1-mavzu. Jahon xo’jaligining mohiyati va uning shakllanish bosqichlari reja


Download 21.9 Kb.
bet2/2
Sana27.03.2023
Hajmi21.9 Kb.
#1298578
1   2
Bog'liq
#1 ma\'ruza

Ek = E/YaIM x 100%,
bu yerda Ek - eksport kvotasi, E - eksport hajmi.
Agar Ek 10% bo‘lsa, iqtisodiyotning ochiqligi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Iqtisodiyot ochiqligining boshqa ko‘rsatkichi import bilan YaIM munosabatidan kelib chiquvchi import kvotasi ko‘rsatkichidir:
Ik = I/YaIM x 100%,
bu yerda Ik - import kvotasi, I - import hajmi.
Ochiqlikning kompleks ko‘rsatkichlaridan biri deb odatda tashqi savdo kvotasi ko‘rsatiladi:
Sk = S/YaIM x 100%,
bu yerda Sk -tashqi savdo kvotasi, S - tashqi savdo aylanmasining hajmi.
Bu ko‘rsatkichning kamchiligi unda kapital eksporti kattaligining hisobga olinmaganligidir.
Shuni ta’kidlash lozimki, ko‘rsatib berilgan koeffisient va ko‘rsatkichlar har doim ham iqtisodiyot Ochiqligining holatini to‘liq ko‘rsata olmaydi. Masalan, tashqi savdo kvotasi ma’lum ma’noda iqtisodiyot ochiqligini namoyish qilsa ham, uning sintetik ko‘rsatkichi bo‘la olmaydi. Tashqi savdo kvotasi asosan davlatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokini ko‘rsatadi. Bu esa ochiq iqtisodiyot tushunchasining bir qismi xolos. Iqtisodiyot ochiqligi ko‘rsatkichi esa murakkabrok kompleks ko‘rsatkichdir. Iqtisodiyot ochikligi xakida suz yuritar ekanmiz, 2008 yilda boshlangan va bugungi kunda ko‘lami tobora kengayib va chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozga tuxtalib utish joizdir. Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta’siri, undan ko‘riladigan zararning darajasi va ko‘lami birinchi navbatda shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog‘liq, xamda uning dunyo xamjamiyatidagi integratsiyalashuvi darajasiga boglik bulib koldi.5
Global inqirozning oqibatlarini, bugungi va ertangi kutiladigan ta’sirini hisobga olgan holda, qat’iy, har tomonlama o‘ylangan keng ko‘lamli loyihalar xakida mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov tomonidan “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, o‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yullari va choralari» kitobi takdim etildi.


1 И.Каримов (асардан).

2 Б.YU.Ходиев, А.Ш. Бекмуродов. Pрезидентимизнинг «Жаҳон молиявий-иқтисодий инкирози, Узбекистон шароитида уни бартараф eтиш йуллари ва chоралари» асари буйиchа ўқув кулланма

3 И.Каримов (асардан).

4 Б.YU.Ходиев, А.Ш. Бекмуродов. Pрезидентимизнинг «Жаҳон молиявий-иқтисодий инкирози, Узбекистон шароитида уни бартараф eтиш йуллари ва chоралари» асари буйиchа ўқув кулланма

5 Б.YU. Ходиев, А.Ш. Бекмуродов. Pрезидентимизнинг «Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, ўзбекистон шароитида уни бартараф eтишнинг йуллари ва chоралари» китоби буйиchа ўқув кулланма.

Download 21.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling