1-mavzu. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida qo’llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari reja
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu JISMONIY TARBIYA MASHG’ULOTLARIDA Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aylana metodi
- O’yin usuli
- Metodik usul
Interval
metod – bu metod orqali, mashqlar ko’p marotaba bajariladi, ish o’rtasidagi dam olish intervallari aniq (turli) bo’ladi. Qo’llanilayotgan mashqlar turiga qarab, interval mashg’ulotlar turli xil sport turlari uchun zarur bo’lgan aerob, anaerob-alaktat ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi mumkin. Aylana metodi – bu ishning tashkiliy-metodik shakli hisoblanib, kuch, tezkorlik, chidamlilik va ayniqsa, ularning majmuaviy shakllari – kuch chidamliligi, tezkor chidamlilik, tezkor kuchlarni rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan jismoniy mashqlar majmuasining oqimli va ketma-ket bajarilishini ko’zda tutadi. Ushbu metod turli mushak guruhlariga uzluksiz va interval mashg’ulotlar tipida ta’sir qiladigan mashqlarni izchil bajarishni ko’zda tutadi. O’yin usuli – ushbu metod asosini obrazli yoki shartli syujetga muvofiq aniq bir shaklda tartiblangan harakat faoliyati tashkil etadi. Musobaqa metodi – bu metodda, mashqlar musobaqa shaklida bajariladi. Ushbu metoddan, jismoniy, ruhiy-irodaviy va ahloqiy qobiliyatlarni rivojlantirish, texnik-taktik malaka-va ko’nikmalarni takomillashtirish uchun foydalaniladi. Usul - faoliyatning shunday usuliki, turli sharoitda, turli xil dagi shug’ullanuvchilar bilan keng doiradagi vazifalarni hal etish imko niyati bo’ladi. Masalan: ko’rgazmalilik metodi bilan harakat faoliyatlarini tanishtirish, uni takomillashtirishning(turli yoshdagi o’quvchilar, kattalar bilan ishlashda) turli xildagi ta’lim vazifalarini hal qilish mumkin. 1 1 Матвеев Л.Р. Теория и методика физического воспитания. Учебник. Москва «Физкультура и спорт» – 2005 г. Metodik usul - bu pedagogning shunday ta’sir faoliyatiki, o’qitishning qandaydir ma’lum bir sharoitida ta’limning xususiy vazi falarini (yoki uning bir qismini) hal etish uchun qo’llaniladi. Masalan: mashqni o’quvchiga yonlamasigao’zi yon tomoni bilan turib ko’rsatishi. O’z navbatida, agar metodlar kompleksi (so’z bilan ifodalash, kurgaz malilik va amaliy urgana boshlash) orqali qo’yilgan vazifani hal qilish mumkin bo’lsa (masalan, sakrashga o’rganishini), unda metodik usullar tizimi ta’limning aniq bir sharoititda metodlarni amalga oshirish, qo’llashdek xizmatlarni utaydi (masalan, sakrashni ko’rsatishda profillik ko’rsatishni yoki old ko’rinishi, qolaversa, ikkala metodik usulni ham qo’llashga to’g’ri keladi). Har bir metodning turli xil meto dik usullari bo’lishi mumkin. Ular son-Sanoqsiz darajada ko’p bo’lib, ma’lum vaqt mobaynida ayrimlari yo’q bo’lib ketsa, ayrimlarining ko’rinishlari o’zgaradi, o’qituvchining ijodiy izlanishi, faoliyati nati jasida yangilari ham vujudga kelib, amalda qo’llaniladi. Ko’pincha uki tish darajasiga xos me todik usullar xajmini o’qituvchi (trener) tomonidan ko’p bilish orqali gina farklash mumkin. Tajribasiz o’qituvchilarda ba’zan uslubiyat - metodik usulning tash ki alomatlarini o’zida mujassamlagandek ko’rinishi mumkin. Masalan: ayrim mashqlarni bo’laklarga ajratib o’rgatish ularning tizimini yarata olmaslikka olib keladi, natijalar ko’tilganday bo’lmaydi. Bu usul ko’p holda metodik usulga o’xshash bo’ladi. 2 Ta’limning metodlariga qo’yilgan umumiy talablar. Har qanday konkret holatda u yoki bu metodni maqsadga muvofiq holda qo’llash qator talablarga rioya qilishni takazo etadi: Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling