1-mavzu. Jahon xo’jaligining mohiyati va uning shakllanish bosqichlari reja
Download 21.9 Kb.
|
1 2
Bog'liq#1 ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
1-MAVZU. JAHON XO’JALIGINING MOHIYATI VA UNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI Reja: Jahon xo‘jaligini rivojlanish bosqichlari va tendensiyalari Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish xususiyatlari Tayanch iboralar: xalqaro iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirish mexanizmi, tashqi savdo kvotasi, baynalminallashuv, globallashuv. Jahon xo‘jaligi o‘zining vujudga kelishi va rivojlanishida uzoq va qiyin yo‘l bosib o‘tdi. Ayrim tadqiqotchilar uning vujudga kelishini Rim imperiyasi davri bilan bog‘lashadi (er.avv.gi II va eramizning I asrlari). Bunda ular Rim imperiyasini o‘sha vaqtdagi butunjahon xo‘jalik tizimi deb baholaydilar. Boshqa olimlar jahon xo‘jaligini faoliyat ko‘rsata boshlagan davrni XV-XVI asrlar, ya’ni buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar davri bilan bog‘laydilar. Aynan shu kashfiyotlar qimmatbaho toshlar, metallar, shirinliklar va qullar bilan xalqaro savdoning tez rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Ammo bu davrdagi jahon xo‘jaligi cheklangan bo‘lib, faqat savdogarlarning sarmoyalari ishlaydigan soha bo‘lgan edi xalos. Zamonaviy jahon xo‘jaligi sanoat inqilobidan keyin, kapitalning monopol bosqichiga o‘tishi davomida vujudga keldi. XXI asr bo‘sag‘asidagi jahon xo‘jaligi - o‘z miqyosiga ko‘ra globaldir; u to‘liq ravishda bozor iqtisodiyotining tamoyillari, xalqaro mehnat taqsimotining ob’ektiv qonuniyatlariga, ishlab chiqarishning baynalminallashuviga asoslanadi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi o‘n yilliklarda jahon xo‘jaligini rivojlanish yetakchi tendensiyalaridan biri, bu ko‘plab davlatlarning birin-ketin yopiq milliy xo‘jalikdan tashqi bozorga yuz tutgan iqtisodiy ochiq tipdagi xo‘jalikka o‘tishidir. Aynan ana shu davrda AQSh olimlari “Ochiq savdo”, “Ochiq iqtisodiyot” degan tezislar bilan chiqdilar. Bu avvalo jahon bozorida o‘z hukmronligini o‘tkazish bilan bog‘liq edi. Ikkinchi jahon urushidan g‘olib va yanada boyib chiqqan AQSh hukumati tomonidan yangi iqtisodiy tartib qo‘llanmalari taklif etildi. Bunday “erkin savdo” va “ochiq iqtisodiyot” tezislari hukmron iqtisodiyotning kamroq rivojlangan davlatlarga qarshi qaratilgan quroli, shuningdek amerika korporatsiyalarining tutib bo‘lmas ekspansiyaga intilishlari edi. Ammo urushdan keyingi yillarda dunyoda ijtimoiy-iqtisodiy holatning o‘zgara borishi bilan bog‘liq holda “Ochiq iqtisodiyot” haqidagi tezis amerika ekspansionizmining manfaatlariga yo‘naltirilganlikni yo‘qota borib, jahon xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi ma’nosini ola boshladi. Globallashuv jarayonlarining kengayishi jahon mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib keladi. Jumladan, globallashuv natijasida transmilliy korporatsiyalar, ularning turli ko‘rinishdagi xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib topishi va kengayishi, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o‘tishi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro‘y beradi. Umuman olganda, globallashuv jarayonlari jahon xo‘jaligining yaxlit iqtisodiy tizim sifatida rivojlanishida sifat bosqichi hisoblanib, yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Biroq, globallashuv jarayonini mutlaqlashtirish va unga bir tomonlama qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki, mazkur jarayon o‘zining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda ziddiyatli tomonlariga ham ega. Jahonning bir mamlakatida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi shulardan biri hisoblanib, bugungi kunda ro‘y berayotgan moliyaviy inqiroz ham aynan shu ma’noda globallashuv jarayonlarining oqibati hisoblanadi. Shunga ko‘ra, Prezidentimiz o‘z asarlarini bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashdan iborat ekanligidan boshlab, jahon moliyaviy inqirozining mazmun-mohiyati, kelib chiqish sabablariga batafsil to‘xtalib o‘tdilar. Bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashdan iborat.1 «Bu inqiroz Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. XX asrning oxirlarida boshlangan va hozirgacha davom etib kelayotgan bozorlarning globallashuvi, kapitallar xalqaro harakatining erkinlashtirilishi natijasida AQSh bozorlarida vujudga kelgan inqiroz dunyoning boshqa mamlakatlariga ham keng yoyildi. AQSh banklari va ipoteka agentliklarining qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilma qilingan xorijiy investorlar moliyaviy holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu o‘z navbatida dunyo mamlakatlari iqtisodiyotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. AQSh moliya bozorlaridagi inqiroz jahonning yirik fond bozorlaridagi kon’yunkturaga ta’sir qildi va bu o‘z navbatida mazkur bozorlardagi fond indekslarida (S&P, Dow-Jones, Nasdaq, FSE, CAC, DAX, Nikkei, Hang Seng, Shanhai composite, RS, MMVB va b.) o‘z aksini topdi. Global moliyaviy bozorning asosiy tarkibi va jahonning asosiy moliyaviy markazlari hisoblangan yirik fond bozorlarini o‘z ichiga oluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.2 Bunda iqtisodiyotning ochikligi, ya’ni ichki bozorning chet el kapitali, tovarlari, texnologiyalari, axborotlari, ishchi kuchining oqimi uchun aqlga to‘g‘ri keladigan darajada ochiqligi xam sabab buldi. Intensiv davlatlararo iqtisodiy aloqalarning hozirgi darajasi quyidagilarni ko‘rsatadi: jahon xo‘jaligida xalqaro mehnat taqsimoti darajasining chuqurligini; an’anaviy xalqaro tayyor mahsulotlar savdosi miqyoslarining kengayishi va xarakterining o‘zgarganligini (u ko‘p jihatdan milliy ishlab chiqarish jarayonlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat qila boshlaydi); kapital migratsiyasining intensivlashganligini; ilmiy-texnik bilimlar almashuvining tezlashganligi va shuningdek xizmatlar sohasining rivojlanganligini; ishchi kuchi migratsiyasining sezilarli darajada o‘sganligini (xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro xo‘jalikning baynalminallashuvining muhim qismi bo‘lib qolmoqda); davlatlar va mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonlarining tezlashishi va kengayishini. Sanoati rivojlangan davlatlarning savdo, ishlab chiqarish va kredit-moliya sohasida erishilgan yutuqlar darajasi jahon xo‘jaligining shakllanishini ko‘rinishi bo‘lib xizmat qiladi. Uning ishtirokchilari davlat chegaralarining mavjudligiga qaramay umumiy xo‘jalik tizimining tarkibiy qismi sifatida faoliyat ko‘rsatadilar. Xo‘jalik hayotining baynalminallashuvi tushunchasi ortida alohida davlatlarni global jahon majmuiga birlashtiruvchi ko‘p darajali jahon xo‘jalik aloqalari tizimining samarali ishlashi turadi. Baynalminallashuv alohida milliy iqtisodiy tizimlarning o‘sib borayotgan o‘zaro aloqa va o‘zaro bog‘liqligini xarakterlaydi. XX asrda ayirboshlashning baynalminallashuvi kapital va ishlab chiqarishning baynalminallashuviga aylanadi, ITI ta’sirida rivojlanishda sezilarli turtki oladi (XX asr 50-yillarining o‘rtalari). Xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasi keskin o‘sdi. Yirik miqyosdagi ixtisoslashgan ishlab chiqarish uchun ichki bozorlar doirasi torlik qila boshlab, u ob’ektiv ravishda milliy chegaralardan chiqa boshlaydi. ITI ta’sirida ishlab chiqarishning baynalminallashuvi shunday holatni yuzaga keltiradiki, u har qanday mamlakat uchun “shaxsiy ishlab chiqarishga” ega bo‘lish foydasiz bo‘lib alohida milliy iqtisodiyotlar esa yanada ko‘proq jahon xo‘jaligiga integratsiyalashadilar. Ishchi kuchi harakati, kadrlar tayyorlash, mutaxassislar bilan almashish yanada baynalminal xarakterga ega bo‘ladi. Ushbu aloqalar va rivojlanishining istiqboli shakllanish qonuniyatlarini tekshirish shuni ko‘rsatmoqdaki, jahon xo‘jaligini rivojlanishining asosiy tendensiyasi bo‘lib kapital, tovar va xizmatlarning yagona planetar bozorini tashkil qilish va alohida davlatlarni yagona jahon xo‘jaligi majmuiga birlashtirishga bo‘lgan harakat hisoblanadi. Bu esa global iqtisodiyot masalalarini xalqaro iqtisodiyot munosabatlar tizimi majmui sifatida o‘rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa xalqaro iqtisodiy munosabatlarning boshqacha qilib aytganda yuqorirok darajasidir. Jahon iqtisodiyoti va XIMda globalizatsiya fenomenini ikki tomonlama, ya’ni makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajada ko‘rib chiqish mumkin. Makroiqtisodiy darajada globalizatsiya – bu, davlatlar va alohida mintaqalarning chegaralaridan tashqarida iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishga bo‘lgan umumiy intilishlari tushiniladi. Bunday intilishlarning ko‘rinishlari - liberalizatsiya, savdo va investision to‘siqlarning olib tashlanishi, erkin tadbirkorlik zonalari tashkil etish va h.k.lar hisoblanadi. Mikroiqtisodiy darajadagi globalizatsiya esa korxona faoliyatining ichki bozor chegaralaridan tashqarida kengayishi tushiniladi. Tadbirkorlik faoliyatining millatlararo yoki ko‘pmilliy yo‘nalganligidan farqli ravishda globalizatsiya jahon bozori yoki “jahon uchligi” (Shimoliy Amerika, g‘arbiy Yevropa, Yaponiya) bozorlarini o‘zlashtirishda yagona yondashishni tushiniladi. Jahon xo‘jaligi o‘zining vujudga kelishi va rivojlanishida uzoq va qiyin yo‘l bosib o‘tdi. Ayrim tadqiqotchilar uning vujudga kelishini Rim imperiyasi davri bilan bog‘lashadi (er.avv.gi II va eramizning I asrlari). Bunda ular Rim imperiyasini o‘sha vaqtdagi butunjahon xo‘jalik tizimi deb baholaydilar. Boshqa olimlar jahon xo‘jaligini faoliyat ko‘rsata boshlagan davrni XV-XVI asrlar, ya’ni buyuk jug‘rofiy kashfiyotlar davri bilan bog‘laydilar. Aynan shu kashfiyotlar qimmatbaho toshlar, metallar, shirinliklar va qullar bilan xalqaro savdoning tez rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Ammo bu davrdagi jahon xo‘jaligi cheklangan bo‘lib, faqat savdogarlarning sarmoyalari ishlaydigan soha bo‘lgan edi xalos. Zamonaviy jahon xo‘jaligi sanoat inqilobidan keyin, kapitalning monopol bosqichiga o‘tishi davomida vujudga keldi. XXI asr bo‘sag‘asidagi jahon xo‘jaligi - o‘z miqyosiga ko‘ra globaldir; u to‘liq ravishda bozor iqtisodiyotining tamoyillari, xalqaro mehnat taqsimotining ob’ektiv qonuniyatlariga, ishlab chiqarishning baynalminallashuviga asoslanadi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi o‘n yilliklarda jahon xo‘jaligini rivojlanish yetakchi tendensiyalaridan biri, bu ko‘plab davlatlarning birin-ketin yopiq milliy xo‘jalikdan tashqi bozorga yuz tutgan iqtisodiy ochiq tipdagi xo‘jalikka o‘tishidir. Aynan ana shu davrda AQSh olimlari “Ochiq savdo”, “Ochiq iqtisodiyot” degan tezislar bilan chiqdilar. Bu avvalo jahon bozorida o‘z hukmronligini o‘tkazish bilan bog‘liq edi. Ikkinchi jahon urushidan g‘olib va yanada boyib chiqqan AQSh hukumati tomonidan yangi iqtisodiy tartib qo‘llanmalari taklif etildi. Bunday “erkin savdo” va “ochiq iqtisodiyot” tezislari hukmron iqtisodiyotning kamroq rivojlangan davlatlarga qarshi qaratilgan quroli, shuningdek amerika korporatsiyalarining tutib bo‘lmas ekspansiyaga intilishlari edi. Ammo urushdan keyingi yillarda dunyoda ijtimoiy-iqtisodiy holatning o‘zgara borishi bilan bog‘liq holda “Ochiq iqtisodiyot” haqidagi tezis amerika ekspansionizmining manfaatlariga yo‘naltirilganlikni yo‘qota borib, jahon xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi ma’nosini ola boshladi. Globallashuv jarayonlarining kengayishi jahon mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib keladi. Jumladan, globallashuv natijasida transmilliy korporatsiyalar, ularning turli ko‘rinishdagi xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib topishi va kengayishi, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o‘tishi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro‘y beradi. Umuman olganda, globallashuv jarayonlari jahon xo‘jaligining yaxlit iqtisodiy tizim sifatida rivojlanishida sifat bosqichi hisoblanib, yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Biroq, globallashuv jarayonini mutlaqlashtirish va unga bir tomonlama qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki, mazkur jarayon o‘zining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda ziddiyatli tomonlariga ham ega. Jahonning bir mamlakatida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazishi shulardan biri hisoblanib, bugungi kunda ro‘y berayotgan moliyaviy inqiroz ham aynan shu ma’noda globallashuv jarayonlarining oqibati hisoblanadi. Shunga ko‘ra, Prezidentimiz o‘z asarlarini bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashdan iborat ekanligidan boshlab, jahon moliyaviy inqirozining mazmun-mohiyati, kelib chiqish sabablariga batafsil to‘xtalib o‘tdilar. Bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlashdan iborat.3 «Bu inqiroz Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. XX asrning oxirlarida boshlangan va hozirgacha davom etib kelayotgan bozorlarning globallashuvi, kapitallar xalqaro harakatining erkinlashtirilishi natijasida AQSh bozorlarida vujudga kelgan inqiroz dunyoning boshqa mamlakatlariga ham keng yoyildi. AQSh banklari va ipoteka agentliklarining qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilma qilingan xorijiy investorlar moliyaviy holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu o‘z navbatida dunyo mamlakatlari iqtisodiyotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. AQSh moliya bozorlaridagi inqiroz jahonning yirik fond bozorlaridagi kon’yunkturaga ta’sir qildi va bu o‘z navbatida mazkur bozorlardagi fond indekslarida (S&P, Dow-Jones, Nasdaq, FSE, CAC, DAX, Nikkei, Hang Seng, Shanhai composite, RS, MMVB va b.) o‘z aksini topdi. Global moliyaviy bozorning asosiy tarkibi va jahonning asosiy moliyaviy markazlari hisoblangan yirik fond bozorlarini o‘z ichiga oluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.4 Bunda iqtisodiyotning ochikligi, ya’ni ichki bozorning chet el kapitali, tovarlari, texnologiyalari, axborotlari, ishchi kuchining oqimi uchun aqlga to‘g‘ri keladigan darajada ochiqligi xam sabab buldi. Jahon iqtisodiyotda ochiq iqtisodiyotni shakllanishida davlat muhim rol o‘ynadi. Davlat tovar va xizmatlar olib chiqishni rag‘batlantirib, xorijiy firmalar bilan kooperatsiyalarga, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlanishiga yordamlashib, o‘ziga eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni rag‘batlantirish funksiyasini oldi. Chet eldan investisiyalar, texnologiyalar, ishchi kuchi va axborot vositalarini oqib kelishini yengillashtiruvchi mustaxkam huquqiy asos yaratildi. Jahon iqtisodiyotida va XIMda “Erkin savdo” va “Ochiq iqtisodiyot” tushunchalarini farqlash lozim. “Erkin savdo” haqidagi konsepsiya A.Smitning siyosiy iqtisodiyotidan boshlanib u va zamonaviy amerika iqtisodchilarining kashfiyoti emas. “Ochiq iqtisodiyot” tushunchasi aslida ishlab chiqarish omillari, axborot, milliy valyutalarning o‘zaro almashuvining erkin harakatini o‘z ichiga olgan tovarlar savdosi ko‘rinishida bo‘lib ,u “erkin savdo” tezisidan kengrok tushunchadir. Ochiq iqtisodiyotni avtarkiya, o‘z-o‘zini ta’minlash iqtisodiyoti, haddan tashqari o‘z kuchiga suyanishning antipodi sifatida ham tushunish lozim. Ochiq iqtisodiyotning vujudga kelishi - bu jahon rivojlanishining ob’ektiv tendensiyasidir. Ochiq iqtisodiyot tamoyillariga mos ravishda harakat qilish bu – jahon bozori standartlarini tan olish, uning qonunlari asosida harakat qilishdir. Ochiq iqtisodiyot ichki bozorning chet el kapitali, tovarlari, texnologiyalari, axborotlari, ishchi kuchining oqimi uchun aqlga to‘g‘ri keladigan darajada ochiqligini nazarda tutadi. Ochiq iqtisodiyotning afzalliklari quyidagilardir: ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashishi; resurslarni mulohazakorlik bilan samaradorlik darajasiga qarab taqsimlash; xalqaro iqtisodiy aloqalar tizimi orqali jahon tajribasining tarqalishi; jahon bozoridagi raqobat tomonidan rag‘batlantiriladigan milliy ishlab chiqaruvchilar orasida raqobatning kuchayishi. Shakllanib bo‘lgan ochiq iqtisodiyot va ochiq iqtisodiyotga o‘tish bir xil narsa emas. Ochiq iqtisodiyot davlatning tashqi iqtisodiy aloqalarida nazorasizlik va hamma narsa mumkin, chegaralar ochiq degani emas. Ochiq iqtisodiyot uning aqlga sig‘adigan darajada amalga oshirish mexanizmini shakllantirishda davlatning sezilarli aralashuvini talab qiladi. Hech bir mamlakatda iqtisodiyotning mutlak (absolyut) ochiqligi yo‘q. Ochiqlik miqdorining birinchi darajali indiqatoriga eksport va importning yalpi ichki mahsulotdagi (YaIM) ulushini kiritish mumkin. Ularning kombinatsiyasi alohida milliy iqtisodiyotlarning jahon bozori bilan aloqalarining miqyosi haqida tushuncha beradi. Shunday qilib, eksportning YaIMga munosabati eksport kvotasi sifatida aniqlanadi: Download 21.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling