Mahsulot hajmiga mehnat omillarining ta’sirini tahlili


Download 1.14 Mb.
bet1/7
Sana13.12.2022
Hajmi1.14 Mb.
#999295
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Muhammadaliyev Sunnatbek iqtisodiy tahlil

Mahsulot hajmiga mehnat omillarining ta’sirini tahlili

Bajardi: Muhammadaliyev Sunnatbek

Tekshirdi: Mamatqulov A

Reja:

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi

  • Mahsulot ishlab chiqarish hajmi – korxonalar faoliyatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri sanaladi. Mahsulot sotish hajmi uning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga, shuningdek, tannarx darajasi, foyda miqdori, rentabellik darajasi, korxonaning moliyaviy ahvoli, uning to‘lov qobiliyati va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar bog‘liq bo‘ladi. Mahsulot ishlab chiqarish tahlilining maqsadi raqobatchilarga nisbatan mahsulot sotish hajmini oshirish yo‘llarini topish, ishlab chiqarish quvvatlaridan maksimal darajada foydalangan holda bozordagi ulushni kengaytirish va buning natijasi sifatida – korxona foydasini oshirish hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarishni kompleks maqsadli tahlil qilishning asosiy vazifasi korxonaning raqobat pozitsiyasini va bozor konyunkturasi o‘zgarganda resurslar bilan o‘zgaruvchan manyovr qilish qobiliyatini tahlil qilish hisoblanadi. Mazkur umumiy vazifa quyidagi xususiy analitik vazifalarni hal qilish yo‘li bilan bajariladi:
  • • Mahsulot ishlab chiqarishning prognoz hajmi bajarilishi va dinamikasi o‘zgarishi ustidan tizimli nazorat;

    • Hajm bo‘yicha bitimlar bajarilishini baholash, yetkazib berishlar maromiyligi, mahsulotlar butligi;

    • Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga omillar ta’sirini aniqlash;

    • obyektiv va subyektiv omillarni hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarishni oshirish imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha korxona faoliyatini baholash;

    • Mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha aniqlangan zaxiralarni o‘zlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling