Yevropa jamiyatini larzaga keltirdi, bu qo’zgolonlar ko`pincha Shaharlardagi pastki tabaqa elementlar – plebeylar harakati bilan qo`shilib ketgan edi. 3. Keyingi O’rta asrlar – XVI asrni va XVII asr birinchi yarmini o’z ichiga olib, bu davr feodalizmning chirishi va feodalizm ichida kapitalizm elementlarining yetilishi davridir. Asosan mustaqil ishlab chiqaruvchilarni ishlab chiqarish vositalaridan mahrum qilishdan, ya’ni mehnatkashlarning ishlab chiqarish vositalarini ekpulitatsiya qilishdan iborat bo`lgan dastlabki jamg`arish davri deb atalgan davrdir. Yevropa reformasiyasi deb atalgan davrdir, dehqonlarning XIV va XV asrlardagiga qaraganda yanada kuchliroq qo’zgolonlari (dehqon urushlari) va ilk burjua inqiloblari davridir. Bu davrda Yevropada davlatning asosiy siyosiy formasi absolyutizm bo`lib, bu absolyutizm xalq ommasining kurashini bostirish uchun markazlashgan hokimiyatning kuchayishidan manfaatdor bo`lgan dvoryanlarga tayanar edi hamda hokimiyatni to`g`ridan – to`g`ri o’z qo`liga olish uchun xalq yetarli darajada kuchli bo`lmagan burjuaziya bilan ham ittifoqda edi. Tarixiy manbalarning tarixiylik ahamiyati Tarixiy manbalar deganda biz inson faoliyati yoki uning ta’siri natijasida yaratilgan barcha ashyolarni tushunamiz. Jahondagi ko`pgina tarix muzeylarida O’rta asrlar davriga oid yodgorliklar, mehnat quro’llari, qurol-yarog`lar, tanga- chaqalar, qiyim–kechaklar, uy jihozlari va idishlar saqlanmoqda. Xozirgi kunga qadar Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerikaning ko`xna Shaharlarida feodalizm davriga oid ko`plab uy – joylarni, butun-butun mahallalarni, qal’a devorlari va minoralarni, ajoyib ibodatxonalari, me’morchilik san’atining boshqa durdonalarini ko`rishimiz mumkin. Ashyoviy manbalarning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini albatta inkor etib bo`lmaydi. Lekin shu bilan birgalikda biz feodal jamiyat tarixini, madaniyatini, xalqning ahvoli va turmushini o’rganishni yozma tarixiy manbalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Bu xildagi manbalar dunyodagi barcha mamlakatlar hujjatxonalarida – arxivlarda saqlanmoqda. O’rta asrlar tarixiga oid yozma manbalarni uch turga bo’linadi 1-Tarixiy yilnoma va qissalar. Ularda ko`pincha siyosiy voqealar o’z aksini topgan bo`lib, xalqning kundalik hayoti nisbatan kam tasvirlangan. 2-Xujjatlar Ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va siyosiy hayotni yurituvchi xujjatlar, shuningdek jarimalar, soliqlar, boshqaruv va sud faoliyatlari bilan bog`liq bo`lgan yozma manbalardan tashqil topgan. 3-Qonunchilik bilan bog`liq manbalar. Ular tuzilishi jihatidan huquqshunoslikka oiddir. Feodalizm davridagi mavjud qonunlarga imperator, podsho yoki qiro’llar tomonidan ko`plab o’zgartirishlar kiritilgan, ularning hukmronligi faoliyatiga oid yozma manbalar ham shular jumlasiga kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling