Aytib berish (xikoya) o’quvchi faoliyatini o’yin tarzida tashkillash uchun
ko’pincha o’qituvchi tomonidan qo’llaniladi.
So’zda ifodalash - bu harakat faoliyati xususida tasavvur xosil qilish usuli
bo’lib, faoliyatning xarakterli belgilari sanaladi, so’z orqali nima qilish lozimligi
tushuntirilib, nima sababdan aynan shunday qilish zarurligi aytiladi. Undan
dastlabki - birlamchi tushuncha xosil qilish yoki eng sodda harakatlarni
o’zlashtirishda o’quvchining harakat tajribasi va bilmidan foydalanishda
qo’llaniladi.
Tushuntirish - harakat faoliyatlariga ongli munosabatning muhim usullaridan
biri bo’lib, u asosiy «nima uchun?» degan savolga javob beradi.
Suxbat bir tomondan, faollikni oshiradi, o’z fikrini aytish malakasini
shakillantiradi, boshqa tomondan, o’qituvchiga o’z o’quvchilarining bilish,
bajarilgan ishni baholash uchun yordam beradi. Suxbat faqat o’qituvchining
o’quvchilarga bergan savollari va ularga o’quvchilar ning javoblari yoki o’z dunyo
qarashlarini erkin gapirib berish, urtaga tashlash tarzida amalga oshiriladi.
Muxokama suxbatdan faqat biror vazifani bajari lagndan so’ng o’tkazilishi
bilan fark qiladi. Muxokama bir tomonlama bo’lishi mumkin - agar u o’qituvchi
tomonidan utkazilsa, ikki tomonlama bo’lishi mumkin - o’quvchilar ishtiroki bilan
utkazilsa.
Topshirik dars oldidan vazifa quyish yoki dars davomida xususiy vazifa
quyishni nazarda tutadi. Vazifaning birinchi shakli shu bilan xarakterlanidiki,
o’qituvchi vazifa bajarishning barcha usullari ni tushuntiradi. O’quvchilarga talab
qilinganlarni faqat bajarish vazifasi qoladi holos. Ikkinchi shakli o’quvchilar uchun
nisbatan qiyin rok bo’lib ular o’qituvchidan vazifani faqat ifoda tarzida oladilar, uni
hal kiilsh, echishni mustaqil kidirishga majbur bo’ladilar.
Baholash harakat faoliyatining bajarilish tahlili natijasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |