1-mavzu: Kirish. Asosiy metrologik tushunchalar va ta’riflar. Reja: O’lchov asboblarining sanoatda qo’llanilishi. Metrologiyaning asosiy atama va ta’riflari


Download 21.54 Kb.
bet3/4
Sana07.05.2023
Hajmi21.54 Kb.
#1437508
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu. elektr o\'lchash

Oʻlchash-axborot tizimi – ishlov berishga qulay boʻlgan oʻlchash informatsiyasini avtomatik ravishda hosil qilishga moʻljallangan oʻlchash vositalari (oʻlchovlar, oʻlchash asboblari va oʻlchash oʻzgartgichlari) ni va yordamchi qurilmalarining bir-biriga kanallar yordamida bogʻlangan tizimidir.
Turli sohalarda foydalaniladigan barcha oʻlchov vositalari belgilangan talablarga javob berishi kerak. Bunda oʻlchash vositalarining bir xilligi ta'minlanadi, ya'ni o'lchash vositalari shkalasi tasdiqlangan birliklarda darajalangan va ularning metrologik xossalari me'yorlarga mos keladi.
Oʻlchash vositalari yordamida olingan fizik kattaliklar to'g risidagi axborot oʻlchash informatsiyasi deb ataladi.
3.Oʻlchash aniqligi va ishlatilish sohalariga koʻra, oʻlchovlar etalon, namuna va ishchi oʻlchovlarga boʻlinadi.
Fizik kattaliklar oʻlchov birligini boshqa oʻlchash vositalariga yuqori aniqlikda uzatish maqsadida saqlash va qayta ishlash uchun mo'ljallangan oʻlchov vositasi etalon deyiladi.
Vakolat berilgan davlat tashkilotining qarori bilan u yoki bu davlat hududida oʻlchov birliklarini oʻlchash sifatida qoʻllaniladigan etalon davlat etaloni deb ataladi.
Namuna oʻlchovlar esa ishchi oʻlchovlarni va oʻlchash asboblarini ishonchlash uchun ishlatiladi. Ba'zi bir oʻlchash jarayonlarida namuna oʻlchovlar bevosita qoʻllaniladi.
Ishchi oʻlchovlar bir xil kattaliklardagi bir qancha oʻlchamlarni takror koʻrsatish uchun koʻp qiymatli qilib tayyorlanadi.
Elektr kattaliklarning oʻlchovlari sifatida elektr yurituvchi kuch (EYK), elektr qarshiligi, induktivligi va oʻzaro induktivlik hamda sigʻim oʻlchovlari qoʻllaniladi.
Magnit kattaliklarning oʻlchovlari sifatida esa magnit oqimi, magnit maydon kuchlanganligi va magnit induksiya oʻlchovlaridan foydalaniladi.
Qarshilikning o'lchovlari standartga ko'ra R=10n Om ga teng qiymatda yasaladi, bundan n - 5 dan +10 gacha bo'lgan butun sonlardir. Atrof-muhit havo harorati 20°C bo'lganda, gʻaltak qarshiligining haqiqiy qiymati uning nominal qiymatidan eng ko'p yo'l qoʻyiladigan oʻzgarishga koʻra, oʻlchash g'altaklari 0,0005, 0,001, 0,002, 0,005, 0,01, 0,02, 0,05, 0,1 va 0,2 aniqlik klasslariga bo'linadi.
4. Oʻlchash usullari ikki turga bo'linadi: bevosita baholash usuli va taqqoslash usuli.
Bevosita baholash usulida oʻlchanayotgan kattalikning qiymati bitta yoki bir nechta asboblarning koʻrsatishi boʻyicha bevosita aniqlanadi. Bunda ishlatilayotgan asbobning shkalasi oʻlchanayotgan kattalik yoki unga bogʻliq boʻlgan boshqa bir kattalik oʻlchovbirligi boʻyicha darajalangan bo'ladi. Bu usulga zanjirdagi tokni ampermetr, kuchlanishni voltmetr yoki quvvatni vattmetr bilan oʻlchash misol boʻla oladi.
Taqqoslash usulida oʻlchanayotgan kattalik qiymati avvaldan maʼlum boʻlgan oʻlchov bilan taqqoslanadi. Bu usulning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, oʻlchash jarayonida oʻlchov bevosita ishtirok etadi.
Taqqoslash usuli, o'z navbatida, nol, differensial, qarama-qarshi qo'yish, almashlash va mos tushish usullariga boʻlinadi.
Nol usuli oʻlchanayotgan kattalikni oʻlchov bilan bir vaqtda yoki davriy ravishda taqqoslovchi usul boʻlib, unga koʻra muvozanat koʻrsatkichiga (nol-indikator) ta'sir etuvchi natijaviy taqqoslanish natijasi nolgacha kamaytiriladi. Bu usulga elektr qarshiligini toʻla muvozanatlanishga asoslangan koʻprik sxemasi bilan oʻlchash misol boʻlishi mumkin. Koʻprik sxemasida oʻlchashning aniqligi juda yuqori va nol-indikatorning sezgirligi katta boʻlganligi sababli, oʻlchash aniqligi yuqori boʻladi.
Differensial usulda asbob oʻlchanayotgan kattalik bilan oʻlchov qiymatlari farqini koʻrsatadi. Bu usulning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, oʻlchash jarayoni mobaynida oʻlchanayotgan kattalikning qiymati oʻlchov qiymati bilan qisman muvozanatlanadi. Qarshilikni muvozanatlanmagan ko'prik sxemasi yordamida oʻlchash differensial usulga misol boʻladi. Bu usulning aniqligi oʻlchanayotgan kattalik va oʻlchovning bir-biridan qancha farq qilishiga bogʻliq. Ushbu farq qancha kam boʻlsa, usulning aniqligi
shuncha yuqori boʻladi.

Download 21.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling