1-mavzu: kirish. Agrokimyo fani maqsadi, vaziflari, uning boshqa fanlar bilan aloqasi reja
Agrokimyo fanining asosiy mazmunini D.N.Pryanishnikov talqinida ifodalanishi
Download 30.21 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-мавзу
Agrokimyo fanining asosiy mazmunini D.N.Pryanishnikov talqinida ifodalanishi.
AGROKIMYO FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI Agrokimyo fanining asosiy perdmeti - bu o‘simlik, tuproq va o‘g‘itlar hamda ular orasidagi o‘zaro ta’sir munosabatlarini o‘rganishdir. Agrokimyo fanining maqsadi - o‘g‘itlarning har xil turlari va shakllari, xususiyatlarini xisobga olgan holda o‘simliklarning oziqlanishi uchun eng yaxshi sharoit yaratishdir. Shuningdek, o‘g‘itlarning tuproq bilan o‘zaro ta’sir xususiyatlarini, ularning eng samarali shakllarini, yerga solish usullari va muddatlari tizimini yaratishdir. Agrokimyoning bosh vazifasi o‘simlik, tuproq va o‘g‘it sistemasida kimyoviy elementlar balansini va aylanishini boshqarishdir. Agrokimyo maktabining asoschisi D.N.Pryanishnikov agrokimyoning asosiy vazifasini ifodalab, shunday yozgan edi: «Agrokimyoning bosh vazifasi dehqonchilikda moddalar aylanishini o‘rganish, tuproq va o‘simliklarda kechadigan kimyoviy jarayonlarga ta’sir qiluvchi turli xil omillarni aniqlash, qaysiki bu omillar olinadigan hosilni oshirish va kamaytirishi, shu bilan birga uning tarkibini ham o‘zgartirishi mumkin. O‘g‘itlarning qo‘llanilishi esa ushbu moddalar aylanishiga insoniyatning aralashuvini bosh usulidir. Zamonaviy agrokimyoarning vazifasi - har xil qishloq xo‘jalik ekinlarini berilgan har xil mahsuldorlik darajasida va ularning navlarini yetishtirish mintaqalarini hisobga olgan holda barcha biogen elementlarnig aylanishini aniq parametrlarini aniqlashdir. Mineral o‘g‘itlarning qo‘llanishi xo‘dalikdagi yetishtiriladigan o‘simliklarning oziqlanishida yagi ozuqa elementlarini kpayishiga imkon yaratdi, organik o‘g‘itlarning va boshqa har xil chiqindilardan foydalanish esa ozuqa elementlaridan qaytadan foydalanish imkoniyatini beradi, yani o‘simlik bargi, poyasi, ildizi tarkibidagi ozuqa elementlaridan o‘simliklar keyingi rivojlanish davrlarida foydalaniladi. Mineral o‘g‘itlar ham, organik o‘g‘itlar ham tuproqning xususiyatlariga (uning kimyoviy, fizikaviy, biologik xususiyatlariga) kuchli ta’sir etuvchi vositalardir. Shuningdek, o‘simliklarning oziqlanishiga, o‘sishiga, rivojlanishiga va hosil sifatiga kuchli ta’sir etuvchi omillardir. Mineral va organik o‘g‘itlarning qo‘llanilish, ularning samaradorligini oshirish dehqonchilikni kimyolashtirishning asosini tashkil etadi. O‘g‘itlar bilan har xil ozuqa elementlarini tuproq tarkibiga kirishi va ularning hosilni shakllanishida sarflanishi boshqa jarayonlarni murakkablashtiradi. Yani ozuqa elementlarining ta’sirida tuproq xususiyatlari buzilishi, sizot suvlarining tarkibiy o‘zgarishi va ozuqa elementlari shamol va suv eroziyasi ta’sirida atrof muhitni ifloslantirishi mumkin. Shu bilan birga bazi ozuqa elementlari tuproqqa atmosfera yog‘inlari va mikroorganizmlar faoliyati natijasida ham tushishi mumkin (azot). Bundan tashqari hosilning keyingi taqdiri moddalar aylanishiga kuchli ta’sir etadi. yani hosilning tovar qismida ozuqa elementlari hosilning sotilishi, qayta ishlanishi va boshqa jarayonlarda xo‘jalikdan tashqariga chiqib ketadi, ikkilamchi tovar bo‘lmagan qismi (poyasi, bargi, poxoli va boshqalar) chorvachilikda yem-xashak va to‘shama sifatida ishlatilib, yana xo‘jalik yerlariga qaytadi. Shuning uchun Agrokimyoda hosilning tovar qismidagi chiqib ketadigan ozuqa elementlariga alohida eotibor beriladi. AGROKIMYO FANINI O‘RGANISH VA TEKSHIRISH USULLARI Agrokimyoviy tekshirishlarda qo‘llaniladigan asosiy usullar ikki guruhga bo‘linadi: biologik va laboratoriya usullariga bo‘linadi. Bu usullar deyarli birgalikda qo‘llanilib, bir-birini to‘ldiradi. Biologik usullar: dala tajribalari, vegetatsion va lezimetrik usullardan ibort bo‘ladi. Dala tajribasi usuli - ta’sir qiluvchi sharoitlar yoki ekinlarning parvarish qilish usullarining ekinlar hosiliga ta’sirini aniqlash maqsadida tabiiy sharoitda, yani dalaning o‘zida maxsus ajratilgan maydonlarda olib boriladi. Dala tajribasi turli tuproq-iqlim sharoitlarida agrotexnika va boshqa omillarga bog‘liq holda qo‘llaniladigan o‘g‘itlrning samaradorligini o‘rganishning asosiy usulidir. Vegetatsion usul - alohida omillardan har birining o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi, moddalar almashinuvi, oziqlanishi va hosiliga ta’sirini tekshirib ko‘rishga imkon beradi. Vegetatsion tajribalarda o‘simliklar shishadan yasalgan maxsus uychalarda, suvli, qumli va tuproqli muhitlarda sim to‘r ostida o‘stiriladi. Vegetatsion tajribalarda o‘simliklarning oziqlanish sharoitlarini va ma’lum darajada tashqi muhit sharoitlari - nam rejimi, yorug‘lik, harorat va shu kabi omillarni ham qatiy tekshirish ham boshqarib turish mumkin bo‘ladi. Olib boriladigan tadqiqotlarning maqsadiga qarab, vegetatsion tajribalar mustaqil ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin yoki dala tajribasiga qo‘shimcha ravishda o‘tkazilishi mumkin. Lezimetrik usul - tabiiy sharoitda maxsus qurilmalar - mezimetrlar yordamida tuproq qatlamlarida suvning harakati va sizib o‘tishini o‘rganishga yordam beradi. Agrokimyoviy tadqiqotlarda mezimetrik usul o‘g‘itlar bilan qilinadigan tajribalarda suv rejimini, mineral tuzlarning va ekinga solinadigan o‘g‘itlarning tuproqdan yuvilib ketishi darajasini o‘rganishda, shuningdek tuproqdagi oziq moddalar balansini ularning tuproqqa tuishi bilan o‘simliklar tomonidan olib chiqib ketilishi va yo‘qoladigan miqdorlarini taqqoslab ko‘rishda qo‘llaniladi. Laboratoriya usuli o‘simliklarni, tuproq va o‘g‘itlarni agrokimyoviy analiz qilishning laboratoriya usuli biokimyoviy, mikrobiologik, fizikaviy, kimyoviy usullarini o‘z ishlab chiqarishiga oladi. Laboratoriya usullari yordamida agrokimyoviy obektlarni analiz qilish yetakchi o‘rinni egallaydi. Tajribalarning aniqligi va olingan natijalarning to‘g‘riligi haqida xulosa chiqarish, o‘g‘itlar bilan hosildorlik orasidagi bog‘liqlikni aniqlash, o‘simliklarning yutish jarayonlarini modellashtirish, oziq moddalarning tuproqda aylanishi va ularning tuproqdan hamda o‘g‘itlardan yo‘qolishini aniqlashga doir agrokimyoviy tadqiqotlarda matematik usullardan ham foydalaniladi. AGROKIMYO FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI VA ULAR ORASIDA TUTGAN O‘RNI Agrokimyo fani bir qator fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanadi va faoliyat olib boradi. Yashil o‘simliklarning oziqlanishini o‘rganish uni o‘simliklar fiziologiyasi fani bilan uzviy bog‘laydi. Agrokimyo fani nafaqat yashil o‘simliklarni oziqlanishini o‘rganibgina qolmay, balki uni ishlab chiqarish sharoitida boshqarib turadi, yani qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshiradi va sifatini yaxshilaydi. Qishloq xo‘jalik kinlarini yetishtirishda agrokimyo fani tuproqning xususiyatlarini chuqur o‘rganadi va tuproqshunoslik fani bilan chambarchas aloqada bo‘ladi. Agrokimyo fani, xususan har bir agrokimyogar chorvachilik asoslarini har tomonlama mukammal bilishi kerak. Chorvachilikdan chiqadigan go‘ng va boshqa chiqindilar qishloq xo‘jalik ekinlai uchun qimmatli o‘g‘it hisoblanadi. Shuning uchun Agrokimyo fani chorvachilik so’asidagi fanlar bilan uzviy aloqada bo‘ladi. Bundan tashqari, Agrokimyo fani dehqonchilik, o‘simliklarni ’imoya qilishso’asidagi fanlar entomologiya, fitopotologiya, fitotsenologiya kabilar bilan uzviy munosabatda bo‘ladi. Hozirgi paytda Agrokimyo fani biokimyo, genetika, seleksiya va fanning yangi so’alari - gen injeneriyasi, biotexnologiya, iqtisodiy yo‘nalishdgi bir qator fanlar, matematika va zamonaviy informatika - hisoblash texnikasi kabi fanlar bilan aloqadorlikda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. AGROKIMYO FANINING XALQ XO‘JALIKDAGI AHAMIYATI Agrokimyo qishloq xo‘jalik ekinlarini intensiv texnologiya asosida yetishtirishda muhim rol o‘ynaydi, hosilni yuzaga kelishida ishtirok etuvchi hamma omillarni optimal darajada bir-biri bilan muvofiqlashtirib turadi. Eng yuqori, iqtisodiy jihatdan samarali hosil olish uchun qishloq xo‘jalik ekinlarining eng yaxshi navlaridan foydalaniladi, tuproqning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlarini yaxshilash, o‘simliklarning o‘suv davrida kimyolashtirish vositalaridan foydalanish, hamma agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli qilib olib boriladi. Agrokimyo fani tez suratda rivojlanib bormoqda, bunday rivojlanish esa ishlab chiqarishning va amaliyyotning talabi bilan belgilanadi. Mineral va organik o‘g‘itlar qo‘llanilishining o‘sishi asosida qishloq xo‘jalik ekinlari mahsuldorligini doimiy ravishda ko‘payib borishi bilan qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish texnologiyasini yaxshilanishi, seleksiya va boshqa fanlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishda ularni Mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirishni balanslashtirish, tabaqalashtirish, turli xil tuproq -iqlim sharoitlarida yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik ekinlarini biologik xususiyatlarini o‘rganish, tuproqlarni har xil ozuqa elementlarib ta’minlanganligini aniqlash, tuproqlarni kimyoviy melioratsiyalash (ohaklash, gipslash) va yuqoridagi ko‘rsatkichlar asosida agrokimyoviy kartogrammalar tuzish va boshqa bir qator agrokimyoviy tadbirlar asosida amalga oshiriladi. Agrokimyo fani qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlariga malakali, yetuk mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Agrokimyo kimyo sanoatining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish va ulardan turli xil tuproq -iqlim sharoitlarida foydalanish borasidagi davlat tadbirlarini tuzishda juda katta ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda, aniqsa atrof-muhitni muhofaza qilish, sof, toza agrokimyoning ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Agrokimyo dehqonchilikni kimyolashtirishning nazariy asosi hisoblanadi. XULOSALAR Agrokimyo dehqonchilikda moddalarning aylanishini, o‘simliklarning oziqlanish jarayonida o‘simlik, tuproq va o‘g‘it orasidagi o‘zaro ta’sirni, shuningdek hosilni oshirish, uning sifatini yaxshilash maqsadida moddalarning aylanishini va qishloq xo‘jalik ekinlarining oziqlanishini boshqarish usullarini o‘rganadi. O‘simliklarning oziqlanishni va o‘simlik, tuproq va o‘g‘it orasidagi o‘zaro ta’sirni o‘rganish agrokimyoning nazariy asosini tashkil etadi. nazariy asoslarni bilish o‘g‘itlar ishlatishga doir amaliy masalalarni ijodiy ’al etishga imkon beradi, bunday masalalarni esa agrokimyo ishlab chiqadi. O‘g‘itlarning eng samarali shakllari, meyorlari, dozalari va nisbatlari, ularni har xil tuproq -iqlim sharoitlarida turli qishloq xo‘jalik ekinlariga solishning optimal mudatlari va usullari, o‘g‘it solishni tuproqqa ishlov berish, almashlab ekish, sug‘orish va boshqa agrokimyoviy tadbirlar bilan muvofiq ravishda qo‘shib birga olib borish ana shunday masalalr jumlasiga kiradi. Agrokimyoning asosiy maqsadi o‘g‘itning har xil turlari va shakllari, xususiyatlarini o‘rganish hamda hisobga olgan holda o‘simliklarning oziqlanishi uchun eng yaxshi sharoit yaratishdir. Agrokimyoning bosh vazifasiga esa tuproq -o‘simlik sistemasida kimyoviy elementlar blansini va aylanishini boshqarish kiradi. O‘z-o‘zini tekshirish uchun nazorat savollari Agrokimyo fani nimani o‘rganadi? Agrokimyo fanining maqsadi nimadan iborat? Agrokimyoning bosh vazifasi nimadan iborat? Moddalar aylanishiga insoniyatning aralashuvining bosh omili nima? Xo‘jalikda mineral va organik o‘g‘itlarning qo‘llanilishidan qaysi imkoniyatlar yuzaga keladi? Agrokimyo qanday tekshirish usullaridan foydalanadi? Agrokimyo fani qaysi fanlar bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanadi? Agrokimyoning qishloq xo‘jalikdagi ahamiyati? Agrokimyoning kimyo sanoatining rivojlanishidagi ahamiyati. Agrokimyoning fan sifatida malakali mutaxassis tayyorlash borasidagi ahamiyati. Download 30.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling