1-mavzu. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida qo’llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari reja


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana09.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1473084
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1-mavzu JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOTLARIDA Maruza



1-MAVZU. JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOTLARIDA 
QO’LLANILADIGAN JISMONIY TARBIYA METODLARI  
  
Reja:  
1. O’qitish uslublari xaqida tushuncha
2. So’z uslublari va undan foydalanish.
3. Ko’rgazmalilik uslublari va ulardan foydalanish.
4. Ta’limning amaliy uslublari.
Tayanch so’z va iboralar: usul, metodik usul, uslubiy ilmiy asoslanganligi, 
jismoniy mashqlarni usullarni qo’llanishi, amaliy metod, so’zdan foydalanish 
metodi, ko’rsatmalilik metodi, yo’llanma beruvchi mashqlar, o’yin metodi, 
Musobaqa metodi, katiyan va qisman reglamentlashgan mashq metodi.
Jismoniy tarbiyaning o’qitish predmeti sifatidagi maxsus bilim va harakat 
faoliyatlari o’qituvchidan o’qitishga xos ma’lum usullar va uslu biyatlar 
(metodlar)ni bilishni talab etadi. Ta’lim (o’qitish)ning uslublari ko’p bo’lishiga 
karamay ularning xech biri universal emas. Ta’lim metodlarining tavsifini bilish 
bu uslublar tarkibidan kulayini tanlab olishga, o’qitish vazifalarini hal qilish uchun 
nisbatan samaralilarini ajratib olishga imkon beradi.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida qo’llaniladigan jismoniy tarbiya 
metodlari mavzusida uchraydigan asosiy tushunchalar.  
Metod  
– deb, inson jismoniy kamolotini shakllantirish jarayonida 
jismoniy madaniyat vositalaridan foydalanishning tartibli 
jamlanmasiga aytiladi.  
Metodik usul  – bu o’rgatishning aniq vazifalariga muvofiq, metodni amalga 
oshirish tadbiriga aytiladi.
Metodika
– deb, pedagogik vazifalarni hal etishga yo’naltirilgan maxsus 
metodlar 
tizimi, 
o’rgatishning 
metodik 
usullari 
va 
mashg’ulotlarning tashkiliy shakllariga aytiladi.
Metodik 
yondashuv  
– bu pedagogning jismoniy mashqlar bilan shug’ullanuvchilarga 
ta’sir ko’rsatish usullari jamlanmasidir.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling