1-mavzu. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida qo’llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari reja


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/21
Sana09.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1473084
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1-mavzu JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOTLARIDA Maruza

O’yin metodi jismoniy tarbiyadagi o’yinlarning ko’pchilik belgilarini 
mujassamlangan. Darslikning “Jismoniy mashqlarning pedagogik klassifikatsiyasi» 
bo’limida o’yin jismoniy mashq harak teridagi tizim tarzida, ya’ni jismoniy tarbiya 
vositasi ko’rinishida berilgan. Lekin jismoniy tarbiyada o’yinlar ta’lim va 
tarbiyaning samarali metodi sifatida ham mavjud bo’lishi mumkin. Shu sababli 
o’yin metodining tabiatini o’yin mohiyatini ochish orqaligina tushunish mumkin 
holos.
O’yinning mohiyatini o’rganishning nisbatan perespektiv yo’nalishi 
metodlashtirish nazariyasi hisoblanadi. Shunga muvofiq, o’yinlar inson ning 
oldindan belgilangan hayotiy sharoitda ishlab chiqargan o’zining yurish-turishi, 
xulki chegarasidan chikmaydigan o’ziga xos elementlarning modelidir (N.I. 
Ponamaryov, 1970). O’yinda shartli ravishda butun bir hayotiy situatsiya o’z 
ifodasini topishi mumkin (masalan, takldi qilish o’yinlarida), inson haraat faolitining 
ayrimlari turmush, mehnat, mudofaa faoliyati xarakteridagi harakatlar bo’lib, ularda 
asosan odamlar orasidagi o’zaro munosabat modelining mavjudliligi yotadi. O’yin 
tarixan vujudga kelgan jamiyat xodisasi bo’lib, odamlarning harbiy va mehnat 
faoliyati asosida paydo bo’lgan va u inson hayotining moddiy va ijtimoiy sharoitlari 
bilan belgilanadi. O’yin hayotiy reallikni aks ettiradi va bir vaqtning o’zida o’zining 
sof shartli qonunlariga buysunadi. U bizni o’rab olgan borliqni o’zgartirishni 
nazarda tutmaydi, Lekin insonni ijodiy mehnatga tayyorlovchi shart sifatida inson 
madaniyatining muhim man bai roilni o’ynaydi. Shunga bog’liq holda o’yin 
quyidagi xizmatlarni ba jaradi: tayyorlov (insonni jismoniy va ruxiy kuchlarini 
takomillashtirish, sotsial faollik va ijodkorliki tarbiyalaydi) va ko’ngil ochish 
munosabatlarini, shuningdek, ularni o’rab olgan muxit orasidagi munosabatlarni 


shakillantiradi. Bu kabi asosiy xizmatlar o’yinlarning yo’nalishi va mazmunini 
belgilaydi.
9
Jismoniy tarbiyadagi barcha o’yinlarning asosiy mazmunini inson ni jismoy 
kamolotga erishtirishga imkoniyat yaratuvchi harakat faoliyatlari tashkil etadi. 
O’yinlar hamda gimnastika sport turizmdagi farkni ko’p holda shartli deb tan 
olishimiz lozim, bu shartlar turlarning rivoj lanish me’yoriga kura yanada yakkol 
ko’rinadi. O’yinga konkret harakat faoliyatlari tizimi deb qarash zarur, ular 
belgilangan koidalar ramkasida bajariladi va metod sifatida jismoniy mashq 
xarakteriga karamay, turlicha pedagogik vazifalarni hal etishi mumkin.
O’yinlar metod tarzida faqat umumiy qabul qilinganlaridek amal ga 
oshirilmaydi. O’yin metodi vositalari va ularning shakliga kura rasmiy o’yinlarga 
nisbatan deyarli keng tushuncha sanaladi. Masalan, o’yin metodi asosida darsning 
hamma qismlarini o’yinlarsiz utkazish mumkin (tokka sayoxat o’yini). Muvozanat 
saklash mashqini bajarayotib to’siqlardan oshishi yoki chukurliklar ustidan utish 
tarzidagi o’yinlardn foydalanish mumkin.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling