1-mavzu. Jahon xo’jaligi va uning evolyusiyasi


O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jaligiga


Download 410.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana25.06.2023
Hajmi410.39 Kb.
#1654736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Kitob 3907 uzsmart.uz

5. O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jaligiga 
qo’shilishining xususiyatlari 
O’zbekiston o’zining mustaqilligini e’lon qilganidan keyin 
uning bevosita xalqaro bozorga kirishi jahon infrastrukturasi bilan
bog’lanishi ob’ektiv reallikga aylandi. Ammo, buning iqtisodiy va 
siyosiy suverenitetidan tashqari yana bir qator sharoitlari bo’lishi 
kerak. Birinchi navbatda iste’mol bozorini to’yintirib, so’mning 
qadr–qimmatini tiklab, asta–sekin respublikaning iqtisodiy va 
moliyaviy ahvolini sog’lomlashtirib borish kerak. Bu erda yana bir 
muhim 
muammolardan 
biri 
etishtirilgan 
qishloq 
xo’jalik 
mahsulotlarini qayta ishlashdir. Ma’lumotlarga ko’ra, mustaqillikka 
erishgunga qadar etishtirilgan paxtaning 90% dan ortiqrog’i tola 
shaklidagi xom ashyo sifatida eksport qilindi. Birgina Rossiyaning 
o’zida 10 mln.ga yaqin ishchi O’zbekiston paxtasini qayta ishlash 
sanoat korxonalarida ish bilan band bo’lgan. Bu degani O’zbekiston 
olishi mumkin bo’lgan milliy daromadning katta qismidan mahrum 
bo’lgan. Shuningdek qayta ishlash sohasining rivojlanmaganligi 
sababli etishtirilgan meva sabzavot mahsulotlarining 10% dan 40% 
gachasi iste’molchi dasturxoniga etib bormasdan nobud bo’lmoqda. 
Кeyingi yillarda O’zbekistonning chet mamlakatlar bilan 
iqtisodiy hamda ilmiy–texnik aloqalarni rivojlantirish yuzasida bir 
qator tadbirlar, qarorlar qabul qilindi. 
Respublikada paxta tolasi eksporti hajmi yildan yilga 
kamayib bormoqda. 1930 yilda O’zbekiston jahon bozoriga 
chiqarilgan tovarlarning 80% paxta tolasini tashkil etgan bo’lsa, 
1990 yilga kelib, ham eksportning 84,9% xom ashyo tolasini tashkil 
etgan bo’lsa bu ko’rsatkich 2007 yilga kelib 30,8% tashkil etdi. 
Chunki xom ashyo sotish jahon bozorida juda kam samara beradi.
Bozorda asosan tayyor mahsulot yuqori baholanadi. Eksport 
hajmini tayyor mahsulot hisobiga oshirish O’zbekistonga chet el 
investitsiyalarini ko’plab jalb etishni taqozo etadi. 
1997 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi juda ko’p 
xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni o’rnatdi. Shulardan, Xalqaro 


19 
Millatlar Tashkiloti, Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki, Evropa 
tiklanish va rivojlanish banki va boshqalar. 
O’zbekistonning iqtisodiy jihatdan rivojlanishida asosan chet 
el investisiyalarni kiritish asosiy o’rin tutadi. Faqat 1997 yilda 
ularning hajmi 1,1 mlrd. dollarni tashkil etgan bo’lsa 2008 yildan 
boshlab u 1,8 milliard O’zbekiston iqtisodiga AQSh dollari 
miqdorida investitsiya sarflandi.
O’zbekiston Respublikasining tovar va xizmatlar eksporti 
2006–2007 yillarda 127,4 foizga ko’payib 8991,5 mln. AQSh 
dollarini tashkil etdi. Qishloq xo’jaligining asosiy mahsuloti paxta 
tolasi eksporti shu yillarda 17,2 foizdan 12,5 foizga kamaydi.

Download 410.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling