1-mavzu. Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari. Geografik kartaning elementlari


Download 414.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana08.11.2023
Hajmi414.66 Kb.
#1756398
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 mavzu Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari Geografik kar



1-mavzu. Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari. Geografik kartaning 
elementlari 
Kartografiya – tabiat va jamiyatdagi voqea va hodisalarning joylashishini va 
ular o„rtasidagi o„zaro bog„liqlikni hamda ularning xususiyatlarini, vaqt o„tishi 
bilan o„zgarishini, maxsus tasvir – obrazli belgi – modellar vositasida matematik 
yo„l bilan tekislikda kichraytirib, generalizasiya qilib tasvirlashni va undan 
tadqiqot usuli sifatida foydalanishni o„rgatuvchi fandir.
Kartografiya qadimiy fanlardan biri bo„lib, u to„g„risidagi dastlabki ta‟rif 
miloddan oldin II asr ilgari yashagan ulug„ olim Ptolomey tomonidan berilgan desa 
bo„ladi. U “geografiya fanining vazifasi Er yuzasini kartografik jihatdan 
tasvirlashdan iboratdir” - degan edi.
Vaqt o„tishi bilan kartografiya fanining ta‟rifi ham o„zgarib, takomillasha 
bordi va yaqin vaqtlargacha kartografiya – geografik kartalar to„g„risidagi fan, 
uning asosiy vazifasi geografik kartalarni tuzish va undan foydalanish yo„llarini 
o„rgatishdan iborat deb kelingan.
«Karta» atamasi o„rta asrlardan buyon qo„llanib kelinmoqda. Bu atama 
lotincha “chares” so„zidan olingan bo„lib, papirus qog‘oz varag‘i degan
tushunchani bildiradi.
Hozirgi vaqtda “karta” atamasi dunyoning turli davlatlari tillarida ishlatiladi. 
Masalan, fransuzcha carte, nemischa karte, italyancha va portugalcha – carta, 
gollandcha kaart va h. k. lar. SHu bilan birga bir qancha mamlakatlarda bu atama 
o„rniga boshqa atama, ya‟ni “mappa” so„zi ishlatiladi, inglizlar–map deb ataydilar. 
Bu so„z polotnoning bir bo„lagi degan ma‟noni bildiradi. Ba‟zi mamlakatlarda 
ikkala atama ham qo„llaniladi. Masalan, inglizlar “chart” so„zini dengiz va 
aeronavigasiya kartalarida ishlatsalar, ispanlar “carta” atamasini dengiz kartalarida 
qo„llaydilar.
Ba‟zi manbalarda karta – Er yuzasining tekislikdagi kichraytirilgan tasviri deb 
ham yuritiladi 
Haqiqatan ham geografik kartalar matematik yo„l bilan hisoblash natijasida Er 
ellipsoidining tekislikda kichraytirilib tasvirlanishi natijasida vujudga keladi. 


YUqorida aytilganidek, kartalarda voqea va hodisalar maxsus belgi-modellar 
yordamida tasvirlanadi. Tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning miqdorini, 
sifatini, joylashgan o„rnini va boshqa xususiyatlarini kartaga qarab bilish mumkin. 
Lekin kartaning maqsadi, masshtabi va ishlatilishiga ko„ra tasvirlanayotgan 
tafsilotlar saralanib, umumlashtirilib, ya‟ni generalizasiya qilingan holda 
tasvirlanadi.
Kartografik tasvir geografik kartaning asosiy qismi bo„lib, tasvirlanayotgan 
hududning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini, voqea va hodisalarning geografik 
joylashish xususiyatlarini, ularning o„zaro bog„liqligi va hatto o„zgarishini bashorat 
qilish imkoniyatiga ham egadir.
Karta okean va dengizda suzishda, havoda uchishda, er usti va osti 
xarakatlarida, turistik sayohatlarda va harbiy sohada asosiy yo„l ko„rsatkich bo„lib 
xizmat qiladi.
Karta xalq xo„jaligini rejalashtirishda, geologik qidiruv ishlarida, qurilishlarni 
loyihalashda, mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini to„g„ri taqsimlashda va 
hududlarni har taraflama rivojlantirishda foydalaniladigan asosiy manbalardan 
biridir. Nihoyat, geografik karta maktabda o„quvchilarga geografiya, tarix va 
boshqa fanlarini o„rganishda asosiy ko„rgazmali bilim manbaidir.
Kartografiya fani ko„pgina fanlar bilan, chunonchi geografiya, geodeziya, 
topografiya, 
matematika, geoinformatika, statistika fanlari bilan uzviy 
bog„langandir.
Kartografiya, o„z navbatida, bir necha mustaqil qismlarga: kartashunoslik, 
kartometriya, matematik kartografiya, kartalarni tuzish va tahrir qilish hamda 
jihozlash, kartalarni nashr qilish, ulardan foydalanish, kartografik menejment, 
geoinformasion kartografiya va boshqalarga bo„linadi.

Download 414.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling