1-mavzu. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida qo’llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari reja


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/21
Sana09.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1473084
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
1-mavzu JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOTLARIDA Maruza

Yo’llanma beruvchi mashqlar to’la harakat aktini o’zlashtirishni 
osonlashtirish uchun oldindan bir qator xususiy bilim berish vazifasini hal etishda 
foydalaniladi. Shuning uchun to’la bir butun harakat faoliyatini nerv-muskul 
zuriqishi elementlarining tuzilishi va xarakteriga o’xshash yo’llanma beruvchi 
mashqlarni topish muhim ahamiyatga ega. Yo’llanma beruvchi mashqlar markaziy 
nerv sistemasidagi samarali izning tuplanishiga imkon beradi, oqibatda ular eng 
sodda vaqtli aloqalar orqali, ma’lum o’xshashlik va koordinatsion umumiylik orqali 
asosiy mashqni o’zlashtirishni engillashtiradi.
Yo’llanma beruvchi mashqlar tizimi o’qitish uchun muljallangan faoliyat 
tahlili natijasida uni tarkibiy qismlarga bo’lish va nisbatan ja vobgar elementlarga 
ajratish orqali vujudga keladi. Yo’llanma beruvchi mashqlar tugallangan shaklda va 
o’quvchilar kuchiga yarasha bo’lishi kerak. Harakat faoliyatini bo’laklarga bo’lish 
xarakteri, yo’llanma beruvchi mashqlar soni, ularning navbati - o’qitishning 
individual sharoitiga ka rab qo’llash uchun o’qituvchi tomondan aniqlanadi. Har bir 
mashqni qo’llashning davomiyligi (uzunligi), uning qiyinligi va ahamiyati, shunig 
dek, o’quvchilar tayyorgarligi darajasiga bog’liq.
7
Кожухова Н.Н. и др. Теория и методика физического воспитания детей дошкольного возраста: схемы и 
таблицы. М.: Владос. 2003.


Yo’llanma beruvchi mashqlarni shartli ravishda ikki ko’rinishda tasavvur kiilsh 
mumkin:
1) bir butun harakatdan ajratilgan qismlar yoki butun harakat, le kin ulardan 
detallarni ajratib olingani bilan, bunday holatda faoliyat ning qismi xech qanday 
kushimchasiz sof holda tavsiya qilingan, xususiy xodisa sifatida qismlarga bo’lish 
o’zlashtirayotgan harakat faoliyati texnikasini ajratishdir.
2) yo’llanma beruvchi mashqning boshqa ko’rinishi o’zlashtirilayotgan 
faoliyatning belgilangan strukturasini to’zish uchun qo’llanilishi mum kin bo’lgan 
shaklidir.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling