Qaror qabul qilish
Download 236.66 Kb. Pdf ko'rish
|
7-мавзу
Bu erda asosiy maqsad va vazifa respublika uchun zarur bo‘lgan don mahsulotini etishtirishdir. Shunday qilib, muammoni aniqlash, vaziyatni va muammoni kelib chiqish sabablarini aniqlashdan boshlanadi. Vaziyatni aniqlash deganda muammoning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish tushuniladi (2-chizma). Qaror modelini ishlab chiqish va maqbul variantni ajratib olish esa mezonlarni tanlash bilan bevosita bog‘liq. Mezonlarni tanlash vazifalarning har xil variantlarini muhokama qilish, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashdan boshlanadi. Bu masalani hal qilishda taklif qilingan variantlarni iqtisodiy tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Berilgan variantlarni tahlil qilishda matematik, grafik, mantiqiy va boshqa usullar qo‘llaniladi. Tanlab olingan variantning maqsadga muvofiqligi va afzalligi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, texnik va boshqa mezonlar bo‘yicha umumiy tarzda baholanadi. Bunda mezonlar, aniq omillar va sharoitlarni tanlashga o‘tiladi. Shundan so‘ng qaror tayyorlashning navbatdagi bosqichiga o‘tiladi. Bu bosqichda qo‘yilgan vazifani bajarish modeli ishlab chiqiladi. 4. Muqobil variantlarni aniqlash 5. Muqobil variantni tanlash 6. Qaror to‘g‘risida kеlishib olish Model - bu boshqaruv oldida turgan vazifani hal etish chizmasidir. Dastur tuzish Algoritm tuzish Qarorni modеllashtirish Modеl maqbulligini baholash Qaror modеlini ishlab chiqish 3- chizma. Vaziyatni tahlil qilish va muammoni aniqlash jarayoni Model oddiy yoki dasturlashni talab qiluvchi, murakkab bo‘lishi ham mumkin. Murakkab qarorlarni qabul qilishda matematik yoki statistik modellardan foydalaniladi. Bu modellar muammolarni miqdor jihatdan tavsiflaydi va optimal variantli boshqarish qarorini qabul qilish uchun asos xizmatini o‘taydi. Modellashtirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: tahlil qilinadigan muammolar tarkibiy qismlarga bo‘linadi, omillar aniqlanadi; tanlab olingan omillarning o‘zaro aloqasi aniqlanadi va o‘zaro ta'siri baholanadi, vazifani hal etish modeli belgilanadi; tadbirlar majmui ishlab chiqiladi; qarorlar variantlarining samaradorligi, ularni oshirish yo‘llari aniqlanadi. Bularni quyidagicha ifodalash mumkin: Download 236.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling