Qaror qabul qilish


Download 236.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana13.10.2023
Hajmi236.66 Kb.
#1701449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-мавзу

5- 
jadval. 
Boshqaruv qarorlariga qo‟yiladigan talablar 
T/r 
Talablar 
Izoh 
1. 
Ilmiy 
asoslangan 
bo‘lishi lozim 
Boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqarish holatini tahlil qilishdan 
kelib chiqishi, iqtisodiy, texnikaviy va boshqa ijtimoiy qonunlarning 
amal qilishini hisobga olishi, hozirgi zamon fan-texnika yutuqlari 
negizida qabul qilinishi lo‘nda va aniq bo‘lishi lozim. 
2. 
Bir-biri 
bilan 
aloqador va yakdil 
bo‘lishi kerak 
Muayyan vazifani hal etishda ko‘pincha asosiy masalalardan kelib 
chiqadigan qo‘shimcha vazifalarni hal etishga to‘g‘ri keladi. Bu 
vazifalar qaror qabul qilinayotgan bosh vazifaga bo‘ysundirilishi 
lozim. Barcha qaror, ko‘rsatma, qoidalar bir-biri bilan bog‘lanadi. 
Shuningdek, ular oldindan qabul qilingan va amaldagi qarorlar bilan 
muvofiqlashtiriladi. 
3. 
Huquq 
va 
javobgarlik doirasida 
bo‘lishi lozim 
Rahbar qarorni o‘ziga berilgan huquqlar doirasidagina qabul qilishi 
mumkin. Bu erda gap boshqarishning barcha bo‘g‘inlarida huquq va 
javobgarlik ko‘lami nisbati to‘g‘risida boryapti. huquqlar katta, 
mas'uliyati esa kam bo‘lsa, ma'muriy o‘zboshimchalikka, 
o‘ylamasdan qaror qabul qilishga yo‘l ochiladi. huquqlar ozu
mas'uliyat katta bo‘lsa, bu ham hech qanday naf keltirmaydi. 
4. 
Aniq 
va 
to‘g‘ri 
yo‘nalishga ega 
bo‘lishi kerak 
Har qanday qaror va aniq bajaruvchiga tushunarli bo‘lishi lozim. 
qarordan bir necha ma'no kelib chiqishiga va uni turlicha talqin qilish 
yoki tushunishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
5. 
Vaqt bo‘yicha qisqa 
bo‘lishi kerak 
Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida qisqa muddatli 
qarorlar qabul qilinishi lozim. 
6. 
Vaqt bo‘yicha aniq 
bo‘lishi lozim 
Har qanday qarorning bajarilish muddati aniq ko‘rsatilishi kerak. Aks 
holda uning bajarilishini ob'ektiv nazorat qilish imkoniyatiga ega 
bo‘linmaydi. 
7. 
Tezkor 
bo‘lishi 
kerak 
Har qanday qaror o‘z vaqtida, ya'ni ishlab chiqarishdagi vaziyat talab 
qilgan vaqtning o‘zida qabul qilinishi zarur. Kechikib yoki 
shoshqaloqlik bilan qabul qilingan qarorning har ikkisi ham 
zararlidir. 
8. 
Samarali 
bo‘lishi 
lozim 
Qabul qilingan qarorning samaraliligi deganda qo‘yilgan maqsadga 
eng kam harajat bilan erishish tushuniladi. 



Download 236.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling