O’simliklar oziqlanishiga tashqi muhit omillarining ta’siri slayd


Download 67.54 Kb.
bet1/2
Sana18.11.2023
Hajmi67.54 Kb.
#1785429
  1   2
Bog'liq
Ўсимликларнинг ривожланишига ташқи мухитнинг тасири

SAMARQAND AGROINNOVATSIYALAR VA TADQIYQOT INSTITUTI IQTISODIYOT VA BOSHQARUV FAKULTETI 60811300-QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINI SAQLASH VA DASTLABKI ISHLASH TEXNOLOGIYASI (MAHSULOTLAR TURLARI BO‘YICHA) TUPROQSHUNOSLIK VA AGROKIMYO FANI TEKSHIRDI:BOBIR SHONIYOZOV BAJARDI: QUDRATOVA ETIBOR

Mavzu: O’simliklar oziqlanishiga tashqi muhit omillarining ta’siri

Tuproq eritmasining konsentratsiyasi

  • Tuproq eritmasining konsentratsiyasi kichik bo’lgan hollarda o’simliklar sust rivojlanadi, ularda oziq elementlar tanqisligi kuzatiladi. Konsentratsiyaning juda yuqori bo’lishi ham o’simliklar oziqlanishida salbiy oqibatlarga olib keladi. O’simliklarning ildiz tizimi juda suyuq eritmalardan ham (0,01—0,05%) oziq moddalarni o’zlashtirish xususiyatiga ega. Tabiiy sharoitlarda sho’rlanmagan tuproqlar eritmasining konsentratsiyasi 0,02—0,2% ni tashkil qiladi. Tuproq eritmasi konsentratsiyasi bir muncha yuqori bo’lganda ionlar o’simliklar tomonidan yaxshi o’zlashtiriladi, suv esa ildiz tomonidan tuproqning o’g’it kiritilmagan qatlamlaridan yaxshi shimiladi. Bu o’g’itlardan foydalanishda albatta hisobga olinishi lozim.
  • Tuzlar konsentratsiyasining yuqori bo’lishi eritma osmotik bosimini oshiradi va tabiiyki, o’simliklarga suv hamda oziq moddalar yutilishini qiyinlashtiradi. Qishloq xo’jalik ekinlari rivojlanishining ilk davrlarida eritma konsentratsiyasining yuqori bo’lishini talab qiladi.
  • Keltirilgan ma’lumotlardan eritma konsentratsiyasi 25,9 mmol/g bo’lganda bodringdan yuqori hosil olinishi kuzatiladi. Konsentratsiyaning yanada oshirilishi barg chekkalarining qurishi, tomirlarining qo’ng’ir tus olishi va hosilning kamayishi bilan yakunlanadi.

Oziq muhitidagi elementlar nisbati

  • Oziq muhitidagi elementlar nisbatini hisobga olish o’simliklar mineral oziqlanishini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Ekinlar rivojlanishining turli davrlarida har xil nisbatdagi oziqa elementlarni talab qiladi.
  •  Oziq elementlarni ildizga yutilishi ko’p jihatdan gidratlangan ionlar diametriga bog’liq bo’lib, diametri kichik elementlar ko’proq yutiladi. Ayrim elementlar bundan mustasno: masalan, diametri katta bolsada, K+ ioni rubidiy va seziyga, Cl─ esa boshqa galogenlarga nisbatan tezroq yutiladi.
  • O’simlik tanasi faoliyatining me’yorida bo’lishi bevosita tashqi muhitdagi kation va anionlarning o’zaro nisbatiga bog’liq.
  • Tajribalar asosida azot bilan yaxshi ta’minlangan o’sitnliklar K, Ca, Mg, Cu, Fe, Mn va Zn kabi elementlarning yaxshi o’zlashtirishi, fosforning ortiqcha miqdori Cu, Fe va Mn elementlari yutilishini cheklashi aniqlangan. Kaliy ta’sirida o’simlik tanasiga Ca, Mg va yana bir qator elementlar kamroq yutiladi.
  • Oziqlanish niuhitidagi bironta elementning boshqa elementlarning yutilishiga yordam berishi ionlar sinergizmi iboralari bilan yuritiladi. Agar tuzlar aralashmasining ta’siri alohida olingan komponentlar ta’siriga teng bo’lsa, ionlar adidtivligi deyiladi.
  • Azot, fosfor va kaliy yetarli bo’lgan sharoitlarda o’simliklarning mikroelementlarga talabchanligi ortadi. Masalan, tuproqda Fe, Mn va Zn taqchil b o’lsa, o’simliklarga azotning yutilishi kamayadi. Cu, Zn, Mo kabi mikroelementlar fosforning yutilishiga ijobiy, kaliyning o’zlashtirilishiga salbiy ta’sir qiladi.
  • O’simliklarning ildiz tiziini oziqa moddalarni tanlab, ma’lum miqdor va nisbatlarda yutish qobiliyatiga ega.

Download 67.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling