1-mavzu. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida qo’llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari reja


Musobaqa metodining xarakterli belgilari


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/21
Sana09.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1473084
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1-mavzu JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOTLARIDA Maruza

Musobaqa metodining xarakterli belgilari: 1. U yoki bu harakat faoliyatida 
faoliyatni vazifaga buysundirish oldindan belgilangan, urnatilgan koidalar bilan 
muvofiq bo’ladi. Bunday vazifalar o’quvchilar ijodiy aktivligini stimullovchi 
faktorlar bo’lib, ularning tayyorgarligini baholashning va takkoslashning ulchovidir. 
2. Birinchilik, yuqori sport natijasi uchun jismoniy va psihologik kuvvatni 
maksimal namoyon qilish. Musobaqalashish metodi natijasida organizmning 
funktsional imkoniyatlarini to’la ochish uchun sharoit yaratiladi. 3. O’quvchilarning 
o’zlari uchun belgilangan yuklamalarini boshqarish imkoniyatlarining 
chegralanganligi. O’z nabatida, bu metod o’quvchilardan harakat faoliyatini 
bajarish davomida vujudga kelgan vazifalarni bajarishda, hal qilishda o’ziga xos 
mustaqillik talab qiladi.
10
Shuningdek, Musobaqa metodi nisbatan harakat faoliyatini takomillashtirishda 
samaralirokdir, Lekin ular bir lamchi o’zlashtirishda ku tilgan samarani bermasligi 
mumkin. Musobaqa metodi harakat sifatlarini deyarli yuqori darajada 
rivojlanganligini talab qiladi, aynik sa ularni kompleksli namoyon qilishda bu 
metodga extiyoj uta yuqori dir. Musobaqa metodi pedagogik nuqtai nazaridan 
o’quvchilar galabasi va maglubiyatiga turgun psihologik tayyorgarlikni 
tarbiyalashga yo’nalti rilishi lozim, shundagina ta’lim jarayonida u o’zini oklaydi, 
boshqa to mondan esa turli sharoitda har tomonlama jisman tayyorgarligini to’la 
namoyish qilish imkonini beradi hamda jismoniy tayyorgarligi daraja sini oshirish 
vositasi bo’lib xizmat qilishi ham mumkin.
Bu metodda shug’ullanuvchilarning faoliyati qat’iy tarkiblashtirilgan holda 
tashkil etilib, quyidagilardan iborat bo’ladi:
-Jismoniy yuklanishni kat’iy normallashtirish mashq jarayonida uning 
dinamikasini to’la boshqarish, shuningdek dam olish oraliq vaqtini qat’iy tartibga 
solish va ularning belgilangan tartibda jismoniy yuklanish bilan almashtirish.
-Qat’iy belgilangan harakat dasturi (harakat tarkibi, ularning o’zgarishini, 
takrorlanish va bir-biri bilan o’zaro bog’lanishligi).
Shug’ullanuvchilarning faoliyatini boshqarishni engillashtiruvchi tashqi 
sharoitlarni, yaratish yoki ulardan foydalanish, mashg’ulot joylarida gruppalarni 
to’zish va taqsimlash, o’quv vazifalarini bajarishga, yuklanishni miqdorlash, ularni 
ta’sirini nazorat qilishga imkon beruvchi yordamchi sport anjomlari va boshqa 
10
Холодов Ж.К., Кузнецов В.С. Теория и методика физического воспитания и спорта: Учеб. пособие для 
студ. высш. учеб. заведений. М.: Издательский центр «Академия», 2000. 480 с.


texnik qurilmalardan foydalanish. Harakatlarga o’rgatish jarayonida qo’llaniladigan 
mashq metodlari 2 xil bo’lib ular quyidagilardan iboratdir:
1) bo’lingan - konstruktiv mashq G’mashqlarni qismlarga bo’lib o’rgatish va 
keyinchalik butunlay bajarishga erishishG’:
2) butunlay mashq metodi G’vaqtingcha ayrim detallarning chiqarib tashlab 
bajarish.
Bo’lingan konstruktiv mashq metodiga masalan suvda suzishni o’rgatish, 
akrobatik mashqlarni qismlarga bo’lib o’rgatish kiradi. Hammamizga ma’lumki, 
mashqlar musobaqa sharoitida butunligicha bajariladi.
Butunlay mashq metodi shug’ullanuvchilarga o’rgatish lozim bo’lgan mashqlar 
butunligicha o’rgatilib, Lekin ayrim detallari vaqtincha chiqarib tashlanadi - 
soddalashtiriladi.
Ikkala metodlarning ijobiy va salbiy xususiyatlari mavjud bo’lib ular 
quyidagilardan iborat: bo’lingan konstruktiv mashq metodining ijobiy xususiyati - 
o’zgarilishi lozim bo’lgan mashqlar oz vaqt ichida shug’ullanuvchilarga o’rgatish 
mumkin.
Salbiy xususiyatlari - qismlab o’rgatilgan mashqlarni butunlaycha bajarishga 
erishish uchun qo’shimcha vaqt sarf qilinadi yoki bo’lmasa ayrim akrabatik 
mashqlarni butunlaycha bajarilishiga erishishda qismlar orasida pauza bo’lishi 
mumkin.
Butunlay mashq metodining ijobiy xususiyati qushimcha vaqt sarf qilinmaydi. 
Salbiy xususiyati o’rgatishi lozim bo’lgan mashqlar oldingi metodga nisbatan ko’p 
vaqt talab qiladi.
Qismlarga bo’lingan mashq metodidan harakat uncha buzulmay nisbatan 
mustaqil elementlarga bo’linishi mumkin bo’lgandagina foydalaniladi.
Masalan: Erkin usulda suzish texnikasini o’rganishda bo’lib tashlash va keyin 
elementlarini yaxlit qilib birlashtirish quyidagicha sodir bo’lishi mumkin.
1.Suv ustida sirpanish;
2.Xavz qirg’oqlarda oyoq harakatlarini o’rganish;
3.Sirpanish bilan oyoq harakatlarini qo’shib bajarish;
4.Sayoz joyda tik to’rib qo’l harakatlarini o’rganish; 
5.Shuning o’zini nafas olish bilan qo’shib bajarish;
6. Barcha elementlarni birgalikda bajarish.
Yaxlit mashqni bo’lib bajarish butun harakatlar mohiyatini o’zgartirishga va 
ularning tuzilishini keskin foydalanilmoqda.
Yaxlit mashq tuzilishi, oldin odatda ayrim detallarni chiqarib tashlash hisobiga 
soddalashadi, bu detallar keyin o’rganilayotgan mashqning asosiy mexanizmi bilan 
asta sekin birlashadi va uni yaxlit bajarish ko’rinishida takomillashadi. Masalan, 


yugurib kelib «qaychi» usulida uzunlikka sakrash texnikasi quyidagi tartibda 
o’rganiladi:
1. 
Qisqa masofadan qadamlab sakrash.
2. 
Shuning o’zi, Lekin eng baland nuqtaga chiqqan oyoqni qaychisimon harakat 
qilib sakrash
3. 
Sakrashga yordamlashadigan taxta yoki tramplindan foydalanib, ko’tarilish 
fazasida diqqatni qo’l va oyoqlar bilan birgalikda harakat qilishiga qaratilgan holda 
sakrash.
4. 
O’rtacha tezlikda yugurib kelib, to’la usulda sakrash;
5. 
Erga tushishga tayyorlanish harakatlariga e’tibor bergan holda sakrash 
G’oyoq oshirib tashlash, qo’llarni orqaga qilish qaychisimon usulida sakrash.
11
Harakatga o’rgatishda asosiy metodlar bilan birga bir qator yordamchi metodik 
usullardan foydalaniladi.
Qoida bo’yicha agar murakkab harakat butunligicha o’rganayotgan bo’lsa 
"yaqinlashtirish” deb atalgan mashqlar keng qo’llanilib ular asosiy harakatni 
o’zlashtirishga, ularni butunlay immitatsiya yoki soddalashtirilgan shaklda 
o’rganish yo’lidan foydalaniladi. Harakat faoliyatlarini takomillashtirish 
bosqichlarida, ularning sifatlarini o’ziga xos shakllarini bir paytda yaxshilash 
muhim ahamiyatga ega. Bunda asosiy rolni jismoniy sifatlarni harakat tarkibini 
o’zgartirmasdan rivojlantiruvchi qo’shmcha jismoniy yuklanishlar sharoitida 
butunlay bajariluvchi harakatlar bilan xarakterlanuvchi metodlarning ahamiyati 
katta.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling