1-mavzu: kasbiy psixologiyada yagona konseptual asosning ehtiyoji


Download 229.72 Kb.
bet3/4
Sana22.04.2023
Hajmi229.72 Kb.
#1381765
1   2   3   4
Bog'liq
1 mavzu (2)

а) Insonni tabiatga xizmat qildirishga mo’ljallangan kasblar; b) Insonni texnikaga xizmat qildiruvchi kasblar; v) Insonni inson xizmatiga moslashtirilgan kasblar; g) Insonni badiiy obrazlar ustida ishlashga undovchi kasblar singari turlarga ajratish mumkin.

XX asrning boshlarida Amerika va Yevropa mamlakatlarida kasbiy yo’nalishlarini shakllanishi XX asrning boshlarida Amerika va Yevropa mamlakatlarida beshta asosiy yo’nalish shakllandi 1) differensial diagnostik, 2) psixoanalitik, 3) qaror qabul qilish nazariyasi, 4) taraqqiyot nazariyasi 5) tipologik yo’nalishlar.

Differensial diagnostik -yo’nalish shaxsning kasbiy faoliyat samaradorligini ta’minlash omillariga, kasbga ta’sir ko’rsatuvchi individual psixologik xususiyatlarga va kasbga qo’yilgan talablarga asosiy e’tibor qaratiladi. Psixoanalitik -yo’nalishi bu yo’nalish vakillari kasbiy rivojlanishning psixodinamik jihatlarini tahlil qilish bilan shug’ullandilar. Ular kasb tanlash va kasbiy rivojlanish asosida tabiiy ehtiyojlardan tortib kompleks psixodinamik mexanizmlar va shaxs tuzilish instansiyalarigacha bo’lgan turli xil ehtiyojlar yotadi deb hisobladilar. Qaror qabul qilish nazariyasi -kasb tanlash jarayonini o’rganish uchun yo’nalganlik ustanovkalarini tadqiq etishga e’tibor qaratdilar.

Taraqqiyot nazariyasi -yo’nalishi rivojlanish nazariyasiga asoslanib ish tutishgan. Bu yo’nalishning izlanishlari akademik psixologik xarakterga ega bo’lib, ilk izlanishlar o’spirinlarni kasb izlashi bilan bog’liq xususiyatlarini asoslashga qaratilgan edi. Tipologik yo’nalish vakillari kasbiy faoliyatni tipologiyalashtirishga e’tibor qaratadilar. Ular shaxsning kompleks mo’ljal olishga yo’naltirilgan bir qator tiplarini ajratishga erishdi:

Tipologiya (tip va ...logiya) — obʼyektlarni mavhum, umumlashgan model (tip)lar yordamida ilmiy tasnif qilish usuli. Bunda oʻrganilayotgan obʼyektlarning eng muhim struktur (tarkibiy) va funksional xususiyatlari kayd etiladi. T.ning asosiy xususiyati shundaki, u nafaqat oʻrganilgan, bilib olingan obʼyektlarni tasnif kilish, balki u yoki bu davrdagi fanga xali maʼlum boʻlmagan obʼyektlarning mavjud boʻla olishini avvaldan koʻrsatish (aniklash)ga ham imkon beradi (mas., D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi). Ilmiy tafakkurning universal usullaridan biri boʻlgan T. oʻrganilayotgan obʼyektlar oʻrtasidagi oʻxshashlik va tafovutni ochib berishga, ularni aynan oʻxshatish, tenglashtirish yoʻllarini topishga asoslanadi va koʻplab fan sohalarida qoʻllanadi, biroq xilmaxil xossali obʼyektlari koʻp boʻlgan biol. kimyo, geogr. tilshunoslik, psixologiya kabi fanlarda samarali foydalaniladi.


Download 229.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling