1-mavzu: Kirish. Asosiy metrologik tushunchalar va ta’riflar. Reja: O’lchov asboblarining sanoatda qo’llanilishi. Metrologiyaning asosiy atama va ta’riflari


Download 21.54 Kb.
bet4/4
Sana07.05.2023
Hajmi21.54 Kb.
#1437508
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu. elektr o\'lchash

Qarama-qarshi qo'yish usulida oʻlchanayotgan kattalik va oʻlchov qiymatlari bir vaqtda taqqoslash qurilmasiga ta'sir etadi. Agar aniqligi yuqori boʻlgan koʻp qiymatli oʻlchov va soddaroq tuzilichga ega boʻlgan taqqoslash qurilmasi boʻlsa, bu usul qulay hisoblanadi.
Almashlash usulida oʻlchanayotgan kattalikning va oʻlchovning qiymatlari ketma-ket bitta asbob bilan oʻlchanadi. Ikkita oʻlchash natijasi hamda oʻlchanayotgan kattalikning izlanayotgan qiymati topiladi. Qarshilikning qiymati rostlanuvchi oʻlchov (qarshiliklar magazini) va oʻzgarmas tok koʻprigi yordamida oʻlchash bu usulga misol boʻlishi mumkin. Bunda avval qiymati oʻlchanayotgan qarshilik ko'prik yelkasiga ulanib, muvozanat holatiga keltiriladi. Keyin qarshilik oʻrniga rostlanuvchi oʻlchov ulanadi va uning qiymati rostlanib koʻprik muvozanatga keltiriladi. Rostlanuvchi oʻlchov qiymati noma'lum qarshilikning qiymatiga teng boʻladi.
Mos tushish usuliga koʻra oʻlchanayotgan kattalik va oʻlchov qiymatlarining farqi asbob shkalasidagi yoki davriy signalidagi belgiga mos kelishi asosida oʻlchanadi. Bu usul noelektrik kattaliklarni o'lchashda keng qoʻllaniladi. Masalan, uzunlikni noniusli shtangensirkul, jism aylanish chastotasini stroboskop yordamida oʻlchash.
Oʻlchashlar oʻlchanayotgan kattalikning oʻlchash jarayonida oʻzgarishi xarakteriga koʻra statik va dinamik oʻlchashlarga boʻlinadi.
Statik oʻlchashlarga qiymati oʻlchash jarayoni mobaynida oʻzgarmaydigan oʻlchashlar kiradi. Bunga oʻzgarmas kattaliklarni oʻlchashdan tashqari, davriy oʻzgaruvchan kattaliklarning turgʻun reJimida amalga oshirilgan oʻlchashlar ham kiradi. Masalan, oʻzgaruvchan kattalikning amplituda qiymatini turgʻun rejimda oʻlchash.
Dinamik oʻlchashlarga qiymatlari oʻlchash jarayonida oʻzgarib turadigan kattaliklarni oʻlchashlar kiradi. Masalan, vaqt bo‘yicha o’zgaradigan kattalikning oniy qiymatini oʻlchash dinamik oʻlchashga misol boʻladi.

Savollar





  1. Metrologiya so’zining ma’nosi nima?

  2. Kattalikning o’lchami deb nimaga aytiladi?

  3. O’lchash axborot tizimi nima?

  4. Ishchi o’lchovlar nima?

  5. Elektr toki o’lchovini ayting.

Download 21.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling