1-mavzu: kalendar reja tuzish
Download 72,5 Kb.
|
1-Amaliy
1- jadval
Ob’ekt qurilishida ishlarni bajarishning taqvimiy rejasi Mas’ul ijrochi _________________ (imzo) Alohida olingan ob’ekt qurilishi uchun taqvimiy rejalar tuzish avvalo qurilish-montaj ishlarining ketma-ketligini aniqlab (tuzib) chiqishdan boshlanadi. Bunda ishlarning texnologik va tashkiliy ketma-ketligini hisobga olish maqsadga muvofiq, aks holda taqvimiy rejani tushunish va undan foydalanish birmuncha qiyinlashadi (1 - jadval). Bajariladigan ishlarning ro‘yxatini tuzishda bir xil kasbdagi ishchilar bajaradigan ishlarni guruhlarga birlashtirib yozish tuziladigan kalendar rejani soddalashtiradi va uni o‘qishni osonlashtiradi. Masalan, «Ustunlarni o‘rnatish», «Stropila to‘sinlarini o‘rnatish», «Tom yopma plitalarini yotqizish», «Devor panellarini o‘rnatish» kabi ishlarning hammasi ham montajchilar brigadasi tomonidan bajarilishini hisobga olgan holda, ularni «Konstruksiyalarni montaj qilish» deb guruhlashtirish zarur. Bajariladigan ishlarning hajmi bino yoki inshootning loyihasidagi ishchi chizmalarga muvofiq aniqlanadi. Bunda har bir ishning turiga va xarakteriga ko‘ra uning miqdori (hajmi) mavjud me’yoriy hujjatlardagi (QMQ, YAMvaNlardagi) o‘lchov birliklariga muvofiq aniqlanishi shart. Masalan, g‘ishtli devorni tiklash m3 da, pardadevorlarni g‘ishtdan terish m2 larda, mexanizatsiya yordamida er ishlarini bajarish 100 m2 yoki 100 m3 larda, yig‘ma konstruksiyalarni o‘rnatish donalarda va x.k. Har bir ish uchun mehnat sarfi alohida hisoblab topiladi. Mehnat sarfi «kishi-kun» (mash.-smena) o‘lchov birliklarida o‘lchanadi. Alohida qurilish-montaj ishi uchun mehnat sarfi quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi: Download 72,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling