1-mavzu: Kirish. Asosiy metrologik tushunchalar va ta’riflar. Reja: O’lchov asboblarining sanoatda qo’llanilishi. Metrologiyaning asosiy atama va ta’riflari


Oʻlchash – bu maxsus texnik vositalardan foydalangan holda tajriba yoʻli bilan fizik kattaliklarning qiymatini aniqlashdir. Fizik kattaliklar


Download 21.54 Kb.
bet2/4
Sana07.05.2023
Hajmi21.54 Kb.
#1437508
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu. elektr o\'lchash

Oʻlchash – bu maxsus texnik vositalardan foydalangan holda tajriba yoʻli bilan fizik kattaliklarning qiymatini aniqlashdir.
Fizik kattaliklar esa sifat jihatdan koʻpgina fizikaviy obyektlarda umumiy boʻlib, miqdor yoki son jihatdan har bir obyekt uchun xususiy boʻlgan xossadir.
Fizik kattalikning asosiy xossasi uning oʻlchamidir. Kattalikning oʻlchami deb, shu kattalikning tizimidagi asosiy kattaliklar bilan bog'liqligini koʻrsatadigan va proporsionallik koeffitsiyenti 1 ga teng boʻlgan ifodaga aytiladi. Umuman, fizik kattalikning birligi deganda son qiymati 1 ga teng qilib olingan kattalik tushuniladi. Ma'lum bir fizik kattalikning birliklari oʻzaro oʻlchamlari bilan farqlanishi mumkin. Masalan, kuch birligi 1 N massasi 1 kg boʻlgan jismga 1 m/s2 tezlanish beradigan oʻlcham boʻlib, quyidagi har xil oʻlcham
1 N = 1 kg∙1 m/1s2 ga teng.
O'lchashning texnik vositasi deb o'lchashda qo'llaniladiga va me’yorlangan xatolikka ega bo'lgan vositaga aytiladi. O'lchash vositalari qo'llanishiga ko'ra har xil bo'lishi mumkin: namunalar, elektr o'lchash asboblari, o'lchash o'zgartgichlari, o'lchash qurilmalari, o'lchash-axborot tizimlari.
Namunalar bir qiymatli (normal element, tarozi toshi va hk ko'p qiymatli (oʻzgaruvchan qarshilik, sig'im va h.k.) turlarga bo'linadi.
Fizik kattaliklarni o'lchash uchun o'lchash asboblaridan fodalaniladi. O'lchash asbobi deb, o'lchash ma'lumoti signalini uzatuvchi uchun qulay ko'rinishda ishlab chiqarishga mo'ljallanga oʻlchash vositasiga aytiladi. O'lchash asboblari ularning foydalanishi va ishlash prinsipiga ko'ra turlicha bo'ladi.
O'lchash axboroti signalini uzatish, o'zgartirish, ishlov berish va saqlash uchun qulay, lekin kuzatuvchining bevosita qabul qilishiga noqulay bo'lgan ko'rinishda ishlab chiqarishga mo'ljallangan oʻlchash vositasi oʻlchash oʻzgartgichi deb ataladi. Vazifasiga ko'ra oʻlchash o‘zgartgichlari birlamchi, oraliq, uzatish va masshtab oʻzgartgichlariga boʻlinadi.
O'lchashlarda turli yordamchi vositalardan ham foydalaniladi Ular asosiy oʻlchash vositalarining metrologik xossalariga ta'sir etadi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari taraqqiyoti oʻlchash-axborot tizimlari bilan bogʻliq.

Download 21.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling