1-mavzu: kalendar reja tuzish
Download 72.5 Kb.
|
1-Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqvimiy rejalar 3 xil turda bo‘ladi
1-MAVZU: KALENDAR REJA TUZISH Taqvimiy rejalashning maqsadi: alohida bino va inshootlar qurilishining optimal davomiyligini, tayyorlov ishlari va qurilish-montaj ishlari hajmi, tarkibi, ketma-ketligi va muddatlarini, asosiy asbob-uskunalar ta’minoti muddatlarini aniqlash va kapital qo‘yilmalar ob’ektlarini taqsimlash hisoblanadi. Taqvimiy rejalar qurilishni tashkil qilish loyihasining (QTELning) tarkibiy qismi bo‘lib, u o‘zida majmua qurilishidagi asosiy va yordamchi binolarning qurilish navbatlari va muddatlarini, kapital mablag‘lar va bajariladigan qurilish-montaj ishlarining hajmlari taqsimotini to‘la aks ettiradi. Alohida olingan ob’ekt uchun esa er tekislashdan tortib to binoni qurib topshirguncha bajarilishi lozim bo‘lgan barcha turdagi ishlarni ularning texnologik va tashkiliy ketma-ketligini hisobga olgan holda amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Uning yordamida qaysi kuni qanday ishni bajarish lozim, buning uchun ishchilarga bo‘lgan talabni, moddiy-texnik resurslarga bo‘lgan ehtiyojni bevosita aniqlab olish mumkin. Taqvimiy rejalar 3 xil turda bo‘ladi: 1. CHiziqli taqvimiy rejalar; 2. To‘rsimon taqvimiy rejalar; 3. Siklogrammalar. Taqvimiy rejalarni tuzish uchun asosan ishchi loyihasining qurilish-me’morchilik qismi va smeta hujjatlari, taqvimiy reja tuzgunga qadar ishlab chiqilgan QTELning alohida qismlari, qurilish- montaj ishlari hajmlari qaydnomasi, zaruriy moddiy-texnik resurslar hisobi, qurilishning tashkiliy-texnologik sxemalari va alohida olingan qurilish- montaj ishlarini bajarish usullari tarhi, binolar majmuasi qurilishining me’yoriy va rejaviy davomiyligi kabi boshlang‘ich ma’lumot va hujjatlar zarur bo‘ladi. Pudratchi tashkilotning moddiy-texnik bazasi va imkoniyati (quvvati) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham taqvimiy rejalarni tuzishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ob’ekt qurilishida ishlarni bajarishning taqvimiy rejasi ikki qismdan iborat bo‘ladi: chapda - hisoblash qismi va o‘ngda-grafik qismi. SHuning uchun bunday rejalar grafiklar deb ataladi. Grafik qismi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgandek 3 xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: chiziqli, to‘rsimon grafik yoki siklogramma ko‘rinishda. Download 72.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling