Tayanch-harakatlanish sistemasining tuzilishi, funksiyasi va ahamiyati - Tayanch-harakatlanish sistemasi skelet va muskullardan tashkil topgan bo‘lib, organizmda tayanch, harakatlanish va himoya funksiyasini bajaradi. Ko‘krak qafasi skeleti va muskullari - yurak va o‘pkani, qorin bo‘shlig‘i devori - oshqozon, ichak va buyraklarni, kalla qutisi - bosh miyani,umurtqa pog‘onasi - orqa miyani har xil ta’sirlardan himoya qiladi.
- Odam skeletining tuzilishi. Odam skeleti 206 ta suyakdan tashkil topgan bo‘lib, ulardan 85 tasi juft, 36 tasi toq va ular joylashishiga ko‘ra umurtqa pog‘onasi, bosh, tana, qo‘l va oyoq hamda ularning kamar skeletlariga ajratiladi (14-rasm).
- Odam tanasi skeleti:
- - bosh, 2 - pastki j ag‘, - umurtqa pog'onasi, - o‘mrov, 5 — kurak, 6 - to‘sh,
- qovurg‘alar, 8 - yelka suyagi, 9 - chanoq, 10 - tirsak,
- - bilak, 12 - panja, 13 - son, 14 tizza qopqog i, 15 - katta boldir, 16-kichik bolder 17-tovon suyaklari.
- Tuzilishiga ko‘ra, suyaklar naysimon, yassi, g‘ovak va g‘alvirsimon bo‘ladi.
Naysimon suyaklar, o‘z navbatida, ikki xil bo‘ladi. Uzun naysimon suyaklar (yelka, bilak, son, boldir suyaklari); kalta naysimon suyaklar (qo‘l va oyoqning kaft va barmoq suyaklari). - Naysimon suyaklar, o‘z navbatida, ikki xil bo‘ladi. Uzun naysimon suyaklar (yelka, bilak, son, boldir suyaklari); kalta naysimon suyaklar (qo‘l va oyoqning kaft va barmoq suyaklari).
- G‘ovak suyaklar ham ikki xil: uzun g‘ovak (qovurg‘a, to‘sh, o‘mrov), kalta g‘ovak (umurtqa, kaftusti suyaklari) bo‘ladi.
- Yassi suyaklar — bosh suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak va chanoq suyaklaridir.
- G‘alvirsimon suyaklar — yuqorigi jag‘, peshana, bosh suyagining pastki asos qismidagi ponasimon va g‘alvirsimon suyaklar.
- umurtqa pog'onasi bo‘limlari (oldingi tomondan ko‘rinishi): 1 - bo‘yin, 2 - ko'krak, 3 - bel, 4 - dumg'aza, 5 - dum; b - umurtqa pog'onasi egikliklari (yon tomondan ko‘rinishi): 1 - umurtqa pog‘onasi kanali, 2 - bo‘yin lordozi, 3 - ko'krak kifozi, 4 - bel lordozi, 5 - dumg‘aza kifozi.
Do'stlaringiz bilan baham: |