1-mavzu. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida qo’llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari reja
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOTLARIDA Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qituvchining mashq texnikasi asosini tushuntirishdagi so’ziga katta ahamiyat berish
- Atamalar qisqa
- Atama tushunarli
aniqlashda kerakligi. Buni, ayniqsa, yo’llanma beruvchi mashqlarni bajarishda
yoddan chiqarmas lik lozim. Bu mashqlar aytarli emotsional bo’lmay, ularni o’zlashtiri layotgan asosiy harakat faoliyatlari bilan bog’liqligini anglash kerak ligi talab qilinadi. 4. O’qituvchining mashq texnikasi asosini tushuntirishdagi so’ziga katta ahamiyat berish, asosiy zuriqish talab qilinadigan dakikalarini tushunish. Bu maqsadda ko’pincha ko’rsatma bilan aytish tarzidagi so’zlar, iboralar (“kullarni”, “boshni”, “ale op”. va. x.k.)dan foydalaniladi. 5. So’z obrazli bo’lishi kerak, bu uning ko’rgazmaliligini oshiradi va o’quvchilarga ancha tushunarli qiladi. O’quvchilar bilimlari va harakat tajribasini hisobga olgan holda, o’qituvchi qo’yilgan vazi falarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan kerakli dakikalarga o’quvchi dik katini qaratishi mumkin. 6. O’quvchilarga ular avtomatlashmagan holda bajarayotgan harakatlari xaqida (tuzatishga to’g’ri kelib kolgan payitlar bundan mustasno) gapirish maqsadga muvofiq emas. Agar uki tuvchi o’quvchining avtomatlashgan harakatlari xaqida gapirsa, o’quvchi ijro vaqtida harakatni usha fazalari ustida uylaydi, natijada avtomat lashgan harakatlar tarkibida o’zilishlar sodir bo’ladi. Jismoniy bilimlarni egallashda terminlarning ham muhim ahamiyati bor. Terminlar o’quvchilarga o’zlari uchun yangi bo’lgan tushuncha va tasavvurlariga so’z orqali urgu beradi. Tanish tushunchalarni aniq ajratish, ukitvuchiga esa 3 Матвеев Л.Р. Теория и методика физического воспитания. Учебник. Москва «Физкультура и спорт» – 2005 г. umum qabul qilingan tushunchalar - so’zlar bilan tushuntirishni osonlashtiradi. Nihoyat o’qituvchi va o’quvchi orasida qisqa, keng ma’noli so’zlarning ma’lum ma’nolari asosida o’zaro tushunish – mulokat vujudga keladi. Terminlarda kasbning tarixi aks ettiriladi, masalan, gimnastika da ko’proq chexlar, shvedlarning atamalari; futbolda, tennisda, boksda ing lizcha; kilichbozlikda ko’pincha frantsuzcha atamalar, so’zlar ko’p uchraydi. Xozirgi kundagi chet el terminlarini uzbek tiliga tarjima qilish, milliy atamalarimiz bankini yaratish jismoniy tarbiya nazariyasining eng yirik muammolaridan biri bo’lib qolmokda. Xozirgi zamon terminlari va atamalarini yaratilishiga quyidagi talablar qo’yilmokda (V.V. Belinovich, 1958). 4 1. Atama yoki termin ko’rsatuvchan bo’lishi lozim, ya’ni mashq texnikasining asosini ifodalasin. Shundagina ular o’zlari uchun xos bo’lgan mazmunni egallaydilar. 2. Atama aniq bo’lishi kerak. Bu talabni bajarish jismoniy mashq xarakterini shunchalik aniq aks etirilishi kerakki, uni tushun tirish va izoxlashga xojat qolmasin. Bu o’qituvchi va o’quvchilar mulokati - fikr almashinuvini aytarli darajada qisqa va tushunarli qiladi. 3. Atamalar qisqa bo’lishi kerak. Agar bu talab bo’zilsa terminlarni qo’llash ifodalashga aylanib qoladi. Qisqalik juda ham aniq so’z topib ishlatishni talab qiladi. 4 Матвеев Л.П., Новиков А.Д. Теория и методика физического воспитания. Учебник для ин-тов физ. культуры. Изд 2-е. испр. и доп. (в 2-х т.). М.: «Физкультура и спорт», 1976. 4. Atama tushunarli bo’lishi lozim. Atamalar ta’lim jarayoni ning tiliga shunday aylanishi mumkinki, agarda, qo’llanilayotgan so’z – atamalar o’quvchini tushunish kuchiga yarasha bo’lsa hamda ularda umumiy qabul qilingan adabiy tilda vosita sifatida qo’llansa. So’zning emotsionallik xizmati o’quv va tarbiyaviy vazifalarni hal etishda muhim ahamiyatga ega. Emotsional jixatdan rango-rang lik so’zning ta’sir kuchini oshiradi va ma’nosini tushunarli qiladi. U o’qituvchining o’z faniga, o’quvchiga bo’lgan munosabatini bildiradi, o’quv chi kizikishini oshiradi, o’z yutugiga ishontiradi qiyinchiliklarni en gish uchun ishonch tugdiradi. Umumiy pedagogika jarayonida so’zdan doimo foydalaniladi. Jismo niy tarbiya jarayonida uni qo’llash o’ziga xos mazmuni va uslubiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling