1-mavzu: Kirish. Asosiy metrologik tushunchalar va ta’riflar. Reja: O’lchov asboblarining sanoatda qo’llanilishi. Metrologiyaning asosiy atama va ta’riflari


Download 21.54 Kb.
bet1/4
Sana07.05.2023
Hajmi21.54 Kb.
#1437508
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu. elektr o\'lchash




1-mavzu: Kirish. Asosiy metrologik tushunchalar va ta’riflar.
Reja:
1. O’lchov asboblarining sanoatda qo’llanilishi.
2. Metrologiyaning asosiy atama va ta’riflari.
3. Asosiy elektr va magnit kattaliklarning o’lchovlari.
4. O’lchash usullari.
1.Bizni o'rab turgan tabiatni va undagi voqea-hodisalarni hamda mavjud fizik qonuniyatlarni anglashning asosiy usuli bu o’lchashdir. Shuning uchun barcha sohalarda fan va texnika taraqqiyoti hamda umuman jamiyatning rivojlanishi oʻlchash texnikaidagi rivojlanish bilan chambarchas bo‘gliq. Fizika, kimyo, mexanika va elektrotexnika kabi fanlarda tabiatning obyektiv qonunlarini ifoda etuvchi aniq bogʻlanishlarni yaratishda oʻlchash katta ahamiyatga ega boʻldi. Buyuk rus olimi D.I.Mendeleyev oʻlchashlar haqida «Har qanday fan oʻlchashdan boshlanadi» degan ta'rifi bilan oʻlchashning fan va texnika taraqqiyotida qanday ahamiyatga ega ekanligiga bir soʻz bilan ta'rif berib ketgan.
Bugungi kunda sanoatning barcha tarmoqlari korxonalarida oʻlchash asboblari va texnikasi hamma avtomatik nazorat, rostlash, texnologik uskunalar himoyasi va ularning hamda ishlab chiqarish jarayonlarining boshqaruv tizimlarining ajralmas qismini tashkil etadi. Nazorat-oʻlchash asboblari va texnik vositalar yordamida detallarning oʻlchamlari, ishlanish sifatlari baholanadi, tayyorlanayotgan mahsulotga sarflangan materiallar hisoblanadi, moddalarning fizik-kimyoviy xossalari aniqlanadi va bir qator boshqa amallar bajariladiki, bularsiz ishlab chiqarilayotgan mahsulotning kerakli hajm va miqdorini ta'minlash mumkin emas.
Qishloq va suv xoʻjaligi sohasida ham oʻlchash asboblari va texnikasining ahamiyati juda katta boʻlib, ular, ayniqsa, suv va energiya resurslaridan samarali foydalanish, tuproq, suv va havoning sifat parametrlarini uzluksiz nazorat qilish tizimlarini yaratishda, ochiq va quvurli suv bilan ta'minlash tizimlarida suv sarfi va sathini oʻlchash, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va yetishtirishning avtomatlashgan boshqaruv tizimlarida keng qoʻllanilmoqda. Respublikamizda suv resurslaridan samarali foydalanishda tarqoq joylashgan iste'molchilarni suv bilan ta'minlashning markazlashgan dispetcherlik punktlari orqali boshqarilishini va ularning nazoratini ta'minlashda, ob-havoning qanday kelishiga bogʻliq holda suv resurslarini diagnostika qilish, qishloq va suv xoʻjaligida ekologik nazorat tizimini joriy etishda zamonaviy telemetrik o'lchash - informatsion tizimni joriy etishda ham o’lchash asboblarining roli o'ta muhimdir.
O'lchovshunoslik fani ming yillik tarixga ega bo’lib jamoa tuzumida ham odamlar hayot faoliyati yer maydonlari, masofa kabi fizik o'lchovlar orqali o'lchaganlar. Masalan, o'lchov qarichlar, qadamlar va hokazo birliklardan foydalanilgan.
Tabiiy oʻlchovlardan qimmatbaho toshlarning o’lchov birliklari sifatida «no'xotcha» ma'nosini anglatuvchi karat, ya’ni 0,2 gramm, «bug'doy doni» ma'nosini anglatuvchi gran o’lchovlari ishlatilib kelingan.
calan. oʻlchov vositalari sifatida zo birliklardan foydalanilgan.
Astronomlarning Quyosh, Yer va Oyni yillik kuzatishlari natijasida vaqt birliklari – yil, oy, soat, minut va sekundlar vujudga kelgan.
Metrologiya xizmati va metrologik ta'minotning dastlabki shakllari ham asta-sekin vujudga kela boshlagan. Masalan, rus knazi Svyatoslav Yaroslavichning oltin kamaridan uzunliklarni oʻlchashning namunasi sifatida foydalanilgan. Oʻrta asrlarda Italiyada mamlakat cherkov va butxonalarida saqlanadigan marvarid donalaridan sochiluvchan moddalarning hajmi va massa birliklari sifatida foydalanilgan.
Oʻlchovshunoslik, oʻlchov vositalari va usullarini yaratishda, ularning rivojlanishida, ayniqsa, Sharq, xususan, Markaziy Osiyo olimlarining hissasi katta boʻlgan.
Masalan, VIII-XI asrlarda yashab ijod qilgan vatandoshlarimizdan Al-Xorazmiy, Ahmad Al-Farg‘oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va Mirzo Ulug'bek kabi buyuk olimlarimiz oʻlchovshunoslik va oʻlchov birliklariga oid bir qancha asarlar yozib qoldirganlar. Buyuk allomamiz Al-Xorazmiy (783–850) ning «Oʻlchashlar haqida» risolasida uzunlik, yuz, hajmlarni hisoblash va oʻlchash usullarini amalda qanday qoʻllash haqida ma’lumotlar keltirilgan. Uning «Quyosh toʻgʻrisida»gi risolasida vaqtni aniq oʻlchachga katta ahamiyat qaratilgan. Vatandoshlarimizdan yana biri Ahmad al-Farg‘oniy (taxminan 798–865) dunyoda birinchichi boʻlib 861-yilda Nil daryosi sathini oʻlchaydigan asbobni kashf qilgan. Uning bu kashfiyoti o'sha davrda juda katta ahamiyatga ega boʻlib, daryo suvi sathini o’lchash natijasida qishloq ekinlarining u yoki bu turini ekish boʻyicha tavsiyalar
berilar, ya'ni suv sathi maxsus belgidan past bo'lganda o'rtacha suv talab qiladigan, o'simliklar va belgidan yuqori bo'lganda esa ko'p suv talab qiladigan ekinlar ekish tavsiya etilgan. O'sha davrda dehqonlarga soliq miqdorini belgilashda ham ushbu asbob ko'rsatkichlariga amal qilingan. Bu asbob puxtaligi va oʻlchash aniqligi jihatidan hozirgi zamon asboblaridan kam farq qiladi. Bundan tashqari, Ahmad al-Farg'oniyning «Quyosh soatini yasash haqida kitob» asarida ham oʻlchovshunoslikka doir muhim ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, uning astronomik kuzatishlar uchun mo'ljallangan o’chash asbobi quyosh tutilishini oldindan bashorat qilishda va boshqa muhim kashfiyotlari oʻz davrida oʻlchovshunoslik fanini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boʻlgan.
Oʻlchash asboblari va texnikasini yaratishda gʻarb olimlarining ham hissasi kattadir. 1745-yilda akademik G.R. Rixman atmosfera elektrlanishini tatbiq qilish uchun birinchi boʻlib potensiallar farqini oʻlchovchi elektrometr yaratdi.
XIII asrning oxirida italyan olimlari A. Volta (1745-1827) va L. Galvani tomonidan elektr toki kashf etildi.


2. O'lchashlar, oʻlchash usullari va ularning birligini ta'minlash vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yoʻllari haqidagi fan metrologiya fani deb ataladi.
Metrologiya yunonchadan olingan soʻz boʻlib, «metron» – o’lchash va «logos» – mantiq, fan ma'nosini anglatadi. Metrologiya fani asosan quyidagi masalalar bilan shug'ullanadi:
– oʻlchashlar nazariyasi;
– kattaliklarning oʻlchov birliklari;
– oʻlchash usullari va vositalari;
– oʻlchashlar aniqligini ta'minlash usullari;
– oʻlchov birligi va oʻlchash vositalarining bir xilligini ta'minlash asoslari;
– etalon yoki namunaviy oʻlchash vositalari yordamida ishchi vositalarga oʻlchov birliklarining oʻlchamlarini uzatish usullari.

Download 21.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling