1-mavzu: kasbiy psixologiyada yagona konseptual asosning ehtiyoji
Download 229.72 Kb.
|
1 mavzu (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Barkamol avlodni tarbiyalashda kasbiy psixologiyani tutgan o’rni.
- K.Farrenning
- Bir necha sohalarda
1-Mavzu-KASBIY PSIXOLOGIYA fanining maqsadi, predmeti va maqsadlari1. REJA: 1.Barkamol avlodni tarbiyalashda kasbiy psixologiyani tutgan o’rni 2.Individuallikning o’ziga xos talablari. 3.Buyuk allomalarning shaxs va kasb bilan bog’liq fikrlari. 4.XX asrning boshlarida Amerika va Yevropa mamlakatlarida kasbni yo’nalishlarini shakllanishi. 1. Barkamol avlodni tarbiyalashda kasbiy psixologiyani tutgan o’rni. Kasbiy psixologiya orqali shakllanayotgan mutaxassislarda kasbga oid bo’lgan nazariy bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalar shakllantirilib borilishi nazarda tutilgan Bu jarayonda ta’lim prinsiplariga ham alohida to’xtaladi. Ta’lim (o’qitish) jarayoni murakkab hamda ko’p qirralidir. Unda o’qituvchi va o’quvchilar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining qonun-qoidalari, ta’limga qo’yilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilinishiga bog’liq.Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida jismoniy individual(yakkahol) shaxs turadi. Holbuki Shunday ekan, har bir kasb tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning uchun kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatlariga binoan kasb maorifini amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda birinchi navbatda shaxsning kasbiy ehtiyoji, motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish darkor.“Mental xarita” bu- kasbiy faoliyat maydonining mutaxassis joylashishi mumkin bo’lgan ichki olami hisoblanadi. Kasbiy faoliyat maydoni tarkibidan kasbiy sohadagi anchagina barqaror ta’lim, kasbning tavsiyanomasi, uning qo’llanish sohasi, aniq ishchi o’rniga nisbatan yashovchanligi o’rin olgan.K.Farrenning shaxs yashovchanlik sifatlariga quyidagi ko’rsatkichlarni kiritadi: - Shaxs xususiyatlariga munosib kasb tanlash; Bajarayotgan ishga qo’yilgan talablarga yuqori darajada tayyorlik; Hayoti davomida ta’lim olish va o’rganishga tayyorlik; Madaniyligi, o’zga kishilar qadr-qimmatini, farqlarini qabul qila bilish; Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishni bilish; Bir necha sohalarda kasbiy mahoratni namoyish qila olishi; Yangi loyihalar taqdim qilish tashabbusiga ega bo’lish; Ishda hamkasblar bilan hamkorlikda ishlash ko’nikmasiga egaligi; K.Farren kasbning yashovchanlik ko’rsatkichlariga quyidagilarni kiritadi: 1.Kasbning tashkilot maqsadlari bilan chambarchas bog’liqligi 2.Boshqa muassasa va ishlab chiqarish sohalari bilan uyg’unlashish imkoniyati. 3.Boshqa kasblarda o’z kompetentliligi va qobiliyatlaridan foydalanish imkoniyati. 4.Shaxsiy va moliyaviy ta’minlanganlik. 5.Kasb bo’yicha shaxslar uyushmasining mavjudligi. 6.Mahoratga yetaklovchi bilimga egalik. 7.Yoshidan qat’iy nazar kasbiy muvaffaqiyatlarda mustaqil bo’lish.Download 229.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling