1-mavzu: Kasblar va professionalizm mutaxassislikka kirish fanining asosiy tushunchasi sifatida


Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to`plash usulidir


Download 1.23 Mb.
bet5/5
Sana20.06.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1636643
1   2   3   4   5
Bog'liq
психология фанига кириш 2

Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to`plash usulidir.

  • Erkin kuzatuv ko`pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o`rganish maqsad qilib qo`yilganda qo`llaniladi.
  • Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi. Ular yordamida biror o`rganilayotgan hodisa xususida ham sifat, ham miqdor xarakteristikalarini olish, ularni ko`pchilikda qayta-qayta sinash va ma’lumotlarni analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin bo`ladi.
  • Test – so`rov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi.
  • Test – tushunchasini ilk bora Amerikalik psixolog D.Kettel 1890 yilda «Mind» maqolasida kiritgan.

Eksperiment – zamonaviy psixologiya metodlaridan biri bo`lib, u mustaqil bo`lgan o`zgaruvchilarni, mustaqil bo`lmagan o`zgaruvchilarga ta’siri aniq hisobga olishga asoslanadi. Ilk bora psixologik tajribalar X1X asrning P yarmida V.Vundt (Germaniya) laboratoriyasida o`tkazilgan.

  • Eksperiment – zamonaviy psixologiya metodlaridan biri bo`lib, u mustaqil bo`lgan o`zgaruvchilarni, mustaqil bo`lmagan o`zgaruvchilarga ta’siri aniq hisobga olishga asoslanadi. Ilk bora psixologik tajribalar X1X asrning P yarmida V.Vundt (Germaniya) laboratoriyasida o`tkazilgan.
  • Laboratoriya eksperimenti – psixologik metodi bo`lib, u sun’iy sharoitda unga ta’sir etuvchi barcha omillar nazoratida amalga oshiriladi.
  • Tabiiy tajriba ilk bor 1910 yilda rus psixologi L.F.Lazurskiy tomonidan qo`llanilgan. Tabiiy eksperiment shunday tajriba turiki, u o`z ichiga tajriba ishtirokchilariga bildirilmagan holda o`yin, mehnat, o`quv faoliyatini qamrab olishi mumkin

Umumiy psixologiyaning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat.

  • Determinizm
  • Ong va faoliyat birligi
  • Psixikaning faoliyatda rivojlanish printsipi.
  • Determinizm (lotincha – determinata – belgilayman) printsipi tabiat va jamiyat hodisalari, shu jumladan psixik hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanishi haqidagi ta’limotdir. Shu boisdan psixika, ongning ob’ektiv borliq va nerv sistemasi bilan belgilanishi ilmiy psixologiyaning buyuk yutug`i hisoblanadi. Shuning uchun determinizm psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o`zgarishiga mutanosib ravishda u o`zgarishini anglatadi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling