Qaror qabul qilish


Download 236.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana13.10.2023
Hajmi236.66 Kb.
#1701449
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-мавзу



Qaror qabul qilish - bu tashkilot rahbarining oldidagi maqsadga erishish 
uchun o‘z vakolati va omilkorligi doirasida qarorning mavjud variantlaridan eng 
maqbulini tanlash jarayonidir. 
6- 
Mavzu. BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH 
Reja: 
 
1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo‘yiladigan talablar 
2. Boshqaruv qarorlarini tasnifi 
3. Qarorlarni ishlab chiqish va uni qabul qilish 
4. Qarorlarni ijrosini uyushtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish 
Tayanch so‟zlar: boshqaruv qarorlari, boshqaruv jarayoni, motivatsiya, 
―Ehtiyojlar ustunligi‖ nazariyasi, ―Boisiy tozalanish‖ nazariyasi, axborot, birlamchi 
va ikkilamchi axborotlar, kommunikatsiya, kommunikatsion siyosat, qaror, Ringi 
usuli. 
1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo‟yiladigan talablar 
Qaror - bu bajarilishi lozim bo‘lgan ishning aniq bir yo‘lini tanlab olishdir. 
Boshqacha qilib aytganda, qaror - bu u yoki bu yo‘lni tanlab olishda bir to‘xtamga 
yoki muayyan bir fikrga kelishdir. Bunday qarorlarni har birimiz bir kunda o‘nlab- 
yuzlab, bir umr davomida esa ming-minglab qabul qilamiz. Masalan, kiyim 
javonidagi qaysi bir kiyimni tanlab kiyish, taomnomadan qaysi ovqatni, manzilga 
etib olishda transport turini, kasbni tanlash va hk. Bunday misollarni ko‘plab 
keltirishimiz mumkin. 
Qaror qabul qilish zaruriyati mavjud holatning bo‘lishi lozim bo‘lgan 
holat bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Masalan, davlat tomonidan 
qat'iy belgilab qo‘yilgan narx bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z funktsiyasini bajara 
olmaydi. Shu sababli narxlarni erkinlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. 
Qaror qabul qilish imkoniyatining muqobil yo‘llari bo‘lganda vujudga 
keladi va rahbar ulardan birini, eng maqbulini tanlaydi. Qarorning eng samarali 
variantini topish uchun rahbar "etti o‘lchab bir kes" maqoliga rioya qilishi darkor. 

Download 236.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling