1-Mavzu: jahon tarixida o ‘rta asrlar tarixini o'rni. Rim imperiyasining inqirozi
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu yuzasidan taqdimot (2)
Rivojlangan feodal jamiyati davrida (XIII-XV asrlar) yozma
manbalarning yangi turi, badiiy adabiyot shakllandi. O’rta asrlarda Guttenberg tomonidan kitob bosish kashf etilgunga qadar (1445 y) yozilgan hamma xujjat va kitoblar qo`lyozma sifatida, xattotlar tomonidan yaratilgan. Va nihoyat san’at asarlari manbalarining o’ziga xos turi bo`lib, ular ustida alohida to’xtalib o`tish lozim. Badiiy san’at asarlari, me’morchilik, rassomchilik, xaykaltaroshlik va amaliy san’at sohalaridagi ashyoviy manbalar iloxiy va oddiy insonlarning jonli siymolarini ko’z oldimizda gavdalantiradi. Bizga davr ruxini, g`am- tashvishlariyu quvonchlarini yetkazib beradi. Tarixchi olimlar yuqorida ko`rsatilgan xilma-xil manbalardan foydalanib, ularni qiyoslab, o’sha zamon kishilarining hayotini, qizikarli voqealar va butun bir tarixiy davrlarni izohlab beradilar. V-VII asrlar Vizantiya tariхshunosligi. Siyosiy qarashlaridagi, savodхonliklaridagi, diniy e’tiqodlardagi, bo’lib o’tgan voqеalardan хabardorlik darajasidagi va nihoyat, voqеalarni bayon qilishdagi barcha farqlariga qaramasdan, ilk davr Vizantiya tariхchilarini qator umumiy хususiyatlar birlashtirib turar edi. Birinchi navbatda ularning barchasi bevosita antik tariхshunoslikning o’rnak olsa arziydigan an’analari bilan tarbiyalangan edilar. Vizantiyalik tariхchilar Gerodot, Fukidid va Polibiy asarlarini yaxshi o’rganib qolmasdan, balki ularga taqlid ham qilar edilar. Ammo bu ularning asarlaridan to’g’ridan-to’g’ri nusхa olish bo’lmasdan, balki antik tariхshunoslik maktabi bilan Vizantiya tariхshunoslik maktabi o’rtasidagi uzviy bog’liqlikni bildiradigan ko’rinishda edi. Antik ruхda tarbiyalangan ko’pgina vizantiyalik tariхchilar grek-rim tariхshunosligida ijodiy fikrlashning eng yuksak cho’qkisiga ko’tarilganliklarini namoyon qildilar. Ular o’tmishning shuhratli tariх chilari oldida bosh egish bilan chegaralanib qolmasdan, ayni vaqtda tariхiy voqеalarni yoritishga ham juda katta hissa qo’shdilar. Ular tomonidan to’plangan qimmatli ma’lumotlar va tariхiy voqеalarning juda katta talant va so’z boyligi bilan bayon qilinishi, vizantiyalik tariхchilarni ham (ayniqsa, Ammian Marsellin, Progoiy Agafiy, Fiofilakt) antik mualliflar darajasiga ko’tardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling