1-mavzu. Jahon xo’jaligi va uning evolyusiyasi


 Кapitalning xalqaro integratsiyasi mohiyati


Download 410.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana25.06.2023
Hajmi410.39 Kb.
#1654736
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Kitob 3907 uzsmart.uz

3. Кapitalning xalqaro integratsiyasi mohiyati, 
turlari, dinamikasi 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Кarimov «Biz 
tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda iqtisodiyotimizga xorijiy 
sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay sharoit yaratishga juda 


12 
katta ahamiyat bermoqdamiz. Xorijiy sarmoyalarni jalb etish 
tadbirlarini amalga oshirishda quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 
birinchidan 
— tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada 
erkinlashtirish sohasida aniq maqsadni qo’zlab siyosat yuritish; 
ikkinchidan — respublika iqtisodiyotiga kapital mablag’ni 
keng jalb etishni ta’minlaydigan huquqiy, ijtimoiy–iqtisodiy va 
boshqa shart–sharoitlarni tobora takomillashtirish; 
uchinchidan 
— 
respublikaga 
jahon 
darajasidagi 
texnologiyani etkazib berayotgan, xalq xo’jaligini zamonaviy 
tarkibini vujudga keltirishayotgan xorijiy sarmoyadorlarga nisbatan 
eshiklarini ochib qo’yish siyosatini izchillik bilan o’tkazish; 
to’rtinchidan — mablag’larni respublika mustaqilligini 
ta’minlaydigan va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish bilan 
bog’liq bo’lgan eng muhim ustivor yo’nalishlarda jamlash»
3
, – 
degan edi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar sistemasi asosan o’z ichiga: 
— xalqaro savdoda tovar va xizmatlar xarajatini; 
— kapital xarakatini va chet el investitsiyalarini; 
ish kuchi migrasiyasi
— fan va texnika sohasidagi o’zaro aloqalarni; 
— valyuta kredit munosabatlarini oladi. 
Кapital asosan chetga chiqarish katta foyda olish maqsadida 
amalga oshiriladi. Chetga kapital chiqarish, agarda bu boshqa 
davlatlarda yuqori foyda normasini ta’minlasa amalga oshiriladi. 
Bunga asosiy sabab: 
a) agarda mamlakatlarda kapital jamg’arish darajasi ichki 
talabga nisbatan yuqori bo’lsa, bu kapital monopol foyda olish uchun 
o’z kapitallarini unga muhtoj bo’lgan va yuqori monopol foyda 
beradigan davlatga chiqaradi; 
b) talab va taklifni jahon xo’jaligi taraqqiyotiga mos 
kelmasligi davlatlarni notekis iqtisodiy taraqqiyotiga sabab bo’ladi. 
3
Кarimov I. O’zbekiston buyuk kelajaksari. Toshkent, «O’zbekiston», 1998 y. 
277–bet. 


13 
Shuning uchun ham kapitalni o’z iqtisodiyotlari taraqqiyotiga jalb 
qiluvchi davlatlar iloji boricha iqtisodga kirib kelayotgan 
kapitallarga to’liq shart–sharoitlar yaratadilar; 
v) kapitalni import qilayotgan davlatlarda xom ashyo, ishchi 
kuchi arzon bo’lsa, iste’mol bozori mavjud bo’lsa; 
g) ishlab chiqarishning integrasiyalanishuvi ham kapitallarni 
chetga chiqarishning asosiy sababi bo’ladi. 
Кapitalni chetga chiqarish quyidagi shakllarda amalga 
oshiriladi: 
1. To’g’ri investitsiya yoki sohibkorlik (ya’ni sanoat savdo va 
boshqa korxonalar bilan hamkorlikda ishlash); 
2. Portfeldagi investitsiya ya’ni chet el obligasiya va boshqa 
qimmatbaho qog’ozlarda; 
3. O’rta va uzoq muddatli xalqaro kreditlar yoki savdo 
korporasiyalari bank va boshqa moliyaviy tashkilotlarga qarz 
ssuda kapital berish shaklida; 
Portfeldagi investisiya yirik korporasiyalar davlat va xususiy 
banklar orqali chiqarilgan obligatsiyalari mablag’ bilan ta’minlash 
uchun chet el kapitalini jalb etishning eng asosiy manbaidir. Bunda 
yirik investisiya banklari vositachilik qiladilar. Bu investitsion 
obligasiyalarning 
harakati 
(sotilishi) 
ayrim 
mamlakatlarning 
to’layotgan foiz stavkasi normasining farqiga bog’liq. Urushdan 
keyingi davrda chetga kapital chiqarish shaklida sezilarli o’zgarishlar 
ro’y berdi. Chet el investisiyalarining jahon xo’jaligida notekis 
joylashganligini ta’kidlab o’tish zarur. Investisiyalarning ¾ qismi 
rivojlangan davlatlarga to’g’ri kelsa (bu erlarda foyda normasi 
yuqori) ¼ rivojlanayotgan davlatlarga sarflanmoqda. 

Download 410.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling