Tasvirlash
- shogirdda harakat haqida tasavvur hosil qilish usuli.
Ushbu
metodni qo’llaganda nima qilish kerakligi haqida gapiriladi,
biroq nima uchun ayni shunday
qilish lozimligi haqida
gapirilmaydi.
Tushuntirish - tushuntirish metodi orqali bajarilayotgan harakatlar asosida
yotgan
muhim
qonuniyatlar
mohiyati
ochib
beriladi,
o’rganilayotgan o’quv materialining
chuqur tushunilishi
ta’minlanadi, o’quvchilarni faol fikrlash faoliyatiga undaydi.
Suhbat
- o’quv materialini savol-javob shaklida o’zlashtirishni
ifodalaydi. Suhbat o’qituvchi savoli va o’quvchi javobi
ko’rinishida yoki fikrlarni erkin aniqlash ko’rinishida o’tishi
mumkin. Ushbu metodning asosiy talabi – o’ylab
tuzilgan
savollar va taxminiy javoblarning qat’iy tizimidir.
Muhokama
qilish
- ushbu metod suhbatdan shunisi bilan farq qiladiki,
biron-bir
topshiriq bajarilganidan so’ng muhokama qilinadi.
Ko’rsatma
berish
- harakat amali noto’g’ri bajarilganda muvofiq tuzatishlar kiritish
maqsadida so’z orqali ta’sir o’tkazish (masalan, “tezroq”,
balandroq” va h.k.).
Baholash
- bajarilgan amalning tahliliy natijasi (masalan, “yaxshi”,
“to’g’ri”, “yomon” va h.k.).
Buyruq
- harakat amalini darhol bajarish, to’xtatish yoki o’zgartirish
bo’yicha buyruq shakli (start buyruqlari, saf buyruqlari, hakamlik
buruqlari).
Do'stlaringiz bilan baham: